1- laboratoriyа ishi pluglarning tеxnologik jarayоnini o`rganish


Pluglarni ishga tayyorlash va sozlash


Download 436 Kb.
bet3/3
Sana13.12.2022
Hajmi436 Kb.
#1001019
1   2   3
Bog'liq
1-lab

Pluglarni ishga tayyorlash va sozlash. Dalalarni sifatli hamda kam harajat sarflab xaydash uchun har bir bir plug tekis maydonchaga o`rnatilib, ko`rikdan o`tkaziladi. Bunda uning barcha ish organlarining mavjudligi, lemexlar tig`larining o`tkirlanganligi va maydoncha yuziga paralelligini, ularning uchi maydoncha yuzasiga birdek tegib turishi, korpuslarning balandliklari, ular orasidagi masofalar bir xilligi hamda dala taxtalarining harakat yo`nalishiga paralelligi tekshirib ko`riladi.
Ikki yarusli pluglarda (PYa-3-35, PD-4-45, PNYa-4+1-45) ularning yuqorigi yarus korpuslari pastki yarus korpuslariga nisbatan 45-55sm oldinga va plug ramasi bo`ylama bruslarining chap tomoniga joylashtirilishi darkor.
Chimqirqarli pluglarda (PN-4-35,PLN-5-35, LD-100) chimqirqar asosiy korpusdan 20-25 sm oldinda turishi hamda uning xaydash chuqurligi 10-12 sm oraliqda bo`lishi kerak. Yuqoridagi ishlar bajarilgandan keyin haydash chuqurligi sozlanadi. Tirkama pluglarda (PYa-3-35) haydash chuqurligi ularning dala mexanizmi shturvalini aylantirib, o`rnatma pluglarda esa tayanch g`ildiragini 6 (1.2-rasm) balandlik bo`yicha siljitib sozlanadi. Agar o`rnatma pluglar ramasi bo`ylama yo`nalish bo`yicha oldinga og`gan bo`lsa, traktor o`rnatish qurilmasi markaziy tortqisi 3 (1.2-rasm) uzaytiriladi, aks xolda- qisqartiriladi. Ramaning 4 ko`ndalang yo`nalishi bo`yicha og`ishi traktorning o`rnatish qurilmasi pastki tortqilari 1 kashaklarini 2 qisqartirish yoki uzaytirish yo`li bilan sozlanadi.

1.2-rasm. Osma plug ramasining dala yuzasiga parallelligini sozlash:
1-pastki tortqich; 2-pastki tortqich kashagi; 3-markaziy tortqi; 4-plug ramasi; 5- korpus; 6-rostlash mexanizmi

Tirkama pluglarda ramaning oldinga og`ishi uning tortqisini pasaytirgichda pastga tushirib, orqaga og`ishi esa ko`tarib to`g`rilanadi. Rama ko`ndalang yo`nalish bo`yicha o`ngga og`sa plug egat g`ildiragini pastga tushirish, chapga oqqanda esa ko`tarish kerak bo`ladi.


Plug birinchi korpusining qamrov kengligi boshqa korpuslarga nisbatan ko`p bo`lsa, plug traktorga nisbatan chap tomonga, kam bo`lganda esa o`ng tomonga suriladi.
4. Ish bo`yicha hisobotda: Ishning maqsadi, kerakli jihozlar, er haydash texnologiyasi va agrotexnik talablar, plug va uning asosiy ishchi qismlarini vazifasi, tuzilishi (2.4-rasm) va ish jarayoni ko`rsatiladi.


NAZORAT UCHUN SAVOLLAR

1.Pluglar vazifasiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?


2.Pluglar traktorga agregatlanishiga ko`ra qanday turlarga bo`linadi?
3.Osma plugni xaydash chuqurligi qanday o`rnatiladi?
4.Plugning bo`ylama va ko`ngdalang notekisligi qanday rostlanadi?
5.er haydash ishlariga qo`yiladigan agrotexnik talablarni ayting.
Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling