1- amaliy mashg’ulot mavzu: Simlar bilan ishlash
Download 2.37 Mb.
|
1-amaliy ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg`ulotning borishi
- Simlarni kesish, to`g`rilash va egish Mashg`ulotning maqsadi
- Mebel stolini yasalishini korinishi. Mashg`ulotning borishi
Mashg`ulotning maqsadi:
uchini biroz egish kerakligi tushuntiriladi. Buyumlar yasashda ratsional ketma-ketlikni aniqlash O`quvchilarga simlarni to`g`rilash, kesish va tejab ishlatishni o`rgatish. Ularni batartib ishlashga odatlantirish. Mashg`ulotning borishi: O`quvchilarga turli yo`g`onlikdagi simlardan buyumlar yasash uchun buyumning har bir detaliga qanchadan sim ketishini aniqlash kerakligi aytiladi. Buning uchun 73 buyumning texnik rasmini chizish, unda detallarning o`lchamini ko`rsatish zarurligi, ishlashda simlarni tejash, ratsional usullardan foydalanish, asosan ijtimoiy, foydali buyumlar yasash lozimligi tushuntiriladi. Buyum detallarini yasashda avval simlarni to`g`rilab olish, buning uchun o`quv ustaxonasida rasmdagi moslamalardan foydalanish kerak. Yumshoq simlar yog`och to`qmoq bilan ham to`g`rilanadi. Mashg`ulotda o`qituvchi simdan bitta buyum namunasini, masalan, samolyot yasashni tavsiya etadi. Buning uchun ikkita 1,6 metrli sim olib, ularning o`rtasidan buklanadi (a), buklangan joyidan ingichka sim bilan mahkam bog`lanadi (b), buklangandan keyingi birinchi sim samolyotning asosini, ikkinchi va uchinchi simlar uning qanotlarini, to`rtinchi sim kabinasini yasashga xizmat qiladi (v). Simlarni kesish, to`g`rilash va egish Mashg`ulotning maqsadi: Buyum yasash uchun simlarni kesish, to`g`rilash va egish operatsiyalarini bajarish. Simdan turli buyumlar yasashni o`rganish. Mebel stolini yasalishini korinishi. Mashg`ulotning borishi: Simdan qanday buyum yoki uning detali yasalmasin, albatta oldin simni to`g`rilash, kerakligini kesib olish va rejalab chiqish lozim. Simlarni kerakli o`rinlaridan, to`g`ri burchakli, o`tkir burchakli, o`tmas burchakli, aylana, yarim aylana va boshqa shakllarda bukish mumkin. O`qituvchi ana shularni ko`rgazmali yo`sinda tushuntirgach, simlarni to`g`rilash, kesish va bukish bo`yicha bitta ish ajarishni,qo`g`irchoq uchun mebel yasashni tavsiya etadi. Qo`g`irchoq mebeliga diametri 2 mm li sim ishlatiladi. Uning oyoqlari sim, o`tirg`ich va suyanchig`i faner yoki kartondan qilinishi mumkin. Masalan, stul yasashda avval simlar kesib olinadi va undan stul qismlari buklanadi, uchlari bir - biriga payvandlanadi. Stulning o`tirg`ich va suyanchig`i faner yoki kartondan tayyorlanadi, ularing ichki sim yoki mix parchin bilan mustahkamlanadi. Mebel stoli ham ana shu yo`sinda, rasmda ko`rsatilgandek yasaladi. Download 2.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling