1- laboratoriya ishi


-jadval Neft mahsulotlarining chaqnash haroratiga to‘g‘rilik kiritish


Download 1.08 Mb.
bet14/35
Sana29.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1732870
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
1-лаборатория иши

3-jadval
Neft mahsulotlarining chaqnash haroratiga to‘g‘rilik kiritish

Barometrik bosim, kPa (mm.sm.ustuni)

To‘g‘tilik kiritish, 0С

95,3 dan 88,7 gacha (715 dan 665 gacha)

+2

88,6 81,3 (664 610)

+4

81,2  73,3 (609  550)

+6

2.3.2. Tekshirish natijasi deb ikkita taxlil qilish natijasini o‘rtacha qiymati olinadi.


2.4. Usulning aniqligi.
2.4.1. Mos keluvchanligi.
Bitta tadqiqotchi tomonidan olingan natijalar agarda 4-jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmagan takdirda aniq hisoblanadi. 2.3.2. Tekshirish natijasi deb ikkita taxlil qilish natijasini o‘rtacha qiymati olinadi.
2.4. Usulning aniqligi.
2.4.1. Mos keluvchanligi.
Bitta tadqiqotchi tomonidan olingan natijalar agarda 4-jadvalda keltirilgan qiymatlardan oshmagan takdirda aniq hisoblanadi.
4-jadval
Olingan natijalarin solishtirish

Ko‘rsatkich nomi

Solishtirish, 0С

Chaqnash harorati

5

Alangalanish harorati

8



3-Laboratoriya ishi
Neft mahsulotlarini tozalshda adsorbentlar olish

Gaz yoki suyuq, faza tarkibidagi bir yoki bir necha komponentlarni qattiq jism (adsorbent) yordamida yutilish jarayoni adsorbsiya deb ataladi. Gaz yoki suyuq faza tarkibida bo‘lib, adsorbsiya paytida yutilayotgan modda adsorbtiv deb yuritiladi. Adsorbent tarkibiga yutilib bo‘lgan modda esa adsorbat deyiladi. Adsorbsiya jarayoni sanoatda gazlarni tozalalash va quritish, eritmalarni tozalash va tindirish hamda gaz va bug‘lar alashmalarini ajratish uchun ishlatiladi. Masalan, havo va boshqa gazlar aralashmalaridan uchuvchan erituvchilarni ajratish, ammiakni kontakt apparatiga berishdan oldin tozalash, tabiiy gazni quritish, koks gazidan aromatik uglevodorodlarni ajratish, plastmassa va sintetik kauchuk ishlab chiqarishlarida adsorbsiya keng ishlatilmoqda. Bu usul yordamida xomashyo va mahsulotlarning sifatini xam yaxshilash mumkin. Sanoat gazlarini SO2, CS2, NO2, NO va boshqa shu kabi birikmalarni adsorbentlar yordamida tozalash atrof muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi.


Adsorbsiya jarayonlari odatda desorbsiya jarayonlari bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Adsorbent tarkibidagi yutilgan moddani ajratib chiqarish va uni adsorbsiya jarayonida qaytadan ishlatish desorbsiya deyiladi. Qattiq jismning yuzasiga ta’sir qilayotgan kuchlarning tabiatiga ko‘ra adsorbsiya ikki xil bo‘ladi: fizik adsorbsiya va xemosorbsiya. va boshqa shu kabi birikmalardek adsorbentlar yordamida tozalash atrof muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladi. Adsorbsiya jarayonlari odatda desorbsiya jarayonlari bilan chambarchas bog‘langan bo‘ladi. Adsorbent tarkibidagi yutilgan moddani ajratib chiqarish va uni adsorbsiya jarayonida qaytadan ishlatish desorbsiya deyiladi. Qattiq jismning yuzasiga ta’sir qilayotgan kuchlarning tabiatiga ko‘ra adsorbsiya ikki xil bo‘ladi: fizik adsorbsiya va xemosorbsiya.
Fizik adsorbsiya molekular kuchlarning o‘zaro ta’sir etishiga asoslangan. Xemosorbsiya esa kimyoviy kuchlarning o‘zaro ta’sirlanishi orqali yuz beradi. Yutilish jarayonlari qatoriga ion almashinish ham kiradi. Ion almashinish qattiq jism va suyuqlik o‘rtasida yuz beradigan murakkab diffuzion jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda qattiq jism (ionit yoki ion almashtirgich) o‘zining tarkibidagi ionlarni eritmadagi tegishli ionlar bilan almashtiradi. Masalan, tabiiy birikmalar qatoriga kirgan alyumosilikatlarning kristall panjarasi tarkibidagi К, Na, Са metall ionlari eritmada bo‘lgan boshqa kationlar bilan o‘rin almashinishi mumkin. Shunday qilib, eritma tarkibidan ajratib olinishi lozim bo‘lgan ion adsorbentda yutiladi va so‘ngra regeneratsiya yo‘li bilan ajratiladi. Suyuqlik aralashmalarini ion almashinish yo‘li bilan ajratish kimyo, neft kimyosi, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalarda ishlatilmoqda.
Sanoat miqyosida ishlatiladigan adsorbentlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
1) tanlovchanlik - aralashma tarkibidagi tegishli komponentni yutib olish va boshqa komponentlarga esa ta’sir qilmaslik;
2) maksimal adsorbsion hajm yoki aktivlik - adsorbentning massa yoki hajm birligida yutilgan adsorbtivning miqdori;
3) adsorbentni regeneratsiya qilish paytida yutilgan moddaning to‘la ajralib chiqishi;
4) adsorbent granulalarining kerakli mustahkamlikka ega bo‘lishligi, chunki granulalarning buzilib ketishi jarayonning gidrodinamik holatini yomonlashtiradi;
5) yutilayotgan moddalarga nisbatan kimyoviy inertlikka ega bo‘lishlik;
6) narxi arzon.
Adsorbentning tanlovchanligi va uning adsorbsion hajmi adsorbent va adsorbtivning tabiatiga va molekulalarining tuzilishiga bogliq bo‘ladi.
Bunda adsorbentning solishtirma yuzasi (massa yoki hajm birligidagi adsorbentning yuzasi) va adsorbent g‘ovaklarining o‘lchamlari muhim ahamiyatga ega. Bu ikkala kattalik bir-biri bilan uzviy bog‘langan. G‘ovaklarning o‘lchamlari qanchalik kichik bo‘lsa, adsorbentning solishtirma yuzasi shunchalik katta bo‘ladi. Bu holat adsorbent aktivligini kuchaytiradi. Adsorbentning aktivligi adsorbsiya jarayonining shart-sharoitlari (temperatura, bosim, adsorbtivning muhitdagi konsentratsiyasi)ga ham bog‘liq, bo‘ladi. Temperaturaning kamayishi, bosimning ko‘payishi (gaz va bug‘lar uchun) va aralashmadagi kerakli komponentlar konsentratsiyasining ortishi bilan adsorbentning aktivligi kuchayadi. Adsorbentlar zarracha ichidagi kapillyar kanallarining kattaligiga qarab shartli ravishda makro-, oraliq va mikrog‘ovakli bo‘ladi.
Sanoatda adsorbent sifatida aktivlangan ko‘mir, kattiq, g‘ovaksimon moddalar, silikagel, sellyuloza, seolitlar, tuproq jinslari, ion almashinuvchi sun’iy smolalar (ionitlar) ishlatiladi. Aktivlangan ko‘mirlar va har xil organik xomashyolar (yog‘och, toshko‘mir, qipiq hamda teri, qog‘oz va go‘sht ishlab chiqarishlari qoldiqlari) ni quruq haydash va so‘ngra bug‘ yoki kimyoviy reagentlar ta’sirida qayta ishlash natijasida olinadi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling