1- ma’ruza. Kirish. O’sish va rivojlanish qonuniyatlari. Tayanch-harakat tizimining yoshga oid xususiyatlari va gigiyenasi. Nerv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi. Oliy nerv faoliyati va uning yoshga oid xususiyatlari. Reja


Fiziologiya va gigiyena fanlarining o’zaro munosabatlari


Download 154.48 Kb.
bet3/44
Sana09.06.2023
Hajmi154.48 Kb.
#1473401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
1- Ma\'ruza. Kirish. O\'sish va rivojlanish qonuniyatlari

Fiziologiya va gigiyena fanlarining o’zaro munosabatlari. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani biologiyaning mustaqil bir tarmog`i hisoblanib, ikkita alohida fanning birikmasidir. Bu fanlar o`zaro bir-birini to`ldiradi va yosh avlodni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani 1970 yildan boshlab pedagogika oliy o`quv yurtlarining o`quv rejasiga kiritildi. Yosh fiziologiyasi fiziologiya fanining bir qismi hisoblangan odam fiziologiyasida yangi ma'lumotlarning to`planishi natijasida mustaqil fan bo`lib ajralib chiqdi.
Yosh fiziologiyasi fani turli yoshdagi bolalar va o`smirlarning organizmlarida kechadigan o`sish va rivojlanish jarayonlarini, organlari, to`qimalari va tizimlarining o`ziga xos yosh xususiyatlarini o`rganadi.
Yosh fiziologiyasi o`rganadigan asosiy ob'ekt bolalardir. Yosh fiziologiyasi biologiya fanlari qatoriga kiradi, biologik fanlarga asosan sitologiya, gistologiya, odam anatomiyasi, odam fiziologiyasi, gigiyena, sanitariya, iqlimshunoslik kabi fanlar bilan aloqada. Maqsadi-yosh avlodning jismoniy va aqliy jihatdan uyg`un rivojlanishi, sog`lom hayot kechirish asoslarini aniqlashdan iborat. Vazifasi-o`sish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, bir butun organizm, uning tizimlari, organlari, to`qimalari va hujayralarini ishlash xususiyatlarini turli yoshga aloqador davrlarda aniqlash.
Yosh fiziologiyasi o`sib rivojlanib kelayotgan organizmning yoshiga oid morfologik xususiyatlari, nerv sistemasi, yurak-qon tomir, tayanch harakatlanish fiziologiyasi va rivojlangan organizmning xususiyatlari, kasalliklarning oldini olish, sog`likni saqlash kabi fiziologik jarayonlarni tushunib olishga yordam beradi. Shuningdek, yosh fiziologiyasi va gigiyena fani o`sib kelayotgan organizmdagi turli bosqichlarga xos bo`lgan funksional va psixologik xususiyatlarga etibor beradi. Shu asosida tashqi muhitning turli omillariga bo`lgan gigiyenik talab va normativlarini hamda bolalar va o`smirlarning normal funksional rivojlanish imkoniyatlarini yanada takomillashtirish tadbirlarini yo`lga qo`yishda muhim ahamiyatga ega.
Gigiyena grekcha “gigiyenos” so`zidan olingan bo`lib, “sog`lom” ma'nosini bildiradi. Gigiyena tashqi muhit omillarining odam salomatligiga ta'sirini o`rganadi. Gigiyena fani maktab gigiyenasi, mehnat gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, epidemologiya hamda gigiyenaga oid boshqa fanlarni o`z ichiga oladi.
Gigiyenaning asosiy maqsadi-odam organizmining jismoniy rivojlanishi, turli sharo’ltga moslashishi va boshqa xususiyatlarga ta'sir etish, bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash uchun sanitariya-gigiyena holatini yaxshilash hamda turli kasalliklarning oldini olish, soglomlashtirish chora-tadbirlarini ilmiy-amaliy jihatdan asoslangan holda ishlab chiqish.
Sanitariya-lotincha “sanitar”, sog'liq ma'nosini berib, u odam salomatligini ta'minlaydigan gigiyena talablarini hayotga tadbiq etadi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani bolalar va o`smirlarni tashqi muhit sharo’ltida o`rganadi, bunga esa morfologik va fiziologik usullarni qo`llash orqali erishiladi.
Gigiyenada tabiiy eksperiment usuli asosiy usul bo'lib, u organizmga tashqi muhitning har tomonlama ta'sirini o'rganadi.
Fiziologik, gigiyenik tadqiqotlardan olingan ma'lumotlar matematik usulda qayta ishlanib, dalillar yanada takomillashtiriladi. Tabiiy gigiyenik eksperiment usulida bola uchun tabiiy yashash sharo’ltida (dars soatlari, jismoniy mashqlar, sport va oddiy o'yinlar va hakozo) organizm va tashqi muhit o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik, tabiiy omillarning bola organizmiga ta'sirini kuzatib, shu yoshdagi bolalarga anatomo-fiziologik imkoniyatlariga qarab tegishli normalar belgilanadi.
Gigiyenaning asosiy vazifasi-bolaning har tomonlama barkamol bo'lib o'sishi va rivojlanishi, jismonan va ruhan yetuk bo'lishi, farovon hayot kechirishi uchun qulay sharo’lt yaratib berishdan iborat.
Gigiyena bir kishining shaxsiy ishi bo'libgina qolmay, davlat va jamoatchilik ishi ham ekanligini yoddan chiqarmaslik kerak. Gigiyenaning muhim bo`limlaridan biri shaxsiy gigiyenadir. Yoshlikdan boshlab, to umrining oxirigacha odam to'g'ri gigiyenik tavsiyalarga rioya qilsa, hamisha sog'-salomat bo'lib yuradi va uzoq umr ko'radi. Sog'lom ota-onadan sog'lom bola tug'ilishi azaldan ma'lum.
Agar inson sog'ligini 100% deb qaralsa, uning 50% i turmush tarziga, 20%i tashqi muhit sharo’ltiga, 20%i naslga, 10%i tibbiy yordamga tegishlidir. Demak, sog'liqni asrashda eng asosiy omil insonning qanday hayot kechirishi hisoblanadi.
Yosh fiziologiyasi va gigiyena bir qancha fanlar: tibbiyot, pedagogika psixologiya fanlari bilan chambarchas bog`langandir. Yosh fiziologiyasi bularning ilmiy-nazariy asosi hisoblanadi.
Tibbiyotning talaygina sohalari-pediatriya, bolalar xirurgiyasi, bolalar va o`smirlar gigiyenasi-yosh fiziologiyasi ma'lumotlaridan keng miqyosda foydalanadi. Shular asosida o`z fan sohalarini rivojlantirib boradi.

Download 154.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling