1 -amaliy mashg’ulot. O’quvchilarning jismo
Download 0.72 Mb.
|
1 Jismoniy rivojlanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishni bajarish tartibi. I.Somatometrik o’lchovlar
- II .Somatoskopik o’lchovlar.
1 -Amaliy mashg’ulot. O’quvchilarning jismoniy rivojlanishini gigienik baholash. Orqa miya reflekslarini o’rganish. Kerakli material va jihozlar. Rostomer, santimetr lenta, dinamometr, spirometr, paxta, spirt, nevropatologik bolg’acha, jadvallar. Mavzuning maqsadi. O’sish yoshidagi organizmning jismoniy rivojlanishini antropometrik usullar yordamida gigienik baholash. Orqa miya reflekslarini kuzatish va uni moslanish harakteriga ega ekanligini aniqlash. Ishni bajarish tartibi. I.Somatometrik o’lchovlar. 1.Bo’yning o’lchamini olish uchun bo’yning balandligi rostomer - bo’y o’lchash asbobi yordamida o’lchanadi. Tekshiriluvchi orqasi bilan rostomerga turadi. Bunda tekshiriluvchining kuraklari, dumbasi va tovoni rostomerga tegib turishi kerak. Tik turganda bo’y rostomer shkalasining chap qismidan aniqlanadi. O’tirgan holda o’lchanganda tekshiriluvchining kuraklari rostomerga tegib turishi kerak. O’tirgan holda odamning bo’yi rostomerning o’ng tomonidan o’lchanadi. 2.Ko’krak qafasi aylanasi 3 holatda-maksimal nafas olganda, maksimal nafas chiqarganda va pauzada o’lchanadi. Bunda tekshiriluvchi qo’llarini yonga ochib turadi. Erkaklarda ko’krak aylanasi o’lchanganda santimetr lenta kurakning pastki uchiga va ko’krak bezini o’rtasiga qo’yiladi.Ayollarda santimetr lenta yordamida ko’krakning yuqori qismidan aylantirib o’lchanadi. 3.Bosh aylanasi santimetr lenta yordamida peshona usti bilan aylantirib o’lchanadi. 4.Vazn tibbiyot tarozisida kiyimlarni engillashtirilgan holda o’lchanadi. II.Somatoskopik o’lchovlar. 1.Tashqi qoplam. Terining elastikligini bilish uchun bosh va ko’rsatkich barmoqlar bilan qo’l kaftining terisi yuqoriga tortib qo’yib yuboriladi. Agarda teri tezda o’z holatiga qaytsa, uning elastikligi me’yorda bo’ladi, agarda tezda o’z holatiga qaytmasa uning elastikligi kam bo’ladi. 2. Yog’ qatlami bo’yinning pastki qismi va o’mrov suyaklari sohasida aniqlanadi. Agarda shu sohalardagi suyaklar yaqqol ko’rinsa yog’ qatlami kam, agarda sezilar-sezilmas darajada bo’lsa yog’ qatlami meyorda, agarda umuman sezilmasa yog’ qatlami ko’p bo’ladi. 3. Mushaklarning rivojlanganligi. Mushaklarni ushlab ko’riladi. agarda mushaklar qalin etli va tarang bo’lsa yaxshi rkvojlangan, ma’lum darajada etli va taranglikka ega bo’lsa meyorda, etsiz va bo’sh bo’lsa yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. 4. Suyaklarning rivojlanganligi. Suyaklarni ushlab ko’rib yirik yoki nozik ekanligini bilish mumknn. Suyaklar qalinligiga qarab yo’g’on, me’yorda va nozik bo’lishi mumkin. Yo’g’on suyaklar organizmda A vitamini ortib ketganda, ya’ni gipervitaminozda uchraydi va kasallik hisoblanadi. Me’yordagi suyaklar ma’lum darajadagi qalinlikda bo’ladi. Nozik suyaklar nisbatan ingichkaligi bilan ajralib turadi. 5. Oyoqlar shakli H - meyorda, O - simon va X-simon shaklda bo’ladi. Normal oyoqlarda son, boldirlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi. O-simon shakl bolani noto’g’ri yo’rgaklash va raxit kasalliklari tufayli vujudga kelishi mumkin. Bunda tizzalar bir-biriga tegib turmaydi. X-simon oyoq shakli ham yuqoridagi sabablar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Bunda tizza ichkariga bukilgan bo’ladi. 6. Ko’krak qafasi shakli 3xil-konussimon, tsilindrik, yassi. Konussimon ko’krak qafasi asosan sportning og’ir atletika va suzish turlari bilan shug’ullangan, muskullari yaxshi rivojlangan odamlarda bo’ladi. Yassi ko’krak qafasi muskullari yaxshi rivojlanmagan odamlarda kuzatiladi. Tsilindrik ko’krak qafasi normal hisoblanadi. 7. Qaddi-qomat bosh, elka kamari, ko’krak qafasining shakli, umurtqa pog’onasi, qorni, tos kamari, muskul va nerv sistemasiga bog’liq bo’ladi. Normal, egilgan, lordoz, kifoz, skolioz qomat xillari farqlanadi. Normal qomatda bosh to’g’ri joylashadi, yelka biroz orqada, umurtqa pog’onasi normal egriliklarga ega, ko’krak qafasi tsilindr yoki konus shaklida bo’ladi. Egilgan qomatda tik turganda boshi biroz oldinga egilgan, yelkalari oldinga osilgan, ko’krak qafasi botiqrok, qorni oldinga chiqqan bo’ladi. Lordoz qomatda gavdasining orqa kismi tekis, umurtqa pog’onasining bel qismida oldinga bukilishi normadan ko’proq, ko’krak qismidagi egrilik meyordan ortiq ya’ni yassi ko’krak qafasi, qorni oldinga chiqqan. Kifoz qomatda umurtqa pog’onasining bel qismidagi egrilik meyordan ortiq bo’ladi, kuraklar qanotga o’xshab ko’tarilib, bukr holat yuzaga keladi. Skolyoz qomatda tik turganda yelkalarining biri past, biri baland, ko’kraklari ham past, baland bo’lib, ko’krak qafasining bir tomoni bo’rtganroq, ikkinchi tomoni botiqroq holatda, umurtqa pog’onasinnng o’ng yoki chap tomonga egilishi kuzatiladi. Sinf partalarining bolani bo’yiga mos kelmasligi, bolalarning o’quv va mehnat faoliyatini tashkil etishda o’quv va mehiat sharoitlarining gigienaga to’g’ri kelmasligi, sinf jihozlarining maqsadga muvofiq bo’lmasligi, portfelini doim bir qo’lda olib yurishi, uydagi yumushlarni bajarishda ish o’rnining gigienik jihatdan to’g’ri kelmasligi, o’rin - qo’rpaning haddan tashqari yumshoq va notekis bo’lishi umurtqa pog’onasining rivojlanish xususiyatlariga yetarlicha baho bermaslik tayanch - harakat apparatining noto’g’ri o’sib - rivojlanishiga olib keladi. Qad-qomatning buzilishi faqat tashqi ko’rinishni emas, balki ichki organlar (o’pka, yurak, jigar, buyrak, oshqozon va ichak kabilar) ning rivojlanishi va funksiyasiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. 8. Yassioyoqlik darajalari oyoq kaftining ichki botig’iga qarab aniqlanadi. Buni aniqlash uchun oyoq izlari tekis joyga tushiriladi. Agarda oyoq kaftining ichki botig’i kam yoki umuman bo’lmasa yassioyoqlik hisoblanadi. Odam tovon kaftining pastki qismi tayanch-harakat sistemasining ressori vazifasini bajaradi. Bolalar uzoq vaqt tik turganda, og’ir yuk ko’targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq panjasi gumbazi yassilanadi, natijada yassioyoqlik kelib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyoqning tovon-panja va boldir muskullarida og’riq bo’ladi. Yassioyoqlik tug’ma va hayotda orttirilgan bo’ladi. Yassioyoqlikning tug’ilgandan keyin yuzaga kelishi sabablari quyidagilardan iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurishi, uzoq vaqt tik turishi, yosh bola poshnasi yumshoq poyabzal kiyishi, o’quvchilarning kun bo’yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland, uchi tor poyabzallarni kiyishi, og’ir yuk ko’tarishi. Ana shularni hisobga olib, yasioyoqlikni oldini olishga e’tibor berish kerak. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling