1- laboratoriya ishi
Download 1.08 Mb.
|
1-лаборатория иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- Neft va neft mahsulotlarini zichligini aniqlash .
- Ishdan maqsad
- 1-Rasm. Piknometrlar
2- Laboratoriya ishi.
Neft mahsulotlarining fizik xususiyatlarini aniqlash Neftning asosiy fizik xossalariga uning zichligi, kovushkokligi, sirt taranglik kuchlari, neftning kotishi va erishi, issiklik beruvchanlik xususiyatlari, sikiluvchanligi, reologik xususiyati, elektr xususiyati, molekular massasi, neftning issiklikdan kengayish xususiyatlari, xajm koeffitsiyenti, neftning kirishishi, neftni tuyinganlik bosimi, issiklik xossalari, optik xususiyatlari va boshka xossalari. Neft va neft mahsulotlarini zichligini aniqlash. Zichlik (solishtirma og‘irlik) — modda massasining uning hajmiga nisbatidir. Zichlikni xalqaro birligi (SI) — kg/m3. Nisbiy zichlik – o‘lchamsiz kattalik bo‘lib, ma’lum haroratlardagi neft mahsuloti zichligini suvnikiga nisbati bilan ifoda etiladi. Ishdan maqsad. Piknometr usuli bilan neft va neft mahsulotlarining zichligini aniqlash. Kerakli asboblar, reaktivlar, materiallar: Analitik tarozi; Piknometr; Termostat; Xromli aralashma; Distillangan suv; Etil spirti; Pipetka; Filtr qog‘oz; Piknometrning suv sonini aniqlash: neft va neft mahsulotlariniig zichligini aniqlashdagi standart harorat 20 oC hisoblanadi. Zichlikni aniqlash uchun har xil hajmga ega bo‘lgan darajalangan shisha piknometr qo‘llaniladi (1-rasm). Har bir piknometr o‘ziga xos "suv soni", ya’ni shu piknometrning 20 oC dagi suv massasi bilan tavsiflanadi. 1-Rasm. Piknometrlar Suv sonini aniqlash uchun piknometrni xromli aralashma, distillangan suv, etil spirti ketma-ketligida yuviladi va quritiladi. Toza va quritilgan piknometrni 0,0002 g aniqlikda tortiladi. Qaynatib xona haroratida sovitilgan, disstillangan suvni pipetka yordamida piknometrga solinadi (bunda suvning hajmi piknometr tepa chizig‘idan baland bo‘lishi kerak). So‘ngra piknometrni 20±0,1 oC dagi termostatga solinadi va 30 minut davomida ushlab turiladi. Piknometrdagi suv ko‘tarilishdan to‘xtagandan so‘ng, belgidan yuqoridagi ortiqcha suvni pipetka yoki filtr qog‘oz yordamida olinadi va qopqoq yopiladi. Piknometrdagi suvning hajmi belgilangan chiziqning yuqorisiga nisbatan belgilanadi va piknometrni tashqi tomonini yaxshilab artilgandan so‘ng 0,0002 g aniqlikda tortiladi. Piknometr suv soni “m” ni formula (4) yordamida hisoblanadi: Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling