1 – amaliy mashg‘ulot tok transformatorlari va relelarning cho‘lg‘amlarini ulanish sxemalari o’rganish Ishning maqsadi


-rasm. Tok transformatorlari va rele chulg‘amlarini to‘liq yulduz sxemasi


Download 95.83 Kb.
bet2/4
Sana27.10.2023
Hajmi95.83 Kb.
#1726912
1   2   3   4
Bog'liq
Amaliy 1

1-rasm. Tok transformatorlari va rele chulg‘amlarini to‘liq yulduz sxemasi

Nol nuqtaga tok transformatorlarining bir xil nomli chiqishlari ulanadi.


Normal holat va uch fazali qisqa tutashuvlarda. KA1, KA2 va KA3 relelardan faza toklari oqadi.
Nol liniya simidan esa ularning geometrik yig‘indisi oqadi:



simmetrik rejimida nolga teng bo‘ladi.
Ikki fazali q.t. da q.t. toki ikkita shikastlangan fazalarga ulangan tok transformatorlari va ularga mos keluvchi relelardan oqib o‘tadi.
SHikastlanmagan fazadan tok oqmaydi.



2-rasm. Qisqa tutashuv turlari va toklarning vektor diagrammasi.
a- 3 fazali, b- 2 fazali va d- 1 fazali q.t.

Kirxgof qonuniga asosan tugundagi toklar yig‘indisi nolga teng, shuning uchun , bu yerda . Buni hisobga olgan holda vektor diagrammada . va toklar bir-birlaridan 1800 gradusga burilgan holda ko‘rsatilgan (2.b - rasm).


Nol simdagi tok ikkita shikastlangan fazadagi ( va ) toklarning yig‘indisiga teng. Bu toklar teng va fazalar bo‘yicha har xil bo‘lganligi uchun (2.d rasm), nol simdagi tok ham nolga teng bo‘ladi.

SHuning uchun nol simga ulangan KA4 rele fazalararo q.t.ga ta’sir javob bermaydi va bu yulduz sxemaning muhim xususiyatlaridan biridir.
Bir fazali qisqa tutashuv paytida birlamchi qisqa tutashuv toki faqat shikastlangan fazada oqadi (2.v- rasm). Unga mos keladigan ikkilamchi tok ham faqat bir reledan nol sim orqali o‘tadi.
Tok transformatorlaridan birining ikkilamchi zanjirida buzilish (uzilish) bo‘lganda, bu simda faza tokiga teng tok hosil bo‘ladi va bu nol simda o‘rnatilgan relening ko‘zda tutilmagan xarakatiga olib keladi. Ko‘rib o‘tilgan sxemada fazalarga o‘rnatilgan relelar hamma tur qisqa tutashuvlarga ta’sir javob beradi, nol simdagi rele esa faqat er orqali bo‘lgan qisqa tutashuvlarga ta’sir javob beradi.
Yulduz sxema bo‘yicha ulanish hamma tur qisqa tutashuvlarga o‘rnatilgan himoyalarda qo‘llaniladi. Reledagi tok fazadagi tokga teng. SHuning uchun sxema koeffitsienti .


Download 95.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling