1- laboratoriya ishi. Marshrutlar tayyorlashda o‘tkaziladigan muloqotlar tartibi.(boshi) Ishning maqsadi


Download 15.6 Kb.
bet1/2
Sana14.03.2023
Hajmi15.6 Kb.
#1268168
  1   2
Bog'liq
1-laboratoriya ishi


1- laboratoriya ishi. Marshrutlar tayyorlashda o‘tkaziladigan muloqotlar tartibi.(boshi)
Ishning maqsadi: Poyezdlarni qabul qilish marshrutini tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan muloqotlar tartibida poyezdlar harakat havfsizligini va stansiyaga poyezdlarni qabul qilish bo‘yicha ishlami tashkil etishda o’rnatilgan tartibni ta’minlovchi stansiya navbatchisi, signalchilar va strelka postlari navbatchilarining harakatlarini ko‘rsatib berish.

Uslubiy ko‘rsatmalar


Poyezdlarni stansiyaga qabul qilish jarayonini har bir stansiyada stansiya navbatchisi (DSP) tomonidan amalga oshiriladi. Stansiya navbatchisi poyezdlarni stansiyaga qabul qilishdan oldin, stansiyada poyezdlarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlashi uchun poyezdlarning harakatlanish marshrutini oldindan tayyorlab qo‘yishi lozim. Marshrut tayyorlash deganda – strelkali o‘tkazgichlarni kerakli holatga o‘tkazish, strelkali o‘tkazgichlarni poyezdlar harakatlanish vaqtida boshqa yo‘nalishga o‘tib qolishining oldini olish uchun mahsus qulflar bilan mahkamlash; strelka va qabul qilish yo‘llarining bo‘shligini tekshirish; stansiyadagi manyovr ishlarini to‘xtatishi va poyezdni qabul qilinishiga ruxsat berishi kerak. Agar stansiyada strelka va signallarni boshqaruvi qo‘lda bajariladigan bo‘lsa u holda ularni o‘tkazish va mahkamlash hamda marshrutning bo‘shligini tekshirish amallari strelka posti navbatchisi (DSPP) tomondan amalga oshiriladi. Strelka postlari stansiya bo‘g‘izlarida joylashgan bo‘lib, stansiya navbatchisining qabul qilish marshrutlarini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalari telefon aloqasi bo‘yicha uzatiladi. Stansiya ichidagi telefon aloqasi sifatida ikkita ish o‘rinlarida ketma ket turgan telefon apparatlari qo‘llaniladi. Har bir telefon apparati oldida bittadan strelka posti navbatchilari bo‘lib poyezdlarni qabul qilish bo‘yicha stansiya navbatchisining buyruqlarini belgilangan tartib bo‘yicha qabul qilib oladilar. Poyezdlar harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida uzatilayotgan har bir buyruqning matni tushunarli va aniq bo‘lishi lozim. Temir yo‘l transportida hizmat muloqotlari uchun quyidagi muloqotlar tartibi qabul qilingan: Birinchi bo‘lib telefonga javob beruvchi tomon hodimi o‘z familiyasi va unvonini aytib tanishtiradi, keyin esa chaqirgan tomon hodimi o‘zini tanishtiradi va buyruqni uzatadi. Berilgan buyruq matni to‘g’ri va aniqligiga ishonch hosil qilgan stansiya navbatchisi uni “To‘g’ri” yoki “Bajarilsin” degan so‘zlar bilan tasdiqlaydi.
Marshrutlami tayyorlash bo‘yicha muloqotlar tartibiga quyidagilar kiradi: marshrut tayyorlash to‘g’risidagi stansiya navbatchisining buyruqi, marshrutn tayyorligi hamda yo‘llarning bo‘shligi to‘g’risidagi strelka postlari navbatchilarining bildirgilari, strelka postlari navbatchilarining poyezdning to‘liq tarkibda qabul qilinganligi va poyezd yo‘lning foydali uzunligi bo‘yicha to‘liq joylashganligi to‘g’risidagi bildirgilari. Marshrutlamii tayyorlash bo‘yicha muloqotlar tartibi “O‘zbekiston temir yo‘llarida poyezdlar harakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma”da keltirilgan. Laboratoriya ishida strelka posti navbatchisining stansiya bo‘yicha navbatchi va stansiya navbatchisining poyezd dispetcheri bilan muloqotlar tartibi bajariladi. Bunda har bir talaba stansiya navbatchisi, strelka posti navbatchisi va poyezd dispetcheri (DNS) rolida ularning harakatini bajaradilar. Laboratoriya ishi poyezd dispetcheridan poyezdning qabul qilishga bergan buyruqidan boshlanadi: Poyezd dispetcheri sifatida ish bajaruvchi talaba telefon orqali stansiya navbatchisi rolini bajaruvchi talabaga poyezdni qabul qilish to‘g’risidagi buyruqini beradi. Bunda stansiya navbatchisi telefon go‘shagini ko‘tarib o‘zini tanishtiradi. Masalan “DSP Abdullaev”, shundan so‘ng poyezd dispetcheri ham o‘zini tanishtiradi “DNS Sodiqov” va shundan so‘ng poyezdni qabul qilish marshrutini tayyorlash to‘g’risida buyruq beradi. Buyruqni eshitgan stansiya navbatchisi “Tushunarli” deb javob beradi. Shundan so‘ng stansiya navbatchisi poyezd dispetcherining buyruqi asosida ish olib boradi: strelka posti navbatchilarini telefon orqali chaqiradi va poyezdni qabul qilish marshrutini tayyorlash bo‘yicha buyruq beradi, marshrutning to‘g’ri tayyorlanganligini tekshiradi, strelka posti navbatchilarining poyezdni qabul qilinganligi to‘g’risidagi habarlarini eshitadi. Poyezd va lokomotivlar harakati jumalini rasmiylashtiradi. Poyezdlarni qabul qilish bo‘yicha marshrutlar tayyorlanadigan stansiya kompyuterdan laboratoriya ishi rahbarining ko‘rsatmasi bo‘yicha tanlanadi.



Download 15.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling