1- ma’ruza. Kirish. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari. Reja


Download 154.48 Kb.
bet37/44
Sana09.06.2023
Hajmi154.48 Kb.
#1473401
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44
Bog'liq
1- Ma\'ruza. Kirish. O\'sish va rivojlanish qonuniyatlari

Oliy nerv faoliyati. Bosh miya yarim sharlari va ularning po`slog`i markaziy nerv sistemasining yuqori qismi bo`lib hisoblanadi. Odamning xulqi, idroki, fikrlashi, ongi va barcha ruxiy hususiyatlari oliy nerv faoliyati bo`lib, u bosh miya yarim sharlari va ular po`slog`ida joylashgan nerv markazlarining normal funktsiyasiga bog`liq. Odamning oliy nerv faoliyati murakkab reflekslar orqali namoyon bo`ladi. Bu reflekslar odamning tashqi muhit bilan bog`lanishini, uning har xil sharoitga moslashuvini ta'minlaydi. Odamning barcha ixtiyoriy harakatlari , fikrlashi va ruhiy xolatlari reflekslar orqali sodir bo`lishini mashhur rus fiziologi I.M.Sechenov 1863 yilda yozgan “Bosh miya reflekslari” deb nomlangan kitobida birinchi bo`lib ko`rsatdi . Uning reflekslar haqidagi fikrini taniqli olim I.P.Pavlov yanada rivojlantirib, shartli reflekslar haqidagi taminotni yaratdi . U odamning oliy nerv faoliyati shartli reflekslar orqali namayon bo`lishini isbotlab berdi.
Sangvinik: Bo‘lar-bo‘lmas narsalarga qattiq xaxolab kulaveradi. Muhim bo‘lmagan fakt qattiq jahlini chiqaradi. Tetik va zo‘r qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Diqqatini tez bir joyga to‘playdi. Aktivligi yuksak, juda g‘ayratli va ishchan, toliqmasdan uzoq vaqt ishlashi mumkin, yangi ishlarga g’ayrat bilan kirishadi. Uni intizomga chaqirish oson. U o‘z hissiyotlarini ixtiyorsiz harakatlarini tez ushlab qola oladi. Nutqi tez, yangi ishga tezlik bilan kirishadi. Aqli tez ishlaydi, topqir. Hissiyotlari, kayfiyatlari, qiziqishlari va intilishlari juda o‘zgaruvchan. Yangi sharoitga osonlik bilan o‘rganadi. Bir ishdan ikkinchi ishga tez ko‘cha oladi. ekstrovertlik xususiyatiga ega.
Xolerik: O‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, behalovat, serzarda, jizzaki. Insonlar bilan munosabatda keskin va shartaki. Muammoni echimini topa oladigan, bir maromda ishlamaydigan, tavakkalchi. Zo‘r qatiylikka ega, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga etkazadi, ammo unga qiziqsa.
Flegmatik: Hissiy o‘zgaluvchanligi oz, kuldirish, jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Katta kыngilsiz hodisa yuz berganda ham osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, g‘ayrati, ishchanligi, chidamliligi, matonati, o‘zini tuta bilishi bilan ajralib turadi. Faolligi, harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan to‘playdi. Diqqatini qiyinchilik bilan ko‘chiradi. Yangi sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert.
Melanxolik: Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust. O‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, qo‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib qo‘ya qoladi. G‘ayratsiz qatiy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Introvertlik xususiyatiga ega.
I.P.Pavlov ko’p yillik ilmiy kuzatishlar asosida miyaning nerv hujayralardagi qo’zg’alish va tormozlanish jarayonlarning kuchiga, tarqalish tezligiga va ularning bir –birga munosabatiga ko’ra odam oliy nerv faoliyatini 4 tipga bo’lgan edi .

Download 154.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling