1- boshlovchi: Assalomdan boshlaymiz kirish so'zimiz. O'zbekiston atalur bizning yurtimiz, Bu ko’hna diyorning farzandlarimiz. Kelajagi porloq dilbandlarimiz. 2- boshlovchi
Download 21.82 Kb.
|
Ssenariy (master)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1- boshlovchi: Bugun biz Muhammad al-Xorzmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
- Ochish so’zi. (3 min) 1-boshlovchi
- She’r (Zulfiya) 7 min 2-boshlovchi
- 1-boshlovchi
- 2-boshlovchi
- Konkurs (Translate and Draw) 2-boshlovchi
1- boshlovchi: Assalomdan boshlaymiz kirish so'zimiz. O'zbekiston atalur bizning yurtimiz, Bu ko’hna diyorning farzandlarimiz. Kelajagi porloq dilbandlarimiz. 2- boshlovchi: Assalom azizlar qalbi quyoshlar Mehringiz nuridan bahramand yoshlar, Biz sizga keltirdik bir oliy imron, Bir oliy imronkim otashin salom. Assalomu alaykum ushbu dargohning go'zallikda tengi yo'q, sho'x va shodon qizlariyu mard va jasur yigitlariga va yana alohida boshimizni egib ta'zim aylaymiz aziz va mo'tabar ustozlarga va murabbiylarga hamda tashrif buyurgan mehmonlarimizga. 1- boshlovchi: Bugun biz Muhammad al-Xorzmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, “Radio va Mobil aloqa” fakultetining, “Elektronika va radiotexnika” kafedrasi jamoasi, mana shunday ajoyib kunlarda, har biringizga oz bo’lsada ko’tarinki kayfiyat ulashish uchun kichkinagina kamtarona dastur bilan tashrif buyurganmiz. 2- boshlovchi: Va umid qilamizki, tayyorlangan dasturimiz sizga albatta manzur bo’ladi. Dastur davomida sizga Universitetimizning tinib tinchimas zukko talabalari, o’z istedodlarini namoyish etish uchun tayyorlanib kelishgan. Ajoyib kuy qo’shiqlar va raqslar sizni kutmoqda. 1- boshlovchi: Darhaqiqat, mana shunday ko’tarinki kayfiyatda, tadbirimizni ochib berish uchun so’z navbatini Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnoligiyalari universiteti “Elektronika va radiotexnika” kafedrasi mudiri Sattarov Xurshid Аbdishukurovichga beramiz, marhamat. Ochish so’zi. (3 min) 1-boshlovchi: Tashakkur. Bilasizmi Nodira bahor mavsumi bayramlarga to’la fasl. Ushbu faslda bayramlarga mos ravishda tabiat ham o’zgacha bir chiroy ochib boradi, go’zal ayol va qizlarimiz bayrami ham aynan shu mavsumda bo’lishi ham bejiz emas menimcha. 2-boshlovchi: Ha, albatta to’g’ri aytasiz. Bobur, aynan bahor faslida necha – necha istedodli insonlar dunyoga kelgan. O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonimning tavallud kuni ham mana shu bayramlar mavsumini boshlab beradi desak yanglishmagan bo’lamiz. 1-boshlovchi: Hozir esa davramizga, istedodli talabalarimiz ________________________ __________________________________ larni taklif qilamiz. Zulfiya va Hamid Olimjon xotirasiga bag’ishlangan she’riy sahna ko’rinishi. Marhamat tomosha qiling. She’r (Zulfiya) 7 min 2-boshlovchi: Talabalarimiz orasida iste’dodli yigit qizlarimiz talaygina. Istedodli kishi har sohada ilg’or bo’lishadi. Ana shunday talabalarimizdan bo’lgan __ kurs talabalari Fazliddin va Dilrabo ni taklif qilamiz. Ular o’zlari tayyorlab kelgan shodon musiqiy kompozitsiyani ijro etib berishadi. 1-boshlovchi: Marhamat, tomosha qiling. Qo’shiq (Popuri) 5 min 2-boshlovchi: Mana shunday ko’tarinki ruhda davom etamiz. O’ylaymanki endi navbatni ozgina interaktiv o’yinlarga bersak. 1-boshlovchi: Albatta, men roziman. Tomoshabinlar orasidan yuragida o’ti bor 8 nafar yoshlarimizni davramiz markaziga taklif qilamiz. Konkurs (10 min) 2-boshlovchi: Barchaga ishtirok uchun rahmat. Endi davramizga Dilraboni taklif qilamiz, go’zal raqs bilan barchangizga a’lo kayfiyat ulashishga tayyor turibdilar. 1-boshlovchi: Marhamat tomosha qiling. Raqs (5 min.) 1-boshlovchi: Biz davom etamiz, endi jahon estradasining mashxur qo’shiqlari bilan Abduqodir va Dilshodani davramiz markaziga taklif qilamiz. 2-boshlovchi: Marhamat, e’tiboringiz markazida TATU talabalaridan Jahonga mashxur taronalar ijrosi. Qo’shiq (Abduqodir va Dilshoda) 2-boshlovchi: Mahoratli va betakror ijro uchun talabalarimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Va tadbirimizni davom ettiramiz. Bobur, bizda hali interaktiv o’yinlarimiz nihoyasiga yetmagan shudaymi? 1-boshlovchi: Yo’q, albatta. Ingliz tili hozirda dunyo bo’yicha eng keng tarqalgan til hisoblanadi va ko’p davlatlarda davlat tili darajasida bo’lib kelmoqda. Shu sababli keying o’yiniz aynan ingliz tilini biladigan yoshlarimiz uchun mo’ljallangan bo’lib, ularni davra markaziga chorlab qolamiz. Konkurs (Translate and Draw) 2-boshlovchi: Thank you everyone for participating. You are the Best of the Best! Har boshlangan narsaning oxiri bo’lgani kabi, bugungi sizlarga tayyorlab kelgan dasturimiz ham o’z yakuniga yetib bormoqda. Barchangizga yuqori kayfiyat uchun e’tibor uchun va ko’zlaringizdagi quvonch uchun minnatdorchiligimizni bildiramiz. 1-boshlovchi: Ushbu vaqt mobaynida oz bo’lsada bahoriy kayfisyatni sizlarga ulasha olgan bo’lsak, biz oldimizga qo’ygan maqsadni uddasidan chiqdik desak yanglishmagan bo’laman. Va dastur so’ngida go’zla Raqsga navbatni bersakda barchani davramiz markaziga go’zal raqsga taklif qilsak. Marhamat. Download 21.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling