1 – amaliy mashg`ulot.
Mavzu: Titrimetrik analizda olingan natijalarning tasodifiy va qo'pol xato qiymatlarini matematik statistika usullari yordamida qayta ishlash va metrologik baholash.
Miqdoriy analizdagi xatoliklar
Analiz har qancha ehtiyotkorlik bilan bajarilganda ham, ayrim xatoliklar albatta bo‘ladi va olingan natija aniqlanayotgan moddaning haqiqiy miqdoridan farq qiladi. Analiz xatoliklari 3 xil bo‘ladi:
1) sistematik xatolar
2) tasodifiy xatolar
3) qo‘pol xatolar
Sistematik xatolar - xatolik bir me’yorda bo‘lib, natijani kamaytirib yoki ko‘paytirib yuboradi. Sistematik xatolarni oldindan bilish va ularning chorasini ko‘rib, xatoni kamaytirish mumkin.
Sistematik xatolar metodik xatolar, asboblar va reaktivlarga bog‘liq bo‘lgan xatolar, operativ xatoliklar va analitikning o‘ziga xos bo‘lgan xatoliklardan (masalan, rang o‘zgarish vaqtini sezish qobiliyati) iborat bo‘ladi.
Tasodifiy xatolar - katta-kichikligi har xil bo‘lgan, ma’lum bir qonuniyatga bo‘ysinmagan xatoliklar. Masalan, haroratning o‘zgarishi, havo namligining o‘zgarishi tasodifiy xatoga olib keladi. Bu xatoliklarni oldindan bilib bo‘lmaydi, faqat birnecha marta analiz qilib, natijalarni matematik statistika metodi bilan ishlab chiqib, ayrim tuzatmalar kiritish mumkin.
Qo‘pol xatolar. Qo‘pol xatolar analiz natijasini keskin o‘zgartirib yuboradi. Bunga extiyotsizlik natijasida moddaning to‘kilib ketishi yoki byuretka shkalasining yoxud tarozi toshlarini noto‘g‘ri hisoblashlar kiradi. O‘rtacha natijani hisoblayotganda ular hisobdan chiqarib tashlanadi.
Analiz natijalarini absolyut va nisbiy xatoliklar bilan ifoda etiladi.
Absolyut xato. Aniqlanayotgan moddaning xaqiqiy qiymati bilan analizda olingan natijaning farqiga absolyut xato deyiladi.
Misol uchun, kristall holdagi bariy xloridda aniqlangan suvning miqdori 14,70% topilgan. BaCl22H2O formuladan hisoblansa, 14,75% chiqadi.Demak, absolyut xato
D14,70-14,75-0,05%
Nisbiy xato. Absolyut xatoning qiymatini, aniqlanayotgan moddaning xaqiqiy qiymatiga bo‘lgan nisbati, nisbiy xato deyiladi.
Xatoliklar odatda foizda hisoblanadi. Olingan misolda nisbiy xato (D0) quyidagicha bo‘ladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |