1- laboratoriyа ishi pluglarning tеxnologik jarayоnini o`rganish


Download 436 Kb.
bet2/3
Sana13.12.2022
Hajmi436 Kb.
#1001019
1   2   3
Bog'liq
1-lab

Asosiy korpus ag`dargich 5, lemex 6 va dala taxtasi 4 dan tashkil topgan bo`lib, tuproq qatlamini to`liq ag`darish uchun xizmat qiladi.
Plug korpuslarini turlari. er xaydash sifati plug korpusining konstruktsiyasi, uning geometrik shakli va ish yuzasining egat devori hamda uning tubiga nisbatan joylashishiga bog`liq.
Konstruktsiyasiga ko`ra korpuslar ag`dargichli, ag`dargichsiz, kesik, tuproqni chukurlatuvchi, chiqarilgan iskanali, diskli, kombinatsiyalashgan ko`rinishda bo`ladi.
Plug korpusini tanlashda kuyidagi ko`rsatkichlari: kamrash kengligi, xaydash chuqurligi, egat tubi va egat devoriga nisbatan lemexni o`rnatish burchagi hamda ish sirtining (yuzasining) shakliga qarab aniqlanadi.
Dala taxtasi yordamida plugning korpusi ariqning tubi va devorchasiga tayannib xarakatlanadi.
Pichoq tuproqni kesish va unda uchragan o`simliklar qoldig`i, ildizlari, qatlamlarni ajratish va tekis egat olish uchun xizmat qiladi. Pichoqlar diskli va qalamchasimon bo`lib, ular chimqirqar lemexining oldiga o`rnatiladi. Qalamchasimon pichoqlar o`rmon buta-botqoqli va plantajli pluglarda ishlatiladi.
Chimkirkar o`simlik qoldiqlariga boy bo`lgan tuproqning yuqori qatlamni egat tubiga ag`darib tashlash uchun xizmat qiladi. Chimqirqarning ishchi shakli plugning asosiy korpusiga o`xshaydi, ammo undan kichikroq o`lchamda bo`ladi. Ramada chimqirqar plug korpusidan 30-35 sm oldinga o`rnatiladi. Bundan maqsad - tuproqningq qatlami ularning orasidan oson o`tkazishidadir. Chimqirqar qatlamning yuqorigi qismini 6-12 sm chuqurlikda kesadi va erni haydashda uni egatning tubiga tashlaydi.
Plugning ishlash jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: plug oldinga xarakatlanganda, pichoq 3 tuproqni 10-12 sm chuqurlikda kesib ketadi. Unga izma-iz kelayotgan chimqarqar 2 tuproqning yuqori qatlamini 6-12 sm chuqurlikda va 15-20 sm kenglikda kesib oladi, uni maydalaydi va oldingi korpus ochib ketgan egatning ostiga tashlaydi.
So`ngra asosiy korpus 4 ning lemexi 6 tuproq qatlamining asosiy qismini kesadi va ag`dargich 5 ga ko`tarib beradi, ag`dargich uni maydalaydi hamda bir vaqtning o`zida egatning tubiga chimqirqar tashlagan tuproqni ustidan yopadi. Lemex va ag`dargichning yuzasi yaxlit holda korpusning umumiy ishchi yuzasini tashkil etadi.

Download 436 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling