1 – amaliy mashg‘ulot tok transformatorlari va relelarning cho‘lg‘amlarini ulanish sxemalari o’rganish Ishning maqsadi


Download 95.83 Kb.
bet1/4
Sana27.10.2023
Hajmi95.83 Kb.
#1726912
  1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy 1


1 – AMALIY MASHG‘ULOT
Tok transformatorlari va relelarning cho‘lg‘amlarini ulanish sxemalari o’rganish
Ishning maqsadi: Tok transformatorlarini tuzilishi va ishlash prinsipini o‘rganish. Tok transformatorlari va relelarning ulanish sxemalarini o‘rganish.


Nazariy qism


Tipik sxemalar va ularning tahlili.
Releli himoya qurilmalarining liniya toki bilan ta’minlanishi quyida keltirilgan tok transformatorlari va rele chulg‘amlarini ulashning tipik ulanish sxemalari asosida amalga oshiriladi. Har bir keltirilgan sxemadagi relening ishlashi va xatti-xarakati normal va nonormal holatlarida ikkilamchi zanjirdagi tokning tarqalish xarakteriga bog‘liq. Sxemalarda tokni tarqalishini aniqlash uchun avvalambor ko‘rilayotgan qisqa tutashuvda birlamchi toklarning haqiqiy qiymatlarining musbat yo‘nalishlari ko‘rsatiladi, keyin esa har bir tok transformatorlaridagi toklarning yo‘nalishini ko‘rsatgichlari (strelkalari) chiziladi, bu yo‘nalish ko‘rsatgichlari birlamchi tokning o‘tishiga bog‘liq. Eng oxirida tok transformatorining ikkilamchi tokini o‘tish yo‘li ko‘rsatiladi. Agar sxemaning biror elementida (o‘tkazgich va rele chulg‘amida) har xil fazalarning ikkilamchi toklari qo‘shilayotgan yoki ayrilayotgan bo‘lsa, bunda natijaviy elementdagi tok fazaviy siljishlarini hisobga olgan holda mos keluvchi faza toklarining vektorlarini geometrik qo‘shish yoki ayirish natajasida topiladi.
Har bir sxema uchun reledagi tok IR ning fazadagi tok IF ga nisbatini topish mumkin. Bu nisbat sxema koeffitsienti deyiladi:

Bu koeffitsient himoyani sezgirligini baholashda va ustavka toklarini hisoblashda ishlatiladi.
Quyida asosiy tipik sxemalardagi toklarning tarqalishi va ularning ishlatilish joylariga doir materiallar keltirilgan.


Tok transformatorlari va rele chulg‘amlarini to‘liq yulduz sxemasi bo‘yicha ulanishi.
Bu sxemada tok transformatorlari hamma fazalarga o‘rnatiladi. Tok transformatorlarining ikkilamchi chulg‘amlari va relening chulg‘amlari yulduz ko‘rinishida ulanadi va ularning nol nuqtalari, nolinchi liniya deb ataluvchi sim bilan ulanadi.


Download 95.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling