1- amaliy mashg’ulot: kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, dasturlar va apparat ta’minoti orasidagi bog‘liqlik, interfeys tushunchasi, uning turlari darsning maqsadi


Download 26.88 Kb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi26.88 Kb.
#1799246
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot


1- AMALIY MASHG’ULOT: KOMPYUTERNING ZAMONAVIY DASTURIY TA’MINOTI, DASTURLAR VA APPARAT TA’MINOTI ORASIDAGI BOG‘LIQLIK, INTERFEYS TUSHUNCHASI, UNING TURLARI


Darsning maqsadi: Talabalarga Dasturlar va apparat ta’minoti orasidagi bog’liqlik, interfeys tushunchasi, uning turlari haqida ko’proq tushuncha berish va ularda bilim,ko’nikmalar hosil qilish.

Topshiriqlar rejasi:


    1. Sistema dasturlari bilan tanishish.

    2. Amaliy dasturlar.

    3. Operatsion sistemalar.

    4. Disklar, kataloglar va fayllar nomlari.

    5. Faylga yo’l.

Kompyuter ishlashi uchun uning dasturiy ta’minotini tashkil qiluvchi tizim dasturlari va amaliy dasturlar
guruhi mavjud bo’lishi kerak.
Tizim (sistema) dasturlari kompyuterning ishlashi uchun zarur dasturlar bo’lib, u kompyuterning ishlashini va uning turli qurilmalari bilan bo’ladigan muloqotni tashkil qiladi. Operatsion sistema deb, foydalanuvchi va kompyuter o’rtasida bevosita muloqot o’rnatishni, kompyuterni boshqarishni, foydalanuvchi uchun qulaylik yaratishni, kompyuter resurslaridan oqilona foydalanish va hokazolarni ta’minlovchi dasturlar majmuasiga aytiladi. Masalan: UNIX, MS DOS, PS DOS, DRD DOS, OS/2, WARP, WINDOWS va MACINTOSH
kabilar. Bundan tashqari, xizmat qiluvchi va kompyuter ishlashini qulaylashtiruvchi dasturlar ham mavjud bo’lib, ularni dastur utilitlari deb ataladi.
Amaliy dasturlar deb, predmet sohadan olingan va alohida masalalar to’plamini yechish uchun qaratilgan dasturlar majmuiga aytiladi. Odatda, ularni amaliy dasturlar paketi (APP) deb ham ataladi.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo’linadi. Fizik resurslar deb: xotira, vinchester, monitor va tashqi qurilmalarga aytiladi.
Dasturiy resurslarga esa, kompyuterga ma’lumotlarni kiritish va chiqarishni boshqaruvchi, kompyuter ishlashini ta’minlaydigan va berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar, drayverlar, virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar kiradi. OS quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi talab qilinadi:
OSning asosiy vazifasi -bu resurslar taqsimoti va ularni boshqarishdan iborat bo’lib, u foydalanuvchini resurslar taqsimotidan ozod qiladi. OS kompyuterning uch xil holatda ishlashini ta’minlashi mumkin: bir dasturli, ko’p dasturli, ko’p masalali.

Download 26.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling