1-§. Badiiy so‘z qudrati (Darslikda 3-12 betlar)


Download 0.51 Mb.
bet53/95
Sana20.10.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1712447
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95
Bog'liq
Nurbek kitob 7-sinf

116 12-§. JAHON OTIN UVAYSIY


  1. Uvaysiyning qaysi g'azalida oshiq zohid bilan bahsga kirishadi?

A) «Uvaysiyman»
B) «Sog‘indim»
C) «Dog‘ o'ldi, dog‘ o‘ldi»
D) «Anor»

  1. Uvaysiy qaysi g'azalida o'zbek onalariga xos holda oddiygina askar o'g'lini «davlatli su!tonim» deb ataydi?

A) «Uvaysiyman»
B) «Sog‘indim»
C) «Dog‘ o‘ldi, dog' o‘ldi»
D) «Anor»

  1. Uvaysiy qalamiga mansub chistonlarni toping.

1)«Anor»; 2) «Yong‘oq»;

  1. «Qish»; 4) «Kun va tun».

A) 1, 2, 3, 4
B)1,2, 3
C) 1, 2, 4
D) 2, 3, 4

  1. Quyidagi chistonning javobini toping?

Ul na gumbazdir, eshigi, tuynugidin yo‘q nishon, Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur makon. Sindurub gumbazni, qizlar holidin olsam xabar, Yuzlarig'a parda tortig‘liq turarlar bag‘ri qon.
A) «Anor»
B) «Yong‘oq»
C) «Tarvuz»
D) «Olma»

  1. Quyidagi chistonning javobini toping.

Ul nadurkim, sabzto'nlik, yoz yog'ochning boshida, Qish yalang'och aylagay barcha xaloyiq qoshida.
Barcha qushlarning so‘ngoki ichida, Ul na qushdurkim, so'ngoki toshida.
A) «Anor»
B) «Yong‘oq»
C) «Fasllar»
D) «Kun va tun»




12-§. JAHON OTIN UVAYSIY 117


  1. Quyidagi chistonning javobini toping.

Ikki mahbubni ko'rdum, bir-birisin ko‘rmagan, Ikkisining o‘rtasiga, do'stlar, qil sig'magan.
A) «Anor»
B) «Yong‘oq»
C) «Fasllar»
D) «Kun va tun»
CHISTON HAQIDA

  1. Chistonning hajmi cheklanmagan, lekin ko'pincha necha bayt bo'ladi?

  1. bir yoki ikki bayt

  2. bir yoki to‘rt bayt

  3. uch yoki to‘rt bayt

  4. to‘rt yoki olti bayt

  1. Turkiy adabiyotda ilk chistonlar kim tomonidan yaratilgan?

A) Uvaysiy
B) Navoiy
C) Nizomiy
D) Jomiy

  1. Fors-tojik adabiyotida turk adabiyotidan bir necha asr ilgari ham chistonlar bo'lgan va ular nima deb atalgan?

A)jumboq
B) lug'z
C) chiston
D) topmacha

  1. She'riy chistonlar necha turga bolinadi?

  1. 2 xil: majoziy chistonlar va oddiy chistonlar

  2. 3 xil: majoziy chistonlar, murakkab va oddiy chistonlar

  3. 3 xil: bir predmetli, ikki predmetli va uch predmetli chistonlar

  4. 2 xil: ma'naviy chistonlar hamda sodda chistonlar

  1. Uvaysiyning majoziy chistoni qaysi?

A) «Yong‘oq»
B) «Anor»
C) «Kun va tun»
D) «Sog‘indim»




118 12-§. JAHON OTIN UVAYSIY


  1. Uvaysiyning qaysi chistoni ijtimoiy hayotdagi voqeaga ishora qilib, gulday yoshligi, xon haramida, saroy gumbazi ostida, bag'irlari qon bolayotgan qizlarni eslatadi?

A) «Anor»
B) «Yong‘oq»
C) «Kun va tun»
D) «Qish»

  1. Uvaysiyning majoziy chistoni berilmagan javobni toping.

A) «Yong‘oq»
B) «Anor»
C) «Kun va tun»
D) A va C javoblar to'g'ri.

  1. Chiston so'zi qaysi tildan olingan va qanday ma'noni anglatadi?

  1. fors tilidan; «chist» - nima?, «on» - u

  2. fors tilidan; «chist» - kim?, «on» - u

  3. fors tilidan; «chist» - qachon?, «on» - kim?

  4. fors tilidan; «chist» - kim?, «on» - nima?


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling