1- laboratoriya ishi


Download 1.08 Mb.
bet16/35
Sana29.10.2023
Hajmi1.08 Mb.
#1732870
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35
Bog'liq
1-лаборатория иши

Ionitlar tabiiy va sun’iy holatda anorganik va organik birikmalar tarzida bo‘lishi mumkin. Sanoatda ko‘pincha zarrachalari sferik shaklda bo‘lgan ion almashinuvchi smolalar (ionitlar) issiqlik va gidroelektrostansiyalarda suvlarni yumshatish hamda qand sharbatini har xil ionlardan tozalashda, sanoatning chiqindi suvlaridan qimmatbaqo moddalarni ajratib olishda va boshqa maqsadlarda keng ishlatiladi. Ionitlar yuqori molekulali polimer birikmalar bo‘lib, o‘z tarkibidagi harakatchan ionlarini ekvivalent miqdorda elektrolit eritmalaridagi ionlarga almashtirib, eritmadagi bir xil zaryadli ionlarni yutish qobiliyatiga ega bo‘lgan adsorbentlar xisoblanadi. Ionitlar amaliy jihatdan suvda va oddiy eritmalarda erimaydi. Ionitlar aktiv gruppalarining, ya’ni harakatchan ionlarining kislotali va asosli bo‘lishiga qarab ikki turga: kationitlar va anionitlarga bo‘linadi. Kationitlar harakatchan ionlarini kationlarga, anionitlar esa anionlarga almashtiradi. Bundan tashkari amfoter xususiyatga ega bo‘lgan ionitlar ham bo‘lib, bular bir vaqtning o‘zida (sharoitga qarab) o‘zining harakatchan ionlarini kationga yoki anionga almashtirishi mumkin. Ionitlar ion almashinuv sig‘imiga, eritmalardagi ionlarni tanlab yutish xususiyatiga ega hamda mexanik mustahkam va kimyoviy barqaror bo‘ladi. Sanoatda ionitlar turli shaklda – kukun, dona, granula, ip, plyonka holatida ishlab chiqariladi. Katta donali ionitlarning o‘lchami 0,3-2,0 mm, kukun holatidagi ionitlarning o‘lchami 0,004-0,07 mm bo‘ladi. Katta donali ionitlar ishlatilganda zich qatlamning balandligi 1-3 m, kukunsimon bo‘lganda esa 0,003-0,01 m gacha boradi.
Seolitli katalizatorlar. Seolit katalizatorlari polivalentli kationli (yoki dekationlangan) shaklda neorganik va organik reaksiyalarda: kreking, gidrokreking, izomerizatsiya, alkillash, gidridlash, degidratsiyalash, oksidlash va boshqalarda ishlatiladi. Ayrim hollarda ular promotorlarsiz va boshqa hollarda aktiv komponentlarni yutdirilgan shaklda ishlatiladi. Seolitli katalizatorlar issiqlikka turg‘un va ular zaharlar: oltingugurtli va azotli birikmalariga chidamli, undagi metallar jihozlarni korroziyaga uchratmaydi, chunki undagi metallar yuvilib chiqmaydi.Seolitlarning rivojlangan yuzasi (800 m2/g gacha), kation almashishga bo‘lgan xususiyati, yuqori mexanik mustahkamligi, uni aktiv katalizator tayyorlashda yoyuvchi sifatida keng qo‘llanishiga imkon beradi.Hamma tabiiy va sintetik seolitlar, asosan, alyumosikatlardan iborat bo‘lib, tarkibida ishqoriy va ishqoriy-er metallarining oksidlaridan tashkil topib, ularning asosiy farqi, undagi g‘ovakli tuzilishi bo‘lib, oddiy sharoitda suv molekulalari bilan to‘lgan bo‘ladi. Extiyot bo‘lib seolitni qizdirilganda suv bug‘lari chiqib ketadi, lekin seolitni holati buzilmaydi. Bu bilan seolit so‘zini grekcha ma’nosi kelib chiqadi. "seo" va "lit", ya’ni qaynayotgan tosh. Seolit skeletlarini tuzilishi karkasi, undagi ko‘plab bo‘shliq uyalardan iborat bo‘lib, o‘zaro kichik teshikchalar bilan bog‘lanadi. 1 g seolitda 3·1020 ta bo‘shliqlar bo‘ladi, shuning uchun ularni avvallari «Molekulyar elak» deb atashgan. Katalizda eng ahamiyatli seolitlar-kristall alyumosilikatlarning A,X,U turlari bo‘lib, u uch tomonlama skeletli mustahkamdir. Seolitni umumiy formula bilan yozsak
M2/nO·Al2O3·xSiO2 yH2O
bunda, n - M-metallning (kationning) valentligi;
x-SiO2:Al2O3 -mollar nisbati;
y-suvni mollar soni.
x ning qiymati seolitning tuzilishi va xossalarini belgilaydi. A turdagi seolitlarda x=2 bo‘lsa, X-turdagi seolitlarda x = 2,2:3 va U-seolitlarida x-3,1:5,0 bo‘lib, sintetik seolitlarda x=10 gacha bo‘lishi mumkin. Katalitik jarayonlarida x=2,8 :6,0 bo‘lgan seolitlar ishlatiladi.

Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling