1- ma’ruza kirish
Suvga magnit ishlov berish qurilmalari
Download 1.47 Mb. Pdf ko'rish
|
18-Ma'ruza
Suvga magnit ishlov berish qurilmalari.
Suvga magnit ishlov berish suvni fizik xususiyatlarini o‗zgartirib, bu bilan issiqlik almashish apparatlarini qotishmalarini kamaytirish uchun ishlatiladi. Magnit ishlovdan keyin suv kimyoviy tarkibini saqlab, sirtqi tortilish, qovushqoqlik, zichlik, elektr o‗tkazuvchanlik kabi fizik xususiyatlarini o‗zgartiradi. Natijada suvdagi kalsiy, magniy va boshqa tuzlari keyingi isitilishda kamroq miqdorlarda issiqlik almashuvi apparatlarini devorlarga yopishadi va oqim bilan muallax zarrachalar - shlam tarkibida chiqib ketadilar. Apparatlarda hosil bo‗lgan cho‗kmalar esa kuchsiz kristall strukturada bo‗lib, idish va truba devorlardan oson ko‗chadi. Magnitli ishlovdan keyin suvni xususiyatlarini o‗zgarishi asosan suv molekulasidagi vodorod aloqalari va tarkibni buzilishi bilan tushuntiriladi. Uzilgan vodorod aloqalari 3…4 minutda yana tiklanadilar. Elektromagnit induksiyasi qonuniga binoan suvni magnit maydonda harakatlanishida tashqi elektr maydon paydo bo‗ladi, uning ta‘sirida ionlan yo‗nalgan harakatga tushishadi, bu esa gidratlanishga ta‘sir qiladi. Demak, suvga ishlov berish jarayonidagi asosiy ta‘sirlar – magnit va elektr maydonlar, ta‘sir ob‘ektlari esa – eritilgan moddalarni ionlari va erituvchining molekulalari. 60 Suvga magnit ishlov berish apparatlari murakkab bo‗lmay, ko‗p xollarda trubalar oralig‗iga montaj qilinadi. Ular ko‗p qutbli o‗zgarmas yoki o‗zgaruvchan tok lektromagnit tizimlari 2 bo‗lib latun gilza 3 bilan germetik berkiladi. Suv, apparatdan 0,2-0,5 (boshqa ma‘lumotlarga qaraganda 0,5…1,5) m s tezlik bilan oqib, teskari yo‗nalishdagi magnit maydonlarni kesib o‗tadi. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling