1 – laboratoriya hasharotlarning morfologiyasini o’rganish


Klimogramma va bioklimogramma tuzish


Download 0.61 Mb.
bet9/10
Sana23.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1384191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ENTOMOLOGIYA lotin

Klimogramma va bioklimogramma tuzish
O‘rganish ob’ektlari. klimogramma va bioklimogramma tuzish uchun kerakli ma’lumot kartochkalari.
Bu ishni boshlashdan oldin nazariy qismda shu mavzuga oid materialni hamda 1- va 2- rasmlarni o‘zlashtirish kerak.
Klimogramma tuzish.
Tabiiy sharoitda hasharotlarga harorat bilan namlikning birgalikdagi ta’sirini baholashda shu usuldan foydalaniladi. Buni tuzish uchun ma’lum joyning (kartochkalardan foydalanib) o‘rtacha, oylik harorati bilan namlik ko‘rsatkichlari asosida tuziladi. Millimetrli qog‘oz olib, ordinat o‘qiga harorat, abssissa o‘qiga yog‘in miqdori (mm) joylashtiriladi (1-rasm). Namlik va harorat kesishgan har oy uchun nuqtalarga to‘garakchalar qo‘yilib, rim harfi bilan oylar qo‘yib boriladi. Keyin to‘garakchalar oyma-oy nazbatma-navbat qo‘shib boriladi. Natijada noto‘g‘ri ko‘p burchak hosil bo‘ladi. Bu ko‘p burchak klimogrammani ifodalaydi. Ikkita, turli xil areal uchun, bitta tur uchun ko‘p yillik o‘rtacha harorat va yog‘in miqdorlarining ko‘rsatkichi asosida tuzilgan klimogrammalarni solishtirib, ekologik sharoitlarni shu tur uchun, qaysi sharoitda qulay yoki noqulayligini farqlash mumkin.
Hasharot turining juda ko‘payib ketgan yilda tuzilgan klimogramma bilan kamayib ketgan yilda tuzilgan klimogrammani solishtirib, konkret harorat hamda yog‘in miqdorini aniqlashda va shu tur uchun qulay va noqulay sharoit yaratshda katta ahamiyatga ega.


Bioklimogramma tuzish.
Bu meteorologik faktorlarni hasharotlarning rivojlanishiga ta’siri grafik usulda analiz qilish usulidir. Bioklimogramma tuzishda ham xuddi klimogramma tuzgandek millimetrli qog‘oz olib, ordinat o‘qiga o‘rtacha oylik harorat va abssissa o‘qiga oylik yog‘in ko‘rsatgichlari yoziladi (2- rasm). Harorat bilan namlik kesishgan nuqtalar (oylar) rim raqami bilan belgilanadi. Nuqtalar hasharot tuxumlik davrida bo‘lsa punktirlar (. . .), lichinkalik davrida qisqa chiziqlar (---), g‘umbaklik davrida to‘garakchalar (ooo), imago davrida yaxlit chiziqlar (—) bilan birlashtirib chiqiladi.
Bunday bioklimogramma hasharot turi uchun qulay va noqulay areallar uchun tuzib bir-biriga solishtiriladi. B.Uvarov grafigidan malum bo‘ldiki, Marokash chigirtkasi uchun qulay sharoit rezervatsiya yuqori zonada bo‘lar ekan (2- rasm). Aynan shu davrda vodiylarda noqulay sharoit vujudga kelishi qayd etiladi (2- rasm). Talabalar klimogramma va bioklimogrammalarni chizib bo‘lgandan keyin o‘qituvchiga tekshirish uchun topshiradilar.







Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling