1- amaliy mashg’ulot: kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minoti, dasturlar va apparat ta’minoti orasidagi bog‘liqlik, interfeys tushunchasi, uning turlari darsning maqsadi


Download 26.88 Kb.
bet2/5
Sana03.12.2023
Hajmi26.88 Kb.
#1799246
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

Bir dasturli holat - kompyuterning barcha resurslari faqat btta dasturga xizmat qiladi.
Ko’p dasturli holat(multidastur) - OS bir vaqtning o’zida bir biriga bog’liq bo’lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar o’rtasida o’zaro taqsimlanadi. Multidastur holati markaziy protsessor ish vaqti bilan "periferiya" qurilmalari ishini ta’minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli holatidan afzalligi resurslardan samarali foydalanish va berilgan masala yechilishini tezlatishdir.
Ko’p masalali holat - multimasala holati bir vaqtning o’zida bir necha masalaning parallel ishlashini ta’minlash ko’zda tutilgan. Bunda bir masalaning natijasi ikkinchi masala uchun berilganlar majmuasini tashkil qilishi ham mumkin. OS yechilayotgan masalalarni bir-biri bilan bog’liqligini rejalashtiradi va nazorat qilib boradi. Ko’p dasturli holatdan farqli bu yerda barcha masalalar boyicha parallel ishlash ko’zda tutilgan. Ko’p masalali holat faqat multitizimda ( bir necha protsessor yordamida) tashkil qilinadi.
OS kompyuter va foydalanuvchi o’rtasidagi vositachi hisoblanadi, ya’ni u foydalanuvchi so’rovini analiz qiladi va uni bajarilishini ta’minlaydi. So’rov OS tilida qabul qilingan buyruqlar ketma-ketligi ko’rinishida bo’ladi.
Buyruq protsessori funksiyalari quyidagilardan iborat:

-Klaviatura va buyruq faylidan kiritilgan buyruqni qabul va sintaktik analiz qilish;


-OS ichki buyruqlarini bajarish;
-OS tashqi buyruq (dastur) va foydalanuvchining amaliy dasturlarini yuklash va bajarish;
Buyruq protsessori tashabbusi bilan bajariladigan buyruqlar ichki buyruqlar deyiladi. Foydalanuvchining tashabbusi bilan bajariladigan buyruqlar esa tashqi buyruqlarni tashkil qiladi. Tashqi buyruqlarni bajarish uchun buyruq protsessori diskdan mos ismli buyruqni qidiradi, agar uni topa olsa, u holda uni xotiraga yuklaydi va unga boshqaruvni beradi. Buyruqlarni bunday usulda taqsimlanishi operativ xotira bandligini kamaytiradi va kompyuter unumdorligini oshiradi.

Download 26.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling