1- laboratoriya ishi
Download 1.08 Mb.
|
1-лаборатория иши
Aktivlangan ko‘mirning asosiy ko‘rsatkichlari ularning turiga qarab quyidagi chegaralarda o‘zgaradi: solishtirma yuza 600-1700 m/g, mikrog‘ovaklarning hajmi 0,3-0,6 см3/г, qo‘yilgan zichlik 380-600 кг/м3 Bunday ko‘mirlar o‘lchami 1-7 mm ga teng bo‘lgan granula yoki o‘lchami 0,15 mm dan kam bo‘lgan kukun xolatida ishlatiladi. Aktivlangan ko‘mirning tarkibi bir xil, yaxshi regeneratsiya qilinish qobiliyatiga ega, shu sababdan bunday adsorbentlarni ko‘p marotaba ishlatish imkoniyati mavjud. Biroq kamchiliklardan holi emas: narxi qimmat, yonuvchan. Aktivlangan ko‘mir havoda 300°С temperaturada yonadi. Ko‘mir changlari esa temperaturada yonadi. Ko‘mir changlari esa 200°С yaqin temperaturada yonadi va konsentratsiyasi 17-24 g/sm3 bo‘lsa, havodagi kislorod bilan portlovchi birikma hosil qiladi.
Kremniy ikki oksidini termik va kimyoviy qayta ishlash yo‘li bilan silikagellar nomli adsorbentlar olish mumkin. Silikagellarning g‘ovaklik darajasi ancha katta: solishtirma yuzasi 300-750 m2/g; g‘ovaklarning hajmi 0,28-0,9 sm3/g; qo‘yilgan zichlik 500-800 kg/m3. Bu adsorbent bir qator muhim afzalliklarga ega: silikagelni olish jarayonida xohlagan tarkibga erishish mumkin; regeneratsiya past temperatura (100-200 oС) da olib boriladi; yonish qobiliyatiga ega emas, mustahkam, tannarxi kam. Ko‘p ishlatiladigan adsorbentlar qatoriga alyumogel ham kiradi. Bunday adsorbent mineral xomashyo hisoblangan alyuminiy gidroksidini termik qayta ishlash natijasida olingan alyuminiyning aktiv oksidi (yoki alyumogel) deb yuritiladi. Alyumogel silikagellarga nisbatan g‘ovaklarning kam solishtirma yuzasiga ega (180-200 m2/g), boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha alyumogel silikagellarga yaqin keladi. Adsorbentlar sifatida seolitlar ham ko‘p ishlatiladi. Bunday adsorbentlar tarkibida ishqor va ishqoriy-yer metallarning oksidlarini tutgan alyumosilikatlar hisoblanadi. Seolitlar yuqori tanlovchanlikka ega. Seolitlar suyuqliklarni tozalash uchun mayda kristall kukun sifatida, gazlarni tozalash uchun esa sharsimon yoki granulalar holida ishlatiladi. Ba’zi seolitlarning g‘ovaklari juda ingichka bo‘lib, ularning kattaligi yutilayotgan modda molekulalarining kattaligiga teng bo‘ladi. Bu xildagi seolitlar molekular elak sifatida, ya’ni o‘lchamlari g‘ovaklarining kattaligidan kichik bo‘lgan molekulalarni yutish uchun ishlatiladi. Seolitlarning suvni yutish qobiliyati katta bo‘lgani sababli ular gazlarni quritishda hamda suyuqlik va gazlarni tozalash uchun ishlatiladi. Seolitning tarkibiga yutilgan suv juda harakatchandir, bu suv qizdirish orqali yo‘qotiladi va bu adsorbent soviganidan so‘ng qaytadan suvni yutish qobiliyatini tiklaydi. Seolit donachalarining kattaligi 2-5 mm, quyilish zichligi esa 600-800 kg/m3 bo‘ladi. Seolitlarning yutish qobiliyati g‘ovaklarning solishtirma yuzasi bilan emas, balki g‘ovaklarni adsorbat bilan xajmiy to‘ldirish qiymati bilan belgilanadi (0,2-0,25 sm3/g). Sanoatda eritmalarni har xil pigmentlardan tozalash uchun adsorbent sifatida tuproq jinslari ham ishlatiladi. Tuproq jinslari tabiatda ko‘p tarqalgan bo‘lib, narxi arzon, quyilish zichligi 400-450 kg/m3. Tuproq jinslarining solishtirma yuzasi boshqa sanoatda ishlatiladigan adsorbentlarga nisbatan ancha kichik. Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling