1- ma’ruza. Kirish. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari. Reja


Download 154.48 Kb.
bet1/44
Sana09.06.2023
Hajmi154.48 Kb.
#1473401
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
1- Ma\'ruza. Kirish. O\'sish va rivojlanish qonuniyatlari


1- Ma’ruza. Kirish. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari.
Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi.
Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi.
Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari.
Reja:
1. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Organizm va muhit. O’sish va rivojlanish. Akseleratsiya
2. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi
3. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi
4. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari

Tayanch so’zlar: Organizm va muhit. O’sish va rivojlanish. Akseleratsiya va retardatsiya. Prenatal va postnatal davrlar. Kritik va sensitiv davrlar. Skeletning umumiy tuziliShi. Bosh suyagi. Umurtqa pog’onasi. Ko’krak qafasi. Qo’l-oyoq skeleti. Bo’g’inlar. Bo’g’inlarning xillari. Skolioz, lordoz, kifoz, yassi oyoqlik, osteoporoz. Skelet, muskul, umurtqa pog`onasi, skolioz, lordoz, kifoz, muskul ishi, jismoniy charchash. Nerv, neyron, qo`zg`alish, tormozlanish, bosh va orqa miya, shartli va shartsiz refleks, ichki va tashqi tormozlanish. signal, birinchi va ikkinchi signal, tip, xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik.


O’sish va rivojlanish va rivojlanish qonunyatlari: Bolalarni to'g'ri tarbiyalash uchun ular organizmining o'sishi va rivojlanishi kabi asosiy xususiyatlarini bilish zarur. O'sish va rivojlanish barcha tirik organizmlar kabi odam organizmiga xos xususiyatdir. Organizmning har tomonlama o'sishi va rivojlanishi uning paydo bo'lgan vaqtidan boshlanadi. Bu ikki jarayon murakkab hisoblanib, bir butun va bir-biriga bog'langandir.
O'sish deganda tana hujayralarining ko'payishi natijasida tirik organizm o’lchamlarining ortishi, ya’ni bo'yning cho'zilishi, og'irlikning ortishi tushuniladi.
Bola ma’lum yoshgacha to'xtovsiz, ammo o'sish davrida ayrim tana qismlarining nomunosib o'sishi (bosh, oyoq, qo'l suyaklari, ko'krak qafasi va qorin bo'shlig'i ichki organlari) turli yoshda har xil jadallikda bo’lishi mumkin, shunga qaramasdan barcha to'qima va hujaylarda ya’ni organlarda o'sish bir vaqtda, ayollarda o'rtacha 18-19 yoshgacha, yigitlarda 19-20 yoshgacha tugallanadi.
O'sish qatorida hujayrada ularning bajaradigan vazifasining ortishi jarayoni kuzatiladi. Bu rivojlanish jarayonidir. Rivojlanish deganda o'sayotgan organizm to'qima, hujayra va organlarining shakllanishi, ya’ni bola organizmi hujayralarining takomillashib, o'smirlik va yetuk yoshdagi odamlarga xos bo’lgan bir muncha murakkab tizimlarga ega bo'lishiga aytiladi. Bunga, voyaga yetgan davrdan boshlanadigan qarish jarayonlari ham kiradi va qoidaga binoan, organizmni qayta rivojlanishi boshlanadi.
Rivojlanish jarayoni a’zolar va ularning tizimlari faoliyatini funksional differensiyalanishi va takomillanishida namoyon bo'ladi. Masalan, markaziy asab tizimining reflektor faoliyatini ichki kortikal aloqalarni, yurak-tomir, ovqat hazm qilish, tayanch-harakatlanishi va boshqa tizmlarning murakkablashuvi va rivojlanishi hisobiga takomillashuvida bilinadi.
O'sish va rivojlanish tirik materiyaning umumiy biologik xususiyatlari hisoblanadi, uzluksiz ilgarilovchi jarayon ko'rinishida bo'ladi. U yoki bu fiziologik tizimlarning tuzilishida yoki faoliyatida yoshga oid xususiyatlarning mavjudligi, bola organizmini alohida yoshga oid davrida to'laqonli rivojlanganligini ko'rsat maydi. Aynan shunday o'ziga xos xususiyatlar majmui u yoki bu yosh davrini tavsiflaydi.
Organizm o'sishi va rivojlanishida barcha etaplarni bolalik, o'smirlik, yoshlik, yetuklik davrlarini bosib o'tadi. O'sish bu organizmning miqdor ko'rsatk ichi rivojlanish esa sifat ko'rsatkichi bo'lib, bu ikki jarayon notekislik ya’ni geteroxroniya, uzluksizlik va akseleratsiya jarayonlari asosida yuzaga chiqadi.

Download 154.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling