1- laboratoriya mashg‘uloti. Mavzu: Kompyuter qurilmalarini diagnostika qilish


Download 323.32 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana17.12.2022
Hajmi323.32 Kb.
#1025894
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-laboratoriya mashg\'uloti



1- Laboratoriya mashg‘uloti. 
 
Mavzu:
Kompyuter qurilmalarini diagnostika qilish.
 
Ishning maqsadi: 
a) talabalarga shaxsiy kompyuterning qurilmalariga texnik xizmat ko’rsatish 
va asbob-uskunalar haqida ma’lumotlar berish. 
b) talabalarda kompyuterning qurilmalarni o’rnatish ko‘nikmasini hosil qilish. 
Керакли jihozlar: 
asbob-uskunalar

kompyuter, mavjud qo’shimcha 
qurilmalar va multimediali taqdimot.
 
Nazariy qism:
Kompyuter asboblari va qurilmalari. 
Kompyuter tizimlarini tamirlash va ularga xizmat ko`rsatish bo`yicha 
ishlaydigan har bir mutaxassis ixtiyorida elektr asboblari komplekti mavjud bo`ladi. 
Xizmat ko`rsatish ishlarining ko`pchiligini katta miqdordagi asboblarsiz amalga 
oshirib bo`lmaydi. Aynan shuning uchun ham elektr asboblari bozori rusum va 
modellarning rang-barangligi bo`yicha faqat kompyuter texnikasi bozori bilangina 
qiyoslanishi mumkin. elektr asbobining uzoq muddatga sotib olinishini, ulardan
foydala-nish sharoitlari esa ekstremal holatlarga yaqinligini etiborga olsak, eng 
maqul keladigan modelni tanlash unchalik oson emasligi ma’lum bo`ladi. 
Bu ishda eng ko`p tarqalgan xato – asbobning ko`p vazifali bo`lishiga ortiqcha 
intilishdir. Ishlab chiqaruvchilarning aksariyati o`zlari chiqarayotgan elektr 
asbobning ko`p maqsadlarda qo`llanadigan gilib yaratishga harakat qiladilar. 
Odatda, bunday asbob o`zining asosiy vazifalaridan tashqari yana bir necha 
qo`shimcha vazifani bajara oladi. Bunda shuni ham nazarda tutish kerakki, mazkur 
vazifalarni asbobning boshqa turlarini qo`llab ham bajarish mumkin. 
Biroq, asbobning bir necha vazifani bajara olishi hali uning universalligini 
bildirmaydi. Zero, turli amallar turlicha quvvat sarflanishini talab etadi. Asbobdan 
uning imkoniyatlari chegarasida foydalanish yoki asbobga ortiqcha kuch berish esa 
uning tezda buzilishiga hamda ishlab chiqaruvchi va sotuvchi tashkilotdan mutlaqo 
asoslanmagan holda hafsalaning pir bo`lishiga olib keladi. 
Ikkinchi tomondan asbob tanlanayotgan paytda uning tuzilishiga xos muhim 
jihatlari etibordan chetda qoladi. Ko`pchilik hollarda bu xaridorlarda axborotning
yetarli emasligi va sotuvchining malakasizligi tufayli sodir bo`ladi. Asbob sotib 
olinayotganda, avvalam bor uning tashqi ko`rinishi (korpusning ergonomik shakli
vaznining sizga mosligi, boshqaruv organlarining qulayligi, zarbaga bardoshliligi, 
elektr xavfsizligi, qo`shimcha tutgichlar hamda chuqurlikni ko`rsatuvchi belgilar 
borligi va boshqalar)ga ahamiyat berish lozim. So`ngra elektr asbobning konstruktiv 
xususiyatlari, bajariladigan vazifalar to`plami va tavsifini batafsil tahlil qilib
tanishib olish zarur. Chunki undan uzoq vaqt va samarali foydalanish aynan mana 
shularga bogliqdir. 
Quyida elektron jihozlar bilan ishlash uchun zarur asboblarning uncha katta 
bo`lmagan ro`yxati, shuningdek, ulardan namunalar va asboblarning mahsus 
vazifalari haqida malumotlar keltirilgan: 
1. Buragichlar (otvyortkalar) to`plami. 


2. Yassi jag`li omburlar va h.k. 
3. Yon tomonlarni kesuvchi (izolyatsiyani ko`chiruvchi) qaychilar. 
4. Qirquvchi omburlar. 
5. Elektr o`lchov asboblari. 
6. Siquvchi asbob. 
7. Kabel testeri. 
8. Izolyatsiyalovchi material. 
9. Shurup burovchi asbob. 

Download 323.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling