1- amaliy mashg`uloti Biologiya darslarida foydalaniladigan ko‘rgazmali va didaktik vositalar. Multimediya, o‘quv kinofilmlari, slaydlardan foydalanish metodikasi. Reja


Download 18.45 Kb.
Sana19.01.2023
Hajmi18.45 Kb.
#1101595
Bog'liq
1-амалий машғулот 3-курс (2)


1- Amaliy mashg`uloti


Biologiya darslarida foydalaniladigan ko‘rgazmali va didaktik vositalar. Multimediya, o‘quv kinofilmlari, slaydlardan foydalanish metodikasi.


Reja: 1. Biologiya fanidan slaytlar, ko`rgazmali qurollar, multimediyalar, elektron
yaratilgan darsliklarni o’rganish

  1. Biologiya darslarida foydalanish bo’yicha dars ishlanmalarini loyihalash,

tarqatma materiallar.
Biologiyani o’qitishda foydalaniladigan vositalar biologik ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadi va vazifalari, o’rganiladigan mavzu mazmuniga muvofiq, o’qituvchi tomonidan mazkur jarayonning samaradorligini orttirish maqsadida qo’llaniladi.
Biologiya darslarida o’qituvchi o’rganiladigan mavzu mazmunini to’la yoritadigan o’qitish vositalarini unga muvofiq esa, o’qitish metodlarini tanlaydi, shu asosda darsda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi va boshqaradi.
O’qitish vositalari mamlakatda ta’limni tubdan isloh qilish printsiplari, fan-texnika, ishlab chiqarish rivojlangan sari ularning turlari ham ko’payib bordi.
Demak, ta’lim muassasalarida o’qitish vositalarining turlari ham muayyan darajada o’zgarib, yangilanib boradi, yangi avlod o’qitish vositalari vujudga keladi.
O’qitish vositalarining yangi avlod guruhiga: komphyuter texnologiyasining ta’lim beruvchi, modellashtirilgan va nazorat dasturlari, slaydlar, mulhtimedialarni kiritish mumkin.
Biologiya o’qituvchisining asosiy vazifasi o’rganiladigan mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda eng yuqori samara beradigan o’qitish vositalarini tanlashi, buning uchun o’qitish vositalarining yangi avlodining turlari, ular bilan ishlash metodikasini egallagan bo’lishi darkor.
O’qitish samaradorligini oshirishda amaliy mashg’ulot va namoyish qilinadigan tajribalarni o’tkazishga yordam beruvchi xususan mikroskop, lupa, shtativ, reaktivlar asboblar isituvchi asboblar, pintset, preparoval ninalar, o’qitishning texnik vositalari - kodoskoplar, televizorlar, komphyuterlar, ovoz yozuvchi va eshittiruvchi - apparatlar, magnitofonlar ham o’qitish vositalariga kiradi.
Texnik vositalari orasida audiovizual va boshqa tabiiy tasviriy vositalar shu bilan ustunlik qiladiki, ular o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarning barcha bosqichlarini izchillik bilan ko’rsata oladi. Teleko’rsatuv va videofilhmlardan biologiya o’qitishda foydalanish tirik tabiatdagi voqea, hodisalarni sinfda o’rganish sifatini bir necha marta o shirish imkonini beradi.
Talabalarning bilimlarini nazorat qilish savollari:

  1. Elektron darsliklarni ahamiyati nimalardan iborat?

  2. Ko’rgazmali qurollar qanday turlarga bo’linadi?

  3. Ko’rgazmali o’qitish vositasi va qurol orasida qanday farq bor?

  4. Asosiy va yordamchi ko’rgazmali qurollarga nimalar kiradi?

  5. Tabiiy ko’rgazmali qurollarni tushuntiring.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Tolipova J.O. Biologiyani o’qitishda pedagogik texnologiyalar. Pedagogika oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik. “CHo’lpon” T.: 2011 - 128 bet

  2. Tolipova J.O. va boshqalar. Botanika o’qitish metodikasi. 5-sinf. T., “O’zbekiston”, 2003 yil - 96 bet.

  3. Tolipova J.O va boshqalar. Botanika o’qitish metodikasi. 6-sinf. T., “O’zbekiston” 2003 yil

-
128 bet

  1. Tolipova J.O., G’ofurov A. T. Biologiyani o’qitish metodikasi. (10-sinf) Toshkent.: SHarq.- 2004, - 96 bet.

  2. Tolipova J.O., G’ofurov A. T. Biologiyani o’qitish metodikasi. (11-sinf) Toshkent.: SHarq.- 2004, - 128 bet.

Download 18.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling