1- ma’ruza Kirish. Mashina detallari fani haqida umumiy ma`lumotlar. Mashina ishonchliligi haqida tushunchalar. Ruxsat etilgan kuchlanishlarni aniqlash. Mashina detallaridagi mahalliy kuchlanishlar. Mustahkamlik zahirasi koeffitsiyentlari


Download 1.16 Mb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi1.16 Mb.
#1006997
  1   2   3   4
Bog'liq
1-маъруза.

  • 1- ma’ruza
  • Kirish. Mashina detallari fani haqida umumiy ma`lumotlar. Mashina ishonchliligi haqida tushunchalar. Ruxsat etilgan kuchlanishlarni aniqlash. Mashina detallaridagi mahalliy kuchlanishlar. Mustahkamlik zahirasi koeffitsiyentlari. Mashina detallarining kontakt mustahkamligi. Mashina detallarining ishonchlilik qobiliyati va hisoblash mezonlari.
  • 2- soat
  • Mashinasozlik sanoat va qishloq xo’jaligining taraqqiy etishi uchun zarur bo’lgan texnikaviy baza yaratadi. Shunday ekan, har bir ishchi, muhandis hamda olimning vazifasi zamonamiz talabiga to’la javob beradigan, yuqori unumli, mustahkam va foydali ish koeffisiyenti yuqori bo’lgan yangidan-yangi mashinalar yaratishdan iborat. Buning uchun mashinalar loyihalashda ular detallarining mumkin qadar yengil, yetarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli, tuzilishi oddiy, ishlatilishi qulay va xavfsiz, shuningdek, davlat standartlarida qo’yilgan talablarni to’la qondiradigan bo’lishiga erishish kerak. Bundan tashqari, detallar ishdan chiqqanda yangisiga tez va oson almashtiriladigan bo’lishi ham zarur.
  • Tabiiyki, bunday vazifani yuqori malakali mutaxassislargina hal qila oladi. Ana shunday mutaxassislar tayyorlashda Mexanika (Mashina detallari) fani alohida o’rin tutadi.
  • Mashina - bir qancha detallardan tuzilgan bo’lib, ma’lum ish bajarish, quvvatni bir turdan boshqa turga aylantirish, foydali qarshilikni engish, dasturlangan nazorat yoki akliy faoliyat uchun mo’ljallangan mexanizmdir.
  • Har bir mashina uch guruh mexanizmdan tuzilgan: harakatlantiruvchi, uzatuvchi va ijro etuvchi.
  • Mexanizm - ko’zda tutilgan harakatni uzatish uchun sun’iy yo’l bilan biriktirilgan oddiy zvenolarning tizimidir (kulisali, kulachokli, friksion, krivoshipli, richagli va boshqalar).
  • Detal - mashinaning bir xil materialdan tayyorlangan va ayrim bo’laklarga ajralmaydigan qismidir (val, gayka, shponka va boshqalar).
  • Uzel - mashinaning ma’lum bir vazifani bajarish uchun mo’ljallangan va bir nechta detaldan tuzilgan qismidir (reduktor, mufta, podshipnik va boshqalar).
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling