1- laboratoriya ishi. Marshrutlar tayyorlashda o‘tkaziladigan muloqotlar tartibi.(boshi) Ishning maqsadi


-laboratoriya ishi. Marshrutlar tayyorlashda o‘tkaziladigan muloqotlar tartibi.(oxiri)


Download 15.6 Kb.
bet2/2
Sana14.03.2023
Hajmi15.6 Kb.
#1268168
1   2
Bog'liq
1-laboratoriya ishi

1-laboratoriya ishi. Marshrutlar tayyorlashda o‘tkaziladigan muloqotlar tartibi.(oxiri)
Ishning maqsadi: Poyezdlarni jo‘natish yoki to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborish marshrutini tayyorlash bo‘yicha o‘tkaziladigan muloqotlar tartibida poyezdlar xarakat havfsizligini va stansiyaga poyezdlarni jo‘natish va to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborish bo‘yicha ishlami tashkil etishda o‘rnatilgan tartibni ta’minlovchi stansiya navbatchisi, signalchilar va strelka postlari navbatchilarining harakatlarini ko‘rsatib berish.

Uslubiy ko‘rsatmalar


Poyezdlarni stansiyadan jo‘natish yoki to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborish jarayonini har bir stansiyada faqatgina bir hodim, ya’ni stansiya navbatchisi boshqaradi. Poyezdlarni stansiyadan jo‘natish yoki to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborishdan oldin stansiya navbatchisi poyezdlarning stansiyada xavfsiz harakatlanishini ta’minlashi, ya’ni poyezdlarning stansiya bo‘ylab harakatlanish marshrutini tayyorlab qo‘yishi lozim. Marshrut tayyorlash deganda - strelkalarni kerakli holatga o‘tkazish, ularni poyezd harakati vaqtida o‘tib qolmasligini oldini olish uchun mahsus qulflar bilan mahkamlash; strelka va yo‘llarining bo‘shligini tekshirish; stansiyadagi manyovr ishlarini to‘xtatishi va poyezdni jo‘natish yoki to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborilishiga ruxsat berish. Agar stansiyada strelka va signallarni boshqaruvi qo‘lda bajariladigan bo‘lsa u holda ularni o‘tkazish va mahkamlash hamda marshrutning bo‘shligini tekshirish amallari strelka posti navbatchisi tomondan amalga oshiriladi. Strelka postlari stansiya bo‘g]‘izlarida joylashgan bo‘lib, stansiya navbatchisining poyezdlarni jo‘natish yoki to‘xtatmasdan o‘tkazib yuborish marshrutlarini tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalari telefon aloqasi bo‘yicha uzatiladi. Stansiya ichidagi telefon aloqasi sifatida ikkita ish o‘rinlarida ketma ket turgan telefon apparatlari qo‘llaniladi. Har bir telefon apparati oldida bittadan strelka posti navbatchilari bo‘lib poyezdlarni jo‘natish yoki to‘htatmasdan o‘tkazib yuborish bo‘yicha stansiya navbatchisining buyruqlarini belgilangan tartib bo‘yicha qabul qilib oladilar.Poyezdlar harakat havfsizligini ta’minlash maqsadida uzatilayotgan har bir buyruqning matni tushunarli va aniq bo‘lishi lozim. Temir yo‘l transportida hizmat muloqotlari uchun quyidagi muloqotlar tartibi qabul qilingan. Birinchi bo‘lib telefonga javob beruvchi tomon hodimi o‘z familiyasi va unvonini aytib tanishtiradi, keyin esa chaqirgan tomon hodimi o‘zini tanishtiradi va buyruqni uzatadi.
Berilgan buyruq matni to‘g‘ri va aniqligiga ishonch hosil qilgan stansiya navbatchisi uni “To‘g‘ri” yoki “Bajarilsin” degan so‘zlar bilan tasdiqlaydi. Marshrutlarni tayyorlash bo‘yicha muloqotlar tartibiga quyidagilar kiradi:
marshrut tayyorlash to‘g’risidagi stansiya navbatchisining buyrug‘i, marshrutning tayyorligi hamda yo‘llarning bo‘shligi to‘g‘risidagi strelka postlari navbatchilarining bildirgilari,
strelka postlari navbatchilarining poyezdning to‘liq tarkibda jo‘natilgan1 va poyezd yo‘lning foydali uzunligi bo‘yicha to‘liq joylashganligi to‘g‘risidagi bildirgilari.
Marshrutlarni tayyorlash bo‘yicha muloqotlar tartibi “O‘zbekiston temir yo‘llarida poyezdlar harakati va manyovr ishlari bo‘yicha yo‘riqnoma”da keltirilgan. Laboratoriya ishida strelka posti navbatchisining stansiya bo‘yicha navbatchi va stansiya navbatchisining poyezd dispetcheri bilan muloqotlar tartibi bajariladi. Bunda har bir talaba stansiya navbatchisi, strelka posti navbatchisi va poyezd dispetcheri rolida ularning harakatini bajaradilar.
Laboratoriya ishi poyezd dispetcheridan poyezdni jo‘natish yoki to‘htatmasdan o‘tkazib yuborishga bergan buyrug‘idan boshlanadi: Poyezd dispetcheri sifatida ish bajaruvchi talaba telefon orqali stansiya navbatchisi rolini bajaruvchi talabaga poyezdni jo‘natish yoki to‘htatmasdan o‘tkazib yuborish to‘g’risidagi buyrug’ini beradi. Bunda stansiya navbatchisi telefon go‘shagini ko‘tarib o‘zini tanishtiradi. Masalan “DSP Abdullaev”, shundan so‘ng poyezd dispetcheri ham o‘zini tanishtiradi “DNr Sodiqov” va shundan so‘ng poyezdni jo‘natish yoki to‘htatmasdan o‘tkazib yuborish marshrutini tayyorlash to‘g’risida buyruq beradi. Buyruqni eshitgan stansiya navbatchisi
“Tushunarli” deb javob beradi. Shundan so‘ng stansiya navbatchisi poyezd dispetcherining buyrug’i asosida ish olib boradi: strelka posti navbatchilarini telefon orqali chaqiradi va poyezdni jo‘natish yoki to‘htatmasdan o‘tkazib yuborish marshrutini tayyorlash bo‘yicha buymq beradi, marshrutning to‘g’ri tayyorlanganligini tekshiradi, strelka posti navbatchilarining poyezdni jo‘natilganligi yoki to‘htatmasdan o‘tkazib yuborilganligi to‘g’risidagi habarlarini eshitadi. Poyezd va lokomotivlar harakati jumalini rasmiylashtiradi.
Poyezdlarni jo‘natish yoki to‘htatmasdan o‘tkazib yuborish bo‘yicha marshrutlar tayyorlanadigan stansiya kompbyuterdan laboratoriya ishi rahbarining ko‘rsatmasi bo‘yicha tanlanadi.
Download 15.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling