Elektr qarshilik pechlari
Elektr qarshilik pechlari (EQP lar) mashinasozlik, metalurgiya, engil va
kimyo sanoati, qurilish va kommunal xo‗jalikda keng qo‗llanilishi munosabati
bilan ular turli xil konstruksiyaga ega. Ular turli ko‗rsatgichlariga ko‗ra turlarga
bo‗linadi.
Elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirilishi usuliga ko‗ra EQP lar
ikki toifaga bo‗linadi, ya‘ni bilvosita ishlovchi EQP lar va bevosita ishlovchi
EQP lar. Bilvosita ishlolvchi EQP larda elektr energiyasi issiqlik energiyasiga
maxsus q.e. larda aylantiriladi va issiqlik qizdirilayotgan maxsulotga issiqlik
o‗tkazuchanlik, konveksiya va nuli issiqlik uzatish usullarida uzatiladi. Bevosita
ishlovchi EQP larda esa qizdiriluvchi maxsulot bevosita elektr manbasiga ulanadi.
Haroratiga ko‗ra EQP lar quyidagi guruxlarga bo‗linadi:
- past harorat EQP lari ( 900 - 1000 K ) ;
- o‗rta harorat EQP lari ( 1000 - 1600 K ) ;
- yuqori harorat EQP lari ( 1600 K dan yuqori ).
Texnologik belgilanishiga ko‗ra EQP lar qizdiruvchi EQP larga va eritish
jarayonlari EQP lariga bo‗linadi.
Ish rejimiga ko‗ra esa EQP lar davriy rejim EQP lari va uzluksiz rejim EQP
lariga bo‗linadi.
O‗z navbatida esa davriy rejim EQP lari toifasiga kamerali, shaxta, qolpoq
Do'stlaringiz bilan baham: |