1- ma’ruza. Kirish. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari. Reja


Download 154.48 Kb.
bet44/44
Sana09.06.2023
Hajmi154.48 Kb.
#1473401
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
1- Ma\'ruza. Kirish. O\'sish va rivojlanish qonuniyatlari

Dars gigiyenasi. O`quvchilar o`quv ishining asosiy shakli dars bo`lib, u turlicha olib borilishi mumkin.
O`quvchilar aqliy mehnat qobiliyatining rivojlanishi, darslarni o`zlashti-rishlari, salomatliklari darslarni gigiyenik jihatdan qay darajada ratsional tashkil qilinishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Darsni to`g`ri tashkil qilishda birinchi navbatda uning davomliligi, tarkibi ( tuzilishi va mazmuni), dars o`tilgan joydagi (sinfdagi) asosiy gigiyenik talablarga rioya qilish nazarda tutiladi.
Dars davomiyligining o`quvchilar organizmiga ta'sirini o`rganishga bag`ishlab olib borilgan tajribalar shuni ko`rsatdiki, bolalar bosh miya po`stloq hujayralari faoliyatining susayishi boshlang`ich sinflarda dars boshlangandan 10-15 minutdan keyin, IV-VIII sinflarda 12-20 minut o`tgandan keyin, IX-XI sinflarda esa 25-30 minut o`tgandan keyin seziladi. Darslar hamma sinflarda 45 minut davom etadi. Fiziolog va gigiyenistlar birinchi sinf o`quvchilari uchun darsning davomiyligi 30-35 minutdan oshmasligi kerak deyishmoqda.
Belgilangan 45 minutlik darsning 25-30 minutida o`quvchining aktivligi sezilarli darajada pasayib, diqqati tarqoqlashadi, berilgan vazifani xato bajarish foizi ortadi. Tajribali o`qituvchilar yuqoridagi dalilni hisobga olib, bolaning diqqatini o`z vaqtida boshqa mashg`ulotlarni bajarishga - o`qishga, rasm solishga jalb qilishadi yoki fizkultura minutlari o`tkazishadi. Birinchi sinf o`quvchilari uchun o`qish va yozish davrining davomiyligi 7-10 minutdan oshmasligi, 4-sinf o`quvchilari uchun esa bu davr 17-20 minut bo`lishi kerak.
Tadqiqotlarning ko`rsatishiga, boshlang`ich sinflarda kun tartibini tuzishning eng maqsadga muvofiq shakli o`qitishning boshlang`ich yilida, birinchi yarim yillikda 3 tadan dars o`tilganda, ularning davomiyligi 30 minutdan, ikkinchi yarim yillikda 4tadan dars o`tilganda 35 minutdan iborat bo`lishi hisoblanadi.
Shunday qilib, darslarning davomiyligini va sonini asta-sekinlik bilan oshirib borish tavsiya qilinadi. Bunda bog`chadagi tarbiyaning maktabda boshlang`ich tarbiya bilan o`zaro bog`lanishi va muvofiq bo`lishi muhim ahamiyatga ega. Maktabda boladagi harakat tartibini cheklab qo`ymaslik kerak. Ular ochiq havoda ko`proq, bo`lishlari, serharakat o`yinlar bilan ko`proq mashg`ul bo`lishlari asab tizimini toliqtiruvchi sabablarga barham beradi.
Maktabda o`quvchilarning ovqatlanishini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Har kuni bitta o`qituvchi o`quvchilarning ovqatlanishidan oldin qo`l yuvishi, to`g`ri o`tirishi, ovqatni shoshilmasdan, yaxshilab chaynashi va boshqalarni kuzatib borishi kerak. Darsdan so`ng o`quvchilarni turli sabablar bilan olib kolaverish ularnng asabiga yomon ta'sir qiladi. Ularga dushanba kuni topshiriq bermaslik, shanba kuniga beriladigan uy vazifasi boshqa kunlarga nisbatan kam bo`lishi kerak.
Kuni uzaytirilgan, maktablarda o`quvchilar darsdan so`ng ovqatlanib, sof havoda dam oladilar va berilgan topshiriqlarni, sinfdan tashqari ishlarni, uy vazifalarini bajaradilar.
Sinf raxbarlari sinfdan tashqari ishlarni o`quvchilarning qiziqishi, yoshiga xos hususiyatlari va qobiliyatiga qarab taqsimlashi kerak. Ko`pincha jamoat ishlari to`g`ri taqsimlanmaydi, birorta aktiv o`quvchiga bir nechta jamoat ishi topshiriladi, boshqa birlari umuman jamoat ishiga jalb etilmaydi. Jamoat ishlari 1-5 sinf o`quvchilari uchun 3-4 s, 6-11 sinf o`quvchilari uchun 4-5 soatni tashkil etishi kerak.
Bolaga tashqi muhitning ta’siri. Bolalar va oʻsmirlar gigiyenasining bu qismida bolalar va oʻsmirlar muassasalari loyihasini tuzish va kurishda gigiyena tadbirlarini koʻzda tutish, jumladan ularni aholi yashaydigan joylarga qurish, xonalar yorugʻ va issiq boʻlishi, sanitariyatexnika inshootlari toʻgʻri qurilishi, toza havo, ichimlik suv hamda bolalar uchun moʻljallangan jihozlar bilan taʼminlanishi kerak.
Download 154.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling