Кursning maqsadi: turli mashinalar uchun bir xil bo’lgan detallarni hisoblashda va loyihalashda zamonaviy usullarni, qoidalarni takomillashtirish, muhandislik tafakkurini rivojlantirishdir (boltlar, gaykalar, vallar, tishli g’ildiraklar, muftalar va boshqalar). - Кursning vazifalari: detallarning mashinadagi ishlash sharoitlarini hisobga olgan holda hisoblash va loyihalash malakalarini singdirish, materiallarni to’g’ri va aniq tanlash, detal rasmini, aniqlik darajasini va yuzaning ishlanish sifatini to’g’ri belgilash, bikrlikka, ustuvorlikka, ishqalanishga va yeyilishga, zanglashga bardoshlilik va chidamlilikka hisoblashni o’rgatishdir.
- Mexanika (Mashina detallari) kursi matematika, fizika, nazariy mexanika, metallar texnologiyasi, materiallar qarshiligi, mashina va mexanizmlar nazariyasi, materialshunoslik, mashinasozlik chizmachiligi, iqtisod, sanoat dizayni va badiiy konstruksiyalash, metallar zanglashi kabi bir qator fanlarga chambarchas bog’likdir.
- Buni quyidagi misolda tushuntirish mumkin. Ba’zi mashinalar yoki mexanizmlar yuqori bosim ostida, tajovuzkor muhit ta’siri ostida (bu asosan kimyoviy apparatlarda, yuqori bosim ostida ishlovchi qozonlarda, nasoslarda, chorvachilik va meliorativ texnikada, gidroelektr stansiyalarning generatorlarida uchraydi), ba’zilari esa yuqori harorat, bo’shliq, radiasiya ostida ishlatiladi. Кo’p hollarda mashinalarning ishonchliligini aniqlashda etakchi omil e’tiborga olinadi. Bunda ta’sir qilayotgan boshqa omillar ikkilamchi deb qaraladi.
- Shuning uchun ham mashinalarni loyihalashda va hisoblashda ularning konstruksiyasini qulaylashtirish usullari ishlatiladi.
- Mashina detallari materiallari esa quyidagi talablarga javob berishi lozim: arzon; oson topiladigan; mashina yoki detalning ish sharoitiga mos keladigan va iloji boricha yuqoridagi talablarga to’liq javob beradigan. Mashina uchun detal tayyorlanganda materialning turli xossalari e’tiborga olinadi. Materialning mexanik xossalariga mustahkamlik, rasm o’zgarishiga moyillik, elastiklik, oquvchanlik chegarasi, nisbiy cho’ziluvchanlik va zarbiy qovushqoqlik kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |