Sistematik xatoliklar


Download 11.67 Kb.
Sana31.10.2023
Hajmi11.67 Kb.
#1735685
Bog'liq
4-Analitik ma\'ruza


Mavzu; Analizdagi xatoliklar klassifikatsiyasi. Analizning asosiy bosqichlari
Analitik kimyoda xatolar. Har qanday o‘lchashda u yoki bu xatoga yo‘l qo‘yiladi. Xato tushunchasi oddiy tushunchaday ko‘rinsada u juda murakkab, nazorat qilish jihatidan to‘liq tushunib etish va oldini olish qiyin bo‘lgan hodisadir. Hozirgi vaqtda xatolapni turlicha sinflaydilar. Ko‘pincha xatolar o‘zaro uyg‘unlashib ketadi. Quyida xatolapning ko‘p tarqalgan ko‘rinishlarini qarab chiqamiz.

  1. Ifodalash (hisoblash) usullari bo‘yicha xatolar mutlaq (absolyut) va nisbiy xatolarga bo‘linadi. Mutlaq xatolar standaPt chetlanish, nisbiy xatolar nisbiy standart chetlanish, foizlar bilan ifodalanadi.

  2. Tarkibiy qismning haqiqiy qiymatidan yuqori yoki pastligini ko‘rsatish bo‘yicha xatolar musbat va manfiy xatolarga bo‘linadi.

  3. O‘lchaydigan qiymat bilan xatoning bog‘liqligiga ko‘ra xatolar doimiy (o‘lchanadigan qiymatga bog‘liq bo‘lmagan) va mutanosib (o‘lchanadigan qiymatiga mos) xatolarga bo‘linadi.

  4. Yuzaga kelish sabablariga ko‘ra xatolar sistematik tasodifiy va qo‘pol xatolarga bo‘linadi.

  5. Yuzaga kelish sabablariga ko‘ra xatolar: asbob, reaktiv, uslubiy, namuna olish xatolariga bo‘linadi.

Bulardan tashqari ob’ektiv va sub’ektiv, chegara, yo‘l qo‘yiladigan, kafolatli, har bir usulning o‘ziga xos va boshqa xatolar ham uchraydi.
Sistematik xatoliklar. Bu bir xil ishorali, ma’lum sabablarga ko‘ra sodir bo‘ladigan, natijaning ortishi yoki kamayishi tomon ta’siri qiladigan xatolikdir. Sistematik xatoliklapni odatda oldini olish va uni yo‘qotish yoki tegishli tuzatmalar kiritish mumkin.
Sistematik xatoliklarga quyidagilapni kiritish mumkin:
1) Metodik xatolar. Bu qo‘llaniladigan metodning o‘ziga xosligi, masalan, aniqlashda qo‘llaniladigan reaksiyaning oxirigacha bormasligi, cho‘kmaning qisman erishi yoki begona aralashmalapning birgalashib cho‘kishi, cho‘kmani qizdirishda bir qismining parchalanishi yoki uchib ketishi, asosiy reakisyadan tashqari natijaga ta’siri etuvchi boshqa yonaki reaksiya borishi titrimetriyada qo‘llaniladigan indiqatopning xossalaridan va xokazo. Metodik xatolar miqdoriy analiz natijalariga sezilarli ta’sir i ko‘rsatuvchi xatoliklar bo‘lib, ulapni bartaraf etish ancha mushkuldir.
2) Qo‘llaniladigan asboblar va reaktivlarga bog‘liq bo‘lgan xatolar. Masalan,tarozining to‘g‘ri ishlamasligi yoki tarozi toshlarining to‘g‘ri emasligi,eritmaning shisha yoki farfor idishning emirilishi (qo‘llaniladigan idish) qo‘llaniladigan reaktivning tozaligi darajasi undagi aniqlashga halaqit beradigan begona moddalar borligi va hokazolar.
3) Operativ xatoliklar. Bularga noto‘g‘ri yoki sinchkovlik bilan analizni bajarmaslik, cho‘kmani etarlicha yuvmaslik (bunda natija keragidan ortib ketadi), yoki aksincha, cho‘kmani keragidan ko‘proq yuvish (bunda cho‘kmaning bir qismi yo‘qotiladi).Cho‘kmani haddan tashqari ko‘p qizdirish yoki aksincha kam qizdirish, cho‘kmani stakandan tigelga o‘tkazishda uning bir qismi stakanda qolib ketishi, pipetkadan eritmani noto‘g‘ri quyish va xokozalar.
4) Individual xatoliklar. Bunday xatoliklar analitikning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan xatoliklardir, masalan, titrlashda ekvivalent nuqtani to‘g‘ri tanlay olmasligi (rang o‘zgarishini), psixologik xatoliklar (talabalarda uchraydigan) haqiqiy ko‘rsatilgan massa yoki hajmni olmasdan oldingisiga yaqin qilib olishi xatolikni ko‘paytirib yuboradi.
Tasodifiy xatolar – kelib chiqishi ma’lum bir qonuniyatga asoslanmagan, kattaligi va ishorasi noma’lum bo‘lgan xatolardir. Tasodifiy xatolar analitikning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan tashqi faktorlar, masalan, harorat, namlikning o‘zgarishi, labaratoriya havosining ifloslanishi, binolapning tebranishi, tok manbasida kuchlanishning o‘zgarishi va boshqalar bilan bog‘liq. Ular statistik usullar yordamida hisobga olinishi va baholanishi mumkin. U yoki bu darajada tasodifiy xatolapning oldini olish mumkin, ayniqsa, qo‘pol xatolapning oldini olish oson. Buning uchun analiz astoydil, diqqat bilan o‘tkazilishi, eritma yoki moddalar to‘kib yuborilmasligi, o‘lchash natijalarini baholashda ulapn ing yozilish taPtibi juda muhim hisoblanadi. Masalan, texnik tarozida tortish natijasi bilan analitik tarozida tortish natijalari har xil yozilishi hisobga olinishi darkor. Masalan, natija 2,5 yoki 2,50 g deb yozib olingan bo‘lsa, bu texnik tarozida tortilganlikni, 2,5000 g tarzida yozib olingan bo‘lsa, analitik tarozida tortilganlikni ko‘rsatadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar va masalalar

        1. Kimyoviy analizning kanday asosiy bosqichlarini bilasiz?

        2. Analitik kimyoda ishlatiladigan eritmalapning konsentratsiyalari qanday ifodalanadi?

        3. 0,1 M (500 ml), 0,1 N (200 ml) va 10 % lik (50 g) H2SO4 eritmalarini tayyorlash uchun zichligi 1,84 g/ml bo‘lgan 98 % lik kislotadan necha ml dan olish talab etiladi?

        4. Tekshiriladigan modda va analiz usuli va sxemasini tanlash nimalarga asoslangan?

        5. Analitik usul va reakisyalapning selektivligi va sezgirligi nima?

        6. Analiz usulining aniqligi, qayta takrorlanuvchanligi va to‘g‘riligi nima?

        7. Analizning tezkorligi va tannarxining qanday ahamiyati bor?

        8. Analizning mutlaq (etalonsiz) va nisbiy usullari haqida nimalapni bilasiz?

        9. Musbat va manfiy xatolar deb qanday xatolarga aytiladi?

        10. Doimiy va mutanosib xatolar nima?

Download 11.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling