1 – Laboratoriya ishi frontal laboratoriya ishi fizikaviy kattaliklarni o‘lchash va xatoliklarni hisoblash


O‘lchash natijalarini grafik shaklda tasvirlash


Download 433.66 Kb.
bet4/5
Sana07.04.2023
Hajmi433.66 Kb.
#1337909
1   2   3   4   5
Bog'liq
Labaratoriya №1 Hatoliklar

O‘lchash natijalarini grafik shaklda tasvirlash
Tajribalarda o‘lchangan fizik kattaliklar natijasini nazariy xulosalar bilan yoki orasidagi bog‘lanishlarni solishtirish uchun grafikdan foydalanadilar. Grafik tuzishdan avval tajribada o‘lchanadigan kattalikni xar bir qiymati va unga mos keladigan ikkinchi kattalik (argument) qiymatlarini jadvali tuziladi. Absissa o‘qiga argumentni, ordinata o‘qiga funksiyani qiymatlarini qo‘yib, uni qanday birliklarda o‘lchashni yozib qo‘yiladi. Grafikni to‘g‘ri bo‘lishi uchun masshtabni to‘g‘ri tanlab olish muhim ahamiyatga ega. Masshtab har bir o‘q bo‘ylab alohida tanlab olinishi ham mumkin.
Uni shunday tanlab olish zarurki, har bir kattalik chegarasiz o‘qlarida birday masshtabni (uzunlikni ) egalasin.
Odatda masshtab birligi sifatida har bir o‘q yo‘nalishi uzunligi 2 sm. li bo‘lakchalar olib to‘g‘risiga unga mos keladigan son yozib qo‘yiladi. Masshtab tanlab olingandan so‘ng har bir o‘q masshtab bilan teng bo‘laklarga ajratiladi, ha’r bir bo‘laklarga mos qiymatlar yozib qo‘yiladi. Shundan so‘ng jadgval asosida nuqtalarning o‘rni (koordinatalar) topiladi. Chiziq yordamida tutashtiriladi. Grafik chizish uchun odatda millimetrli (mm) qog‘ozdan foydalaniladi.
Tajriba natijasi ma’lum xatoga ega bo‘lgani uchun grafik chizig‘ini shunday o‘tkazish kerakki, eksperimental nuqtalarning ko‘pchiligini shu chiziq ustiga tushsin, qolgan qismi uning har ikki tomonida teng bo‘lingan bo‘lsin. Shu qoida asosida chizilgan grafik o‘rtacha qiymatni xarakterlaydi.
Oddiy o‘lchov asboblarida o‘lchash usulini o‘rganish
Kerakli asboblar: shtangensirkul, mikrometr va o‘lchanadigan jismlar (xalqa, parallelopiped).
Ishninig maqsadi: bevosita, bilvosita o‘lchashdagi absolyut va nisbiy xatoliklarni hisoblashni, shtangensirkul va mikrometrdan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish.

Shtangensirkul – asosan bir uchida oyoqchasi (A, B) bo‘lgan va eng kichik bo‘lakchasini aniqlik darajasi bo‘lgan asosiy shkala, u bo‘ylab harakatlana oladigan V, D oyoqchaga ega bo‘lgan C noniusdan tashkil topgan. Shtangensirkul yordamida jismlarni o‘lchashni 0,1 mm-dan, 0,025 mm- gacha aniqlikda o‘lchash

mumkin. O‘lchanishi kerak bo‘lgan jism, B-D oyoqlar orasiga E vint yordamida mahkamlanadi. A, V oyoqchalar esa, ichki chiziqli kattaliklar (truba diametrlari) ni o‘lchashda qo‘llaniladi. Hisoblash quyidagicha bajariladi:



bu yerda – asosiy shkalani eng kichik bo‘lakchasi qiymati mm hisobida.
- asosiy shkaladagi bo‘lakchalar soni.
n - noniusdagi bo‘lakchalarning umumiy soni.
k - asosiy shkaladagi bo‘lakchalar bilan ustma–ust tushgan nonius shkalasining nomeri.


Mikrometr po‘lat skoba (B) dan iborat bo‘lib, unga (D) trubka biriktirilgan. Mikrometr vintining (A) qadami 1mm yoki 0,5 mm bo‘ladi. A vintning sterjeniga C baraban o‘rnatilgan bo‘lib, uning oldingi uchi 50 yoki 25 bo‘limga bo‘lingan bo‘ladi. Mikromet yordamida 0-25 mm chamasidagi jism 0,01 mm aniqlikda o‘lchanadi. Mikrovintning qadamini qiymatiga qarab, baraban ma’lum bo‘laklarga bo‘lingan shkalaga ega. Hisob barabandagi shkalalar orqali quyidagicha hisoblanadi:

bu yerda -shkaladagi eng kichik bo‘lakchaning qiymati b=0,5 mm xisobida.
k- asosiy shkaladagi bo‘lakchalar bilan ustma–ust tushgan nonius shkalasining nomeri.
- mikrometr vintining (A) qadamlar soni.

n-baraban shkalasining umumiy soni.



Download 433.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling