1 – ma’ruza kirish. “Umumiy kimyoviy texnologiya”fanining mazmuni predmeti va metodi


Moddaning aylanish darajasini xisoblash uchun qo'llaniladi


Download 1 Mb.
bet4/4
Sana08.05.2023
Hajmi1 Mb.
#1444819
1   2   3   4
Bog'liq
2 – ma’ruza

Moddaning aylanish darajasini xisoblash uchun qo'llaniladi.

Holat diagrammalari, uning texnologiyadagi ahamiyati

  • Holat diagrammasi, muvozanat diagrammasi, fazoviy diagramma — fizik-kimyoviy sistemaning tarkibi va holat parametrlari orasidagi munosabatning geometrik ifodasi. Holat parametrlari — termodinamik sistema holatini ifodalaydigan fizik kattaliklar (temperatura, bosim, solishtirma hajm, magnitlanganlik, elektr qutblanish va h.k.).
  • Holat diagrammasi bir yoki koʻp komponentli moddaning muvozanat holatini geometrik tarzda ifodalaydi. Bu holat bir fazali, ikki fazali va koʻp fazali boʻladi. Fazalar gazsimon, suyuq, qattiq, oʻta oʻtkazuvchan, segnetoelektrik va boshqa boʻlishi mumkin.
  • Agar sistema bitta komponentdan iborat boʻlsa (eng sodda hol), Holat diagrammasi toʻgʻri burchakli uch koordinata oʻqiga (bu oʻqdar boʻyicha temperatura T bosim R va mol qajm V qoʻyiladi) qurilgan 3 oʻlchovli fazoviy shakl koʻrinishini oladi.
  • Ikki fazali muvozanat holat egri chiziqlar, 3 fazalisi esa nuqta bilan tasvirlanadi. Har qanday modda qat-tiq, suyuq va gazsimon fazasining muvozanatiga mos keluvchi 0 nuqta unlama nuqta deyiladi. Koʻp kompo-nentli sistemalarning Holat diagrammasi murakkab boʻladi.
  • Holat diagrammasini eksperimental qurishda fizik-kimyoviy, termik va rent-genografik analiz, optik va elektron mikroskopiya, dilatometriya va boshqa usullardan foydalaniladi.
  • Holat diagrammasi amal-da, metallshunoslik, metallurgiya va kimyoning turli sohalarida keng qoʻllanadi. Qotishmalarning erish sohasi, temperaturasi termik ishlov rejimlari Holat diagrammasiga koʻra aniqlanadi.
  • Holat diagrammalari orasida eng katta ahamiyatga egasi - bu temir-uglerod -Fe-C diagramma holatidir. Buning sababi shuki, texnikada temir-uglerodli qotishmalar juda keng ko‗llaniladi.

ФОСФОРИТ УНИ АСОСИДА ОЛИНГАН ОДДИЙ СУПЕРФОСФАТ ЎҒИТИ ДЕРИВАТОГРАММА ТАСВИРИ

Хикматли сўзлар!!!

  • Жанубий Африкадаги университетнинг кириш эшигида шундай ёзув бор:
  • "Бирор давлатни йўқ қилиш қилиш учун атом бомбаси ёки узоқ масофали ракета қуролларидан фойдаланиш шарт эмас. Фақатгина таълим сифатини пасайтириб, имтиҳонларда кўчиришга (шпаргалкадан фойдаланишга) имкон бериш етарлидир...
  • Беморлар - шифокорларнинг қўли билан ўлади,
  • Бинолар - муҳандисларнинг қўли билан қулайди,
  • Пул - иқтисодчиларнинг қўли билан йўқолади,
  • Инсонийлик - дин вакилларининг қўли билан унутилади,
  • Адолат - ҳуқуқшуносларнинг қўли билан топталади...
  • Таълимнинг барбод бўлиши - халқнинг вайрон бўлишидир!"

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling