1- amaliy mashg’ulot
Download 215.75 Kb.
|
1-amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotning maqsadi
1- amaliy mashg’ulot. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub`yekti sifatida
Menejmentni jamiyatning iqtisodiy negizi bilan bog’lab, shu bilan birga boshqaruvning ikki - tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy tomonlarini xisobga olgan holda o’rganish lozim. Tashkiliy-texnikaviy boshqaruv mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligining oshishi uchun sharoit yaratishga imkon beruvchi faoliyat turidan iboratdir. Ijtimoiy-iqtisodiy boshqaruvning maqsadi ishlovchilar samarali mehnat qilishi uchun sharoit yaratish ularni ijtimoiy ximoya qilishning ishonchli umumdavlat tizimini shakllantirish, bandlikni tahminlash va axolining kam tahminlangan qatlamlarini qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Korxona iqtisodiyotini o’rganishning asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: - iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni, o’lchov birliklari, ko’rsatkichlari va kriteriyalarini aniqlash usullarini o’rganish; - korxona xo’jalik mexanizmini holatini o’rganish, baholash, kelajakga bashorat qilish; - bo’lajak iqtisodchilarni korxona faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish, kelajagini bashorat qilish usullari bilan qurollantirish; - xo’jalik yuritishni yangi shakl va usullarini aniqlash; - barcha turdagi korxonalarning rivojlanish tendentsiyalari va qonuniyatlarini aniqlash, takliflar berish; - korxonada birlashtirilgan omillardan (er, kapital, mehnat, tadbirkorlik) samarali foydalanish yo’llarini belgilash. Menejmentning predmeti xo’jalik yuritishning barcha darajalarida boshqarishning qonunlari (qonuniyatlari), tamoyillari va munosabatlarini o’rganishdan iboratdir.
Download 215.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling