1- laboratoriyа ishi pluglarning tеxnologik jarayоnini o`rganish
Download 436 Kb.
|
1-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dala taxtasi
- Plugning ishlash jarayoni
Asosiy korpus ag`dargich 5, lemex 6 va dala taxtasi 4 dan tashkil topgan bo`lib, tuproq qatlamini to`liq ag`darish uchun xizmat qiladi.
Plug korpuslarini turlari. er xaydash sifati plug korpusining konstruktsiyasi, uning geometrik shakli va ish yuzasining egat devori hamda uning tubiga nisbatan joylashishiga bog`liq. Konstruktsiyasiga ko`ra korpuslar ag`dargichli, ag`dargichsiz, kesik, tuproqni chukurlatuvchi, chiqarilgan iskanali, diskli, kombinatsiyalashgan ko`rinishda bo`ladi. Plug korpusini tanlashda kuyidagi ko`rsatkichlari: kamrash kengligi, xaydash chuqurligi, egat tubi va egat devoriga nisbatan lemexni o`rnatish burchagi hamda ish sirtining (yuzasining) shakliga qarab aniqlanadi. Dala taxtasi yordamida plugning korpusi ariqning tubi va devorchasiga tayannib xarakatlanadi. Pichoq tuproqni kesish va unda uchragan o`simliklar qoldig`i, ildizlari, qatlamlarni ajratish va tekis egat olish uchun xizmat qiladi. Pichoqlar diskli va qalamchasimon bo`lib, ular chimqirqar lemexining oldiga o`rnatiladi. Qalamchasimon pichoqlar o`rmon buta-botqoqli va plantajli pluglarda ishlatiladi. Chimkirkar o`simlik qoldiqlariga boy bo`lgan tuproqning yuqori qatlamni egat tubiga ag`darib tashlash uchun xizmat qiladi. Chimqirqarning ishchi shakli plugning asosiy korpusiga o`xshaydi, ammo undan kichikroq o`lchamda bo`ladi. Ramada chimqirqar plug korpusidan 30-35 sm oldinga o`rnatiladi. Bundan maqsad - tuproqningq qatlami ularning orasidan oson o`tkazishidadir. Chimqirqar qatlamning yuqorigi qismini 6-12 sm chuqurlikda kesadi va erni haydashda uni egatning tubiga tashlaydi. Plugning ishlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: plug oldinga xarakatlanganda, pichoq 3 tuproqni 10-12 sm chuqurlikda kesib ketadi. Unga izma-iz kelayotgan chimqarqar 2 tuproqning yuqori qatlamini 6-12 sm chuqurlikda va 15-20 sm kenglikda kesib oladi, uni maydalaydi va oldingi korpus ochib ketgan egatning ostiga tashlaydi. So`ngra asosiy korpus 4 ning lemexi 6 tuproq qatlamining asosiy qismini kesadi va ag`dargich 5 ga ko`tarib beradi, ag`dargich uni maydalaydi hamda bir vaqtning o`zida egatning tubiga chimqirqar tashlagan tuproqni ustidan yopadi. Lemex va ag`dargichning yuzasi yaxlit holda korpusning umumiy ishchi yuzasini tashkil etadi. Download 436 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling