1- amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari. Amaliy ish rejasi: O„zbekistonda maktabgacha ta‟limning vujudga kelishi. O„zbekistonda maktabgacha ta‟limning dastlabki “
Download 301.44 Kb. Pdf ko'rish
|
1- amaliy mashg‘ulot.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliy mashg‘ulotning maqsadi
- Ta’lim metodlari : Klaster, aqliy hujum,bilits so„rovi(talabalar o„rtasida ) Ta’lim vositalari
- 1-topshiriq.
1- amaliy mashg‘ulot. Mavzu: O‘zbekistonda maktabgacha ta’limning vujudga kelishi va taraqqiyot bosqichlari. Amaliy ish rejasi: 1.O„zbekistonda maktabgacha ta‟limning vujudga kelishi. 2. O„zbekistonda maktabgacha ta‟limning dastlabki “ programmalari”. 3. Mustaqilik yillarida qabul qilingan maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturlari. Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: O„zbekistonda maktabgacha ta‟limning vujudga kelishi ,O„zbekistonda maktabgacha ta‟limning dastlabki “ programmalari”,mustaqilik yillarida qabul qilingan maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturlarining o„xshash va farqli jihatlarini tushuntirish. Ta’lim metodlari: Klaster, aqliy hujum,bilits so„rovi(talabalar o„rtasida ) Ta’lim vositalari: Tayanch matn, o„quv qo„llanmalar, ekspert tоpshiriqlar, markerlar Kutilayotgan natija:O„zbekistonda maktabgacha ta‟limning vujudga kelishi , dastlabki “ programmalari”,mustaqilik yillarida qabul qilingan maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturlarining o„xshash va farqli jihatlarini amaliy topshiriqlar asosida o„rganishadi. Bajariladigan ishning mazmuni: Kichik ma’ruza: O„rta Osiyoda XIX asrning 80-90 yillariga kelib,bolalar maktabgacha ijtimoiy tarbiyasi g„oyalari yetila boshlandi. O„sha davrda taraqqiy parvarlik kayfiyatidagi mahalliy ziyolilar mehnatkash ayollarning og„ir ahvolini va bolalar nazoratsizligini ko„rib, ularning qismatni yengillashtirishga intila boshladilar. Bu ziyolilar vakillari 1871-yilda Turkistonda tuzilgan “ Jamiyati xayriya” tarkibiga kirgan edilar. “Jamiyati hayriya”tashkiloti tomonidan miskinlar uylari, tunash joylari, tug„ruq joylari bilan bir qatorda ota-onasi bo„lmagan bolalar uchun yetimxonalarni tashkil etdi.Bu yetimxonalar oz sonli bolalarni butun Turkistonda tuzilgan taxminan 150-200 kishini o„z ichiga oldi. Ushbu yetimxonalar yasli yoshli bolalardan tartib maktab yoshidagi bolalarni ham qamrab olgan. 1896-yilda Turkistonda vositalar kengashi kambag„allarning bolalari uchun “yasli‟lar deb ataladigan muassasalarni tuza boshladi. Yaslilarga atak-chechak qila boshlagan bolalar qabul qilingan va maktabga ketgunga qadar tarbiyalangan bolalar kun bo„yi yaslada bo„lishar va uch marta ovqatlantirilar edi. Yasla ishlarini nazoratchi ayol boshqargan, xizmat qiluvchi hodimlar ham bo„lgan. Bu muassasada duolar o„qishga (duogo„ylikka) qat‟iyat bilan o„rgatilgan. Shuningdek bolalarni oddiy o„qishga, yozishga, sanashga, to„qishga, to„r to„qishga, tikishga va boshqa hunarlarga o„rgatilgan. Butun o„lka bo„ylab shunday yaslalardagi bolalar soni 50-60 boladan oshmas edi. 1-topshiriq. O„zbekistonda maktabgacha ta‟limning dastlabki “ programmalari”ni klaster usulida ifodalang 1919-yil ”Oila o„chog„i va bolalar bog„chasini yuritish yuzasidan instruksya” 1934-yil “Tarbiyalash programmasi” 1938-yil”Bolalar bog„chasining tarbiyachisi uchun qo„llanma” 1962-yil 1-marta “Ilk yoshdan to maktab yoshigacha bo„lgan bolalar bilan olib boriladigan ta‟lim- tarbiya ishlarining yagona programmasi 1969-yil “Bolalar bog„chasida tarbiya dasturi 1978-yil “Bolalar bog„chasida tarbiya dasturi (qo„shimcha va tuzatishlar kiritilgan xolda) 1988-yil “Bolalar bog„chasida tarbiya dasturi (qo„shimcha va tuzatishlar kiritilgan xolda) 1995-yil “Bolalar bog„chasida tarbiya dasturi (qo„shimcha va tuzatishlar kiritilgan xolda) 2-topshiriq. Quyidagi davlat dasturlarining umumiy va farqli jihatlariga doir fikringizni yozing Uchinchi ming yillikning bolasi (2002-yil) "Bolajon" Davlat dasturi "Ilk qadam" Davlat dasturi Download 301.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling