1 – laboratoriya hasharotlarning morfologiyasini o’rganish
Download 0.61 Mb.
|
ENTOMOLOGIYA lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzatish ob’ekti .
3-LABORATORIYA
OVQATLANISH FIZIOLOGIYASI Kerakli jixozlar. Termostat, spirt lampalari, to‘g‘rilagich vannachalar, to‘g‘rilagich ignalar, pinsetlar, qaychilar, stakanlar, probirkalar shtativi bilan, kraxmalning 1% li eritmasi, 5% li mis sulfat eritmasi, 1% li natriy bikorbanat eritmasi, 0.6% li fiziologik eritma, fibrin, fenolftaleinning 10% li eritmasi, o‘simlik moyi, yod eritmasi. Kuzatish ob’ekti. Tirik suvaraklar. Hashoratlarning ovqatlanish fiziologiyasini o‘rganishda laboratoriya mashg‘ulotda hasharotning so‘lak beziga, o‘rta ichagiga, yog‘ tanachalariga har xil ximiyaviy moddalar ta’sir ettirish reaksiya natijasiga qarab aniqlanadn va kuzatiladi. Termostatda probirkalar 1—2 soat saqlangani uchun vaqtni tejash maqsadida lipaza ta’sirini o‘rganishni bir vaqtda boshlash maqsadga muvofiqdir. Ish tartibi Bir nechta tirik suvarak olib, uni yorasiz hamda so‘lak bezlari va o‘rta pchaklarini ajratib olasiz. So‘lak bezlarining kraxmalga feruentativ ta’siri bilan tanishish uchun ikkita probirka olib, ularga 6 sm3 1 % li kraxmal eritmasini quyasiz. Birinchi probirkaga uchta suvarakning so‘lak bezini rezervuar bilan, ikkinchi probirkaga zsa distillangan suv solinadi. Bu kontrol probirkadir. Ikkala probirka 1—2 soatga 40° li termostatga qo‘yiladi. So‘ng termostatdan olib ikkala probirka ichidagilarni teng ikkiga bo‘lib, boshqa to‘rtta probirkaga solinadi. To‘rttala probirkadan bitta so‘lak bezli probirkada va bitta kontrol probirkada olib, har bir probirkaga bir tomchidan yod eritmasidan tomiziladi. Yod eritmasi kraxmalni ko‘k (zangori) rangga bo‘yaydi. Dekstrinlar kraxmalning parchalanish mahsuloti bo‘lib, molekulalarning tuzilishiga qarab turli xil rangga bo‘yaladi. Kraxmal asta-sekin quyidagi tartib bo‘yicha: kraxmal, amilodekstrin, eritrodekstrin, naxredekstrin va qandga parchalanadi. Hamma yod eritmasi tomizilgandan keyin hosil bo‘lgan zangori rangli kraxmal qizil rangga, so‘ngra esa rangsiz bo‘lib qolishini ko‘rish mumkin. Ikkinchi kontrol probirkada yuqorida ko‘rsatilgan tartibda kraxmal parchalanmaydi va qizil rang hosil bo‘lib, so‘ngra yo‘qolishi qayd etiladi. Birinchi probirkada qizil rang hosil bo‘lishi dekstrinlar hosil bo‘lganidan darak beradi. 3. Avval ish tartibini o‘qib, talabalarni guruxlarga taqsimlab, so‘lak bezi fermentativ ta’siri bilan o‘rta ichak So‘lak bezlarining qandga fermentativ ta’siri bilan tanishish uchun yuqorida tajribadan qolgan ikki probirkadan eritmaga bir tomchidan 1/8 dan to 1/5hajmdagi 10% li NaON va 5% li SuSO4 to Su(ON)2 cho‘kmasi hosil bo‘lguncha tomiziladi. Ikkala probirkadagi cho‘kmalarning zangori rangga bo‘yalishini ko‘rasiz. Ikkala probirkadagi eritma qaynatilganda birinchi tajriba probirkada eritmaning rangi o‘zgarganini (qizil yoki sariq rangga) ko‘rasiz. Bunda (Su2O) va uning (SuON) gidrati hosil bo‘ladi. Ikkinchi kontrol probirkada esa rang o‘zgarmaydi. CHunki bunda qand hosil bo‘lmaydi. 4. O‘rta ichakning kraxmalga fermentativ ta’siri bilan tanishish uchun ham ikkita probirka olib, ularga 6 sm3 1 % li kraxmal eritmasi quyiladi. Birinchi probirkaga uchta suvarakdan olingan o‘rta ichaklar solinadi, ikkinchi kontrol probirkaga esa bir necha tomchi MaNS03 eritmasi tomiziladi. Keyin ikkala probirka 1—2 soatga termostatga qo‘yiladi. So‘ng termostatdan olib, ikkala probirkadagi eritma teng ikkiga bo‘linadi. Bulardan bir qismini kraxmalga, ikkinchi qismini qandga xuddi yuqorida so‘lak bezlarining ferment ta’sirini o‘rgangandek, qaytarib chiqiladi. 5. O‘rta ichak lipazalarini — yog‘ tanalari hazm qilish ta’sirini kuzatish uchun ikkita probirka olib, har qaysisiga bir tomchidan o‘simlik yog‘i tomiziladi. Birinchi probirkaga uchta suvarakdan olingan o‘rta ichakni, ikkinchi kontrol probirkaga esa 6 sm3 0,6% li MaS1 fiziologik eritma solinadi. Bundan keyin ikkala probirkaga 1—2 tomchidan fenolftalein va 1% Ma2S03 eritmasidan bir tomchidan, to pushtirang hosil bo‘lguncha tomizasiz. Keyin har ikki probirka 40° li termostatga qo‘yiladi. Ma’lum vaqtdan keyin birinchi tajriba, ya’ni o‘rta ichakli probirkada pushtirang yo‘qoladi. Bu o‘rta ichakning lipazalari — yog‘larning parchalanishini ko‘rsatadi. Ikkinchi kontrol probirkada esa shu davrda rang o‘zgarmagani ko‘rinadi. 6. O‘rta ichak tipsinlarnpng oqsilga ta’sirini kuzatish uchun yana ikkita probirkaga kichkina fibrin bo‘lakchalari har bir probirkaga bittadan solinadi. Birinchi tajribali probirkaga uchta suvarakning o‘rta ichagi solinadi. Ikkinchi probirkaga esa biroz MaNS03 bilan ishqorlangan 0,6% li fiziologik eritma solib, 40° li termostatga qo‘yiladi. 1—2 soatdan keyin birinchi probirkadagi fibrin bo‘lakchasi erigani qayd etiladi. Bu o‘rta ichakdagi tipsinning oqsilga parchalanganini ko‘rsatadi. Ikkinchi kontrol probirkada fibrin bo‘lakchasi parchalanmaganini ko‘rish mumkin. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling