Rolikli payvandlash. Mazkur usulda payvandlash qurilmasi 4.15 - rasmda
keltirilgan. Rasmda: 1 - payvandlash transformatori; 2- rolikli elektrodlar; 3-
roliklarni aylanma harakatga keltiruvchi yuritma; 4 - payvandlanayotgan detallar.
mazkur usulda, aylanayotgan roliklardan tok o‗tkazish orqali detallarni
uzlukli va uzluksiz chok bilan payvandlash amalga oshiriladi. payvandlash
xususiyatlariga ko‗ra nuqtali payvandlash usuliga o‗xshaydi. rolikli payvandlash
kichik qalinlikdagi yupqa detallarni, masalan yoqilg‗i baklari, turli mahsulotni
tashish uchun belgilangan bochkalarni payvandlash ishlarida qo‗llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |