1- amaliy mashg‘ulot. Shifokorning kasbiy tili mutaxassislik tili sifatida. Atamashunoslik. Atama lug‘atlari. Tibbiy atamalarning mavzuiy guruhlari. Atamalarning yasalishi


Download 42.37 Kb.
bet2/2
Sana14.10.2023
Hajmi42.37 Kb.
#1702886
1   2
Bog'liq
1-mavzu

Morfologik usul bilan termin yasashda o‘zak –negizga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shiladi va yangi terminlar hosil qilinadi. Iste’molchi, tadbirkor, mulkdor, shartnoma, taqsimot, bojxona.
Sintaktik usul bilan termin yasashda birikmali terminlarhosil qilinadi:ot+ot=bozor narx,yer rentasi; ifat+ot=yalpi mahsulot, sof daromad; sifatdosh+ot=cheklangan xarajat, kechiktirilgan talab, uyushgan narxlar.
Semantik usul bilan termin yasashda ma’no ko‘chishining metofora usuli asosiy rolni o‘ynaydi:yig’ma ko‘rsatkich,kreditning elastikligi,kapital sig’imi, undirilgan pul,pul massasi.
Qisqartma so‘zlar-Qisqartma so‘zlar tildagi eng muhim va keng tarqalgan bo‘lib,ularni qo‘llash qulay va oson hisoblanadi.
Qisqartmalar so‘zlarning bosh harflaridan tuziladi:OITS-orttirilgan immunited tanqisligi sindromi. FIFA-xalqaro futbol tashkilotlari assosatsialari. XOQ- xalqaro olimpiya qo‘mitasi.

.
Azimjon Qosimov 1940 yil 19 sentyabrda Toshkentda tug‘ilgan. 1959 yilda Toshkentdagi 22-o‘rta ta’lim maktabini, 1965 yilda Qarshi tibbiyot bilim yurtini, 1971 yilda Toshkent Davlat Pedagogika institutining til va adabiyot fakultetini tamomlagan.1982 yilda “Dorishunoslik terminlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1971-1988 yillarda “Meditsina” nashriyotida muharrir vazifasida faoliyat yuritgan. 1988-2000 yillarda Til va adabiyot institutida tibbiyot terminologiyasi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borgan. Uning shu sohaga bag‘ishlangan 50 ga yaqin ilmiy maqolalari, rus tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan 50 dan ziyod ilmiy ishlari e’lon qilingan.Azimjon Qosimov hammuallifligida “Ruscha-o‘zbekcha-lotincha farmatsevtik terminlar lug‘ati” (1990), “Botanikadan qisqacha izohli lug‘at” (1990), “Ruscha-o‘zbekcha-lotincha dorivor o‘simliklar lug‘ati” (1992), “Dorivor o‘simliklar” (1994), “Inglizcha-o‘zbekcha-ruscha anatomik terminlar lug‘ati” (2006) kitoblari chop etilgan. U “Tibbiyot xodimlari lug‘ati” (1998), 4 jildlik “Tibbiy terminlar izohli lug‘ati” (2003, 2008)muallifidir.


“Hayotim - saboqlarim” (2005, 2006, 2008), “Mangu qalbimda u” (2006), “Zavjam ruhiga maktublar” (2008, 2010, 2012), “G‘o‘r yoshlar qismati” (2008), “Iztirob” (2010), “Hayotim” (2010), “Muborak haj taassurotlari” (2011), “Hayot sinoatlari” (2011), “Inson qismati” (2013) nomli kitoblari nashr etilgan.

TIBBIY TERMINLAR LUG‘ATI. Ushbu lug‘at alifbo (alfavit) tartibida joylashtirilgan. Ko‘plab kasalliklarning nomi lug‘atga kiritilmagan. Ko‘rsatkichdan foydalaning. Boshqa kasalliklar haqida kitobdan o‘qing. A B V G D YE YO J Z I Y K L M N O P R S T U F X S CH SH E YU YA O‘ Q G‘ H


A Abssess (xuppos, gazak) - Bakteriya yoki boshqa infeksiya tufayli kelib chiqqan yiringli xalta.
Alkogolizm (ichkilikbozlik) - Ichkilikbozlik odamning pivo, vino, aroq kabi spirtli ichimliklarga doimiy ehtiyoji.
Allergiya - Atrofdagi narsalarga (ovqat, chang, dori-darmon va boshqalarga) 0o‘0ta manfiy sezgirlik. Bu holatda odamda toshmalar toshish, chuchkirish, nafas qisish va eng og‘ir holat shok kelib chiqishi mumkin.
Almashlab ekish - Bir dalada birin - ketin turli ekinlarni almashtirib ekish, bunda tuproq yildan yilga kuchsizlanish o‘rniga, boyroq bo‘la boshlaydi.
Amyobalar - Suv yoki ichakda yashovchi faqat mikroskop ostida ko‘rinadigan juda kichik mavjudotlar. Ular ich ketar, ich burug‘ (dezinteriya) va jigar abssesslariga olib kelishi mumkin.
Amputatsiya - Tananing biror qismini kesib tashlash.
Anemiya - Kamqonlikka qarang.
Antatsidlar - Oshqozondagi kislotani nazorat qilish va oshqozon og‘rig‘ini pasaytirishga yordam beradigan dorilar.
Antibiotik - Bakteriya orqali kelib chiqqan infeksiyalarga qarshi kurashuvchi dorilar.
Antigistamin - Isitma va qichishish kabi allergik ta’sirlarda ishlatiluvchi dorilar. Shuningdek qayt qilishni to‘xtatib, ko‘p uxlashga sabab bo‘lishi mumkin. Antiseptik - Bakteriyaning ko‘payishiga to‘sqinlik qiladigan moddalar.
Appenditsit - Chuvalchangsimon o‘simtaning yallig‘lanishi.
Arteriya - Yurakdagi qonni tanaga tarqatuvchi qon tomiri.
Arteriyada puls bo‘ladi. Vena(tomir) qonni yurakka qayta olib keluvchi tomirlarda puls bo‘lmaydi.
Askarida (kurt) - Odamlarning ichaklarida yashovchva noqulayliklar, qorin og‘rig‘i, quvvatsizlik va ba’zan ichakning to‘silishiga olib keluvchi katta qurtlar. Asoratlar - Ba’zan kasallik sababli kelib chiqadigan ikkinchi darajali sog‘liq muammolari. Masalan, meningit qizamiqning xavfli asorati sifatida kelib chiqishi mumkin.
Ateroskleroz - Organizmda turli sabablar tufayli kelib chiqadigan, kimyoviy (yog‘simon) moddalar almashinuvining buzilishi va shu tufayli qon tomirlarining ichki qavatini shikastlab, jiddiy kasalliklarga (insult, infarkt) olib kelishi mumkin.
Tohshiriq: Tibbiy tepminlar lug’atidan 20 terminni daftarga yozib kelish. O’zbek leksikografiyasi.Bir tilli va ikki tilli lug’atlar bilan tanishish. O’zbek tilining izohli lug’atidan 10ta tibbiyotga doir terminlar yozish.


Tekshirish uchun savollar
O’zbеk tilshunosligida nutq madaniyati bilan shug’ullanuvchi qaysi olimlarni bilasiz?
O’zbеk tilshunosligida shifokor nutqi madaniyatini oshirish bo’yicha qanday vazifalar turibdi?
Shifokor nutqi madaniyatini rivojlantirish uchun sizningcha, yana qanday ishlarni amalga oshirish lozim?
Download 42.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling