1- ma’ruza. Kirish. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari. Reja


Download 154.48 Kb.
bet8/44
Sana09.06.2023
Hajmi154.48 Kb.
#1473401
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44
Bog'liq
1- Ma\'ruza. Kirish. O\'sish va rivojlanish qonuniyatlari

Organlar sistemasi. Bir xil vazifani bajaruvchi bir nechta organlar yigindisi organlar sistemasi deyiladi. Masalan, nafas organlari sistemasi: burun, halqum, hiqildoq, traxeya, bronxlar hamda o ‘ng va chap o‘pkalardan tashkil topgan; yurak-qon tomirlar sistemasi: yurak, arteriya, kapillyarlar, vena va limfa tomirlari hamda tugunlaridan iborat.
Organizm butunligi. Yuqorida aytilganlardan malumki, odam organizmi murakkab biologik sistema bo’lib, u hujayralar, to'qimalar, organlar va organlar sistemasidan tashkil topgan. Odamda quyidagi sistemalar shakllangan bo’lib, ular doimo ishlab turadi: 1) tana negizini hosil qiladigan, tana qismlarining bir-biriga nisbatan harakatlanishi hamda organizmning fazoda harakatlanib borishini ta’minlab beradigan tayanch-harakat sistemasi; 2) atrofdagi muhitdan qonga kislorod yetkazib berish va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlaridan biri karbonat angidrid gazini organizmdan chiqarib yuborishni ta’minlovchi nafas sistemasi; 3) qon va limfa tomirlarida qon bilan limfa yurib turishini ta’minlab beradigan yurak-tomirlar sistemasi; 4) ovqatni o‘zlashtirib, hazm qilish uchun, shuningdek oziq moddalarning qon bilan limfaga so‘rilib o'tishi uchun xizmat qiluvchi hazm sistemasi; 5) moddalar almashinuvi mahsulotlarini organizmdan chiqarib turishni ta’minlab beruvchi ajratish (yoki chiqarish) sistemasi; 6) endokrin sistema, bu sistema bezlari organizm funksiyalarining gumoral yo'l bilan idora etilishida qatnashuvchi gormonlarni ishlab chiqaradi; 7) ko'payish funksiyasini ado etadigan va shu organizmlarning yashab qolishini quvvatlab turadigan jinsiy sistema; 8) tashqi dunyodan va organizmning ichki muhitidan keladigan ta’surotlarni idrok etuvchi sezgi organlari sistemasi; 9) barcha sistemalarning holati bilan faoliyatini idora etib boradigan nerv sistemasi. Organizm naqadar murakkab tuzilganligidan qat’iy nazar, uning barcha to'qima va organlari bir biri bilan uzviy bog'langan holda ishlaydi.
Organizm va muhit. Barcha organizmlar tashqi muhit sharoitiga moslashadi. Har xil organizmlar ma’lum tashqi muhit sharoitiga ko'nikma hosil qilgan, shuning uchun faqat ma’lum sharoitda yashashi va rivojlanishi mumkin. Organizm butun rivojlanish protsessida - uruglangan tuxum hujayradan to voyaga yetgunga qadar to'xtovsiz genotipning (organizmning o'ziga xos meros qilib olgan belgilari) nazorati ostida va tashqi sharoit ta’sirida bo’ladi. Xo'sh, odam o'ziga nimani meros qilib oladi? Odam o'zining butun «biofondini» meros qilib oladi, ya’ni butun organizmini ko'z, sochining rangini, organlar shaklini, nerv sistemasini, sezgi organlarni va boshqalarni meros qilib oladi, biroq, bola tugilganidan boshlab ijtimoiy muhit sharoitlarida o'sib, rivojlanib boradi, biologik va ijtimoiy omillarning o'zaro ta’siri natijasida o'ziga xos shaxsiy xususiyatlarga ega bo’lgan organizm shakllanadi, ular fenotipni belgilab beradi. Hayot jarayonida bola organizmi tashqi muhitning beto'xtov almashinib turadigan juda ko'p omillari ta’siriga duch keladi, bu omillar kasallik paydo qilmaydi, chunki organizm asab va gumoral boshqarish vositasida tashqi muhitga doimo moslashib boradi, organizm bilan tashqi muhit o'rtasida do’lmiy muvozanat saqlanib, bu holat yashash va sog'liqning zarur sharti hisoblanadi. Tirik organizm ma’lum bir joyda yashar ekan, unga o'sha joyning harorati, namligi, havo bosimi, yorug'ligi, radiatsiyasi, havosi va boshqa omillar ta’sir qilib turadi; har bir organizm uzoq yillardan beri ma’lum bir joyda yashab kelganligi tufayli u o'sha joyga moslashadi. Mashhur fiziolog olim I.M. Sechenev bu borada shunday degan edi: «Biron tirik organizm tashqi muhitsiz yashay olmaydi». Tashqi muhit omillari organizmga sezgi organlar (teri, eshitish, ko'rish, hid bilish, ta’m bilish) orqali ta’sir etib, markaziy nerv sistemasida bu ta’sirlar analiz va sintez qilinadi. Undan keyin ta’sir barcha to’qima va organlarga berilib, ulardagi fiziologik jarayonlar muayyan sharoitga moslashadi. Yuksak darajada rivojlangan organizmda tashqi muhitning noqulay ta’siriga qarshi to'qim a va organlarning fiziologik faoliyati do’lmiy bo'lishini ta’minlovchi moslanish ya’ni gomeostaz vujudga kelgan. Barqaror gomeostaz ko‘rsatkichlarga: tana haroratining do’lmiyligi, qon va to'qima suyuqligining osmotik bosimi, ular tarkibidagi kaliy, natriy, kalsiy, xlor ionlarning va qonda qand miqdorining doimiyligi kabilar kiradi. Albatta, organizm ichki muhitining do’lmiylhqi muhitning noqulay ta’siri natijasida bu muhitning doimiyligi o‘zgaradi. Lekin nerv -gumoral sistemaning boshqaruvchanlik vazifasi orqali bu doimiylik yana tiklanadi. Masalan, yoz oylarida havo harorati juda ko‘tarilib ketsa (40 gradusdan yuqori), organizm tanani sovutish choralarini ko'radi. Buning uchun ko'p ter ajratish bilan birga tanadagi issiqlik energiyasi ham tashqariga chiqariladi. Organizmning hujayra va to'qimalarida moddalar almashinuvi sekinlashib energiya hosil bo‘lishi kamayadi. Bu bilan organizm qizib ketishdan o'zini saqlaydi. Qish kunlarida esa bu jarayonning teskarisi bo'ladi. Terlash kamayib, to'qimalarda energiya ajratish ham susayadi, organizmda moddalar almashinuvi kuchayib, energiya hosil bo‘lishi ko'payadi. Bular natijasida issiq va sovuq sharoitda tana haroratining doimiyligi ta’minlanadi. Atrof-muhit tushunchasi keng ma’noli tushincha bo'lib, uchta omilni o‘z ichiga oladi: 1. Abiotik omil. 2. Biotik omil. 3. Ijtimoiy-iqtisodiy omil. Abiotik omillar tirik organizm jumladan inson organizmiga ta’sir etib, ulami hayotga moslashuvida muhim ahamiyatga ega. Bu omillarga fizik va kimyoviy omillar kiradi. M uhitning kimyoviy omillariga havo, suv, tuproq, oziq-ovqat tarkibidagi kimyoviy moddalar kiradi. Bular odamning me’yordagi hayot faoliyati va sog‘lig‘i uchun zarurdir. Biroq ular kasallik sababchisi ham bo‘lishi mumkin. Sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan chiqqan zaharli moddalar aholi orasida allergiya, nafas olish, oshqozon- ichak, yurak-qon tomir, nerv sistemasining har xil kasalliklari ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Havo harorati, namligi atmosfera bosimi, quyosh radiatsiyasi, shovqin, tebranish, elektromagnit, issiqlik, gravitatsion omillar fizik omillar hisoblanadi. Biologik omillarga mikrob, viruslar, gijjalar, zamburug'larni kirgizish mumkin. Ular nafas va ovqat hazm qilish yo'llari yoki teri orqali organizmga kirib yuqumli kasallik chaqiradi. Ijtimo’ly iqtisodiy omil o'z ichiga ijtimo’ly-ruhiy, demogrifik, milliy, etnik va iqtisodiy elementlarni oladi. Masalan, bularga yashash joy, o’lla va ish joydagi, o'quv korxonasidagi munosabatlar, turmush tarzi, ovqatlanish va ovqat tarkibi, dam olish, ishlash va boshqalar kiradi.
Bola jamiyatda yashaganligi uchun unga ruhiy omillar o'qituvchilar, ota-onalar, o'rtoqlari bilan bo'lgan o'zaro munosabatlar natijasi ta’sir ko'rsatadi. Demak, biologik va ijtimo’ly omillarning o'zaro ta ’siri natijasida o'ziga xos shaxsiy xususiyatlarga ega bo’lgan organizm shakllanadi. Xalq ho'jaligini mexanizatsiyalashtirish, avtomotizatsiyalashtirish, kimyolashtirish, urbanizatsiya, shovqin odamning kam harakatchanligi, biologik ritmning buzulishi, yuqori hissiy, ruhiy zo'riqish, stress holatlari. Havo, suv va tuproqning ifloslanishi, noto'g'ri ovqatlanish, dori-darmonlami ortiqcha iste’mol qilish, chekishning keng tarqalishi, spirtli ichim liklarni iste’mol qilish va giyohvandlik kabi om illar odam organizmiga ta’sir lco'rsatib, uning tashqi muhitga moslashish qobilyatini pasaytiradi. Bu esa turli xil kasalliklarning paydo bo'lishiga olib keladi. Tashqi muhitning odam organizmiga ta’siri R.D.Gabovich tavsiya qilgan 3-rasmda keltirilgan.

Download 154.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling