1.6. Laboratoriya ishi bo‘yicha hisobot tuzish
Guk qonuni formulasidan (1.2) foydalanib po‘latning elastiklik modulini hisoblanadi:
Bu yerda P=500 kg namunaga qo‘yilgan yuk bosqichi; l - tenzometr bazasi; (sm)-namunaning tenzometr bazasiga teng qismining absolyut uzayishi; F0 -namuna ko‘ndalang kesimining yuzasi.
Hisoblangan elastiklik moduli po‘lat uchun spravochnik jadvallariga asosan (1,9÷2,3)·106kg/sm2 oralig‘ida bo‘lishi kerak.
Cho‘zilishda Guk qonunini tekshirish uchun sinov jadvalini tahlil qilish kerak. Namunaga qo‘yilgan yuk bir xil bosqich P=500 kg bilan orttirilgani uchun (jadvalning 1-va 2-ustunlari) absolyut uzayish ham bir xil miqdorga (5-va 6-ustunlar) ortishi kerak.
Bu P va ning bir-biriga to‘g‘ri proporsional ekanligidan dalolat berib, cho‘zilishda Guk qonunining to‘g‘riligini ko‘rsatadi.
1.7. Xulosalar
Ish yuzasidan qilingan xulosada hisoblangan elastiklik modulini spravochnik jadvallarida po‘lat uchun keltirilgan miqdorga qanchalik yaqin ekanligini va cho‘zilishda Guk qonuni to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |