1 – amaliy mashg`ulot mavzu: Algoritmlar. Kundalik hayotimizda algoritmlarni qo`llash Mashg’ulotning maqsadi
Download 137 Kb.
|
1amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson biologik holatining matematik modeli
Chiziqli jarayonga misol: biologik jarayonni matematik modellashtirish misolini Microsoft Office ning Microsoft Excel dasturida, ya`ni algoritmning jadval va grafik tuzilishi ko`rinishida bajarilishini qo`rib chiqamiz.
Inson biologik holatini hisoblash Olimlar tomonidan Inson hayoti uchta siklik jarayonga bog`liqligi aniqlangan, ular inson biologik holati deb nomlanib, inson kayfiyatining jismoniy, emotsional va intellektual holati jarayonini aniqlaydi. Inson organizmi holatini grafik ko`rinishi sinus funksiyasi grafigida ifodalanadi. Grafikdagi yuqori nuqtalar yaxshi ishlarga undovchi kunlar hisoblanadi. Abssisa oqida (x oqi) joylashgan nuqtalar kritik nuqtalar bo`lib unda insonning ish faoliyati susaygan bo`ladi. Hamma holatlarning tayanch nuqtasi inson tug`ilgan kunidan boshlanadi. Insonning dunyoga kelishi oson kechmaydi, hayoti suv muhitidan xavo muhitiga almashish, unga moslashish jarayoni boshlanadi. Inson organizmi global o`zgarishlar bilan to`qnashadi. Inson jismoniy holati uning hayot kuchini aniqlaydi. Bu holat ritmi 23 kundan iborat. Emotsional holat insonning ichki tuyg`ularini, tashqi muhitni emotsional qabul qilishni aniqlashga moljallangan. Bu holat ritmi 28 kundan iborat. Uchinchi holat intellektual holat bo`lib u insonning aqliy salohiyatini aniqlaydi va uning holat ritmi 33 kundir. Inson biologik holatining matematik modeli Insonning jismoniy holatining matematik modeli formulasi: Insonning emotsional holatining matematik modeli formulasi: Insonning intellaktual holatining matematik modeli formulasi: bunda x – inson yoshining kunlik hisobi. Holatlarni aniqlash uchun chiziqli algoritm turidan foydalanib jadval va grafik ko`rinishida amalga oshiriladi. Hisoblash formulasi Microsoft Excel dasturi yacheykalariga quyidagicha kiritiladi: A3 yacheykaga tug`ilgan sanangiz kiritiladi, В3 yacheykaga holatingizni qaysi kunlar uchun hisoblashingizni aniqlab olib birinchi sana kiritiladi. Download 137 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling