1- ma’ruza mashg‘uloti mavzusi: Fanning maqsad va vazifalari. • Mashg‘ulot rejasi •
Download 291.5 Kb. Pdf ko'rish
|
1- Мавзу Маруза 123
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zararkunandalar
1- Ma’ruza mashg‘uloti mavzusi: Fanning maqsad va vazifalari. • Mashg‘ulot rejasi • 1. Qishloq xo‘jalik ekinlari zararli organizmlari rivojlanishini oldindan aniqlash to‘g‘risida tushuncha. 2. Qishloq xo‘jalik ekinlari zararli organizmlari rivojlanishini oldindan aniqlash fanining maqsad va vazifalari. 3.Fanning rivojlanishi. Tayanch iboralar: zararkunanda, kasallik, begona o‘t, yog‘in, ob- xavo, zararlanish, bashorat, monitoring, axborot texnologiyasi. 1.1 Qishloq xo‘jalik ekinlari zararli organizmlari rivojlanishini oldindan aniqlash to‘g‘risida tushuncha. Qishloq xo‘jaligida hosilning yuqori bo‘lishi – bu yilning qanday kelishiga bog‘liq. Agar bahorda yog‘ingarchilik ko‘p zararkunandalardan shira, kasalliklardan zang kasalliklari rivojlanishi uchun qulay sharoit paydo bo‘ladi. Ma’lumotlarga ko‘ra yiliga butun dunyoda o‘stiriladigan o‘simliklar hosilining 35 % nobud bo‘ladi. Uning 14 % zararkunandalar, 20 % hosil omborlarga saqlash paytida nobud bo‘ladi. Natijada o‘simliklarda hosildorlikni pasayishi, omborlarda saqlash vaqti sifati yomonlashuviga sabab bo‘ladi. Zararli organizmlarga quyidagilar kiradi. (Zararkunanda, kasallik va begona o‘tlar) Zararkunandalar – Qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltiruvchi xasharotlarga aytiladi. Kasallik – O‘simlik, kasallik qo‘zg‘atuvchi va tashqi muxit faqtorlari orasidagi munosablarni buzilishiga aytiladi. Masalan erta bahorda chigitni 5-6 sm chuqurlikka ekilgandan so‘ng yog‘ingarchilik bo‘p bo‘lsa kasallik qo‘zg‘atuvchining rivojlanishi uchun qulay sharoit paydo bo‘ladi. Madaniy o‘simliklar orasida o‘sadigan o‘simliklarga begona o‘tlar deyiladi. Begona o‘tlardagi muhim biologik xususiyatlardan biri shundaka, ular milion yillar mobaynida yashash va naslini saqlab qolish maqsadida turli sharoitlarda o‘sib har xil yo‘llar (urug‘idan, ildiz poyasidan, bachkisidan va boshqa) yo‘llar bilan ko‘plab urug‘ berishga moslashgan. Begona o‘tlar ko‘plab urug‘ berishi bilan bir qatorda, urug‘larini uzoq muddat (50-60 yil) unuvchanlik qobiliyatini yo‘qotmasligi, bir vaqtda o‘sib chiqmasligi. Qishloq xo‘jalik ekinlarida zararkunanda va kasalliklarning paydo bo‘lishi va tarqalishini ilmiy asoslab berish xisobga olish va bashorat xizmatining asosiy vazifalari xisoblanadi. Ular 3 xil bashorat asosida olib boriladi. Uzoq muddatli (yillik) bashorat kelgusi yilda o‘simliklarni ximoya qilish bo‘yicha tadbirlar rejasi tuziladi. Uzoq muddatli bashoratda kelgusi yilda qanday zararkunanda va kasallikka paydo bo‘lishi, kapalaklarning ommaviy tarqalishi va ularga qarshi kurash tadbirlari to‘g‘risida axborot beradi. Qisqa muddatli bashorat bir necha kundan boshlab bir oy muddatda juda tez tarqaluvchi zararkunanda va kasallik turlari uchun tuziladi. Yillik bashoratga qaraganda bunda ma’lumotlar to‘laroq aniqlanadi. Qisqa muddatli bashorat bahor, yoz va kuzda beriladigan mavsumiy bashoratlar kabi qishloq xo‘jalik tadbirlarini o‘tkazishni rejalashtiradi. Qisqa muddatli bashorat ekalogik holat, ob-xavoni haroratining va boshqa xolatlarga qarab belgilanadi. YOg‘ingarchilik ko‘p bo‘lsa ekish ishlari cho‘zilishi yoki qurg‘oqchilikda boshqa tur zararkunandalar ko‘payishi xisobga olinadi. Ko‘p yillik bashorat – Bir yildan ortiq muddat uchun tuziladi. Bunda pestitsidlarni ishlab chiqarish rejalari tuziladi. Zararkunanda va kasallik paydo bo‘lishini ularga qarshi tadbirlar muddati va xajmini bir necha kun avval bilish bashorat qilish axboroti deyiladi. 1.2 Qishloq xo‘jalik ekinlari zararli organizmlari rivojlanishini oldindan aniqlash fanining maqsad va vazifalari. Qishloq xo‘jalik ekinlari zararli organizmlari rivojlanishini oldindan aniqlash fanining vazifasi. Qishloq xo‘jaligiga zarar keltiruvchi zararli organizmlar (zararkunanda, kasallik va begona o‘tlar) ning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, bu organizmlarni ekinzorlarda paydo bo‘lganda tarqalish vaqtini nazarda tutib, Uni chegaralash va qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Fanning vazifasi – Ekin dalalarida tarqalishi mumkin bo‘lgan zararli organizmlar rivojlanishi, tarqalishini oldindan nazorat qilishdan iborat. Qishloq xo‘jalik ekinlari zararli organizmlari rivojlanishini oldindan aniqlash fani xashoratlar rivojlanishi uchun issiqlikning eng quyi bo‘sag‘asi va samarali xarorat yig‘indisiga bog‘liq. 1.3 Fanning rivojlanishi – S.B. Zapevalova, S.M. Tropina, K.I.Larchenko, Kazimeriskiy lar tadqiqotlar olib borgan. Xozirda Respublika o‘simliklarni ximoya qilish ilmiy tadqiqot instituti «Prognozlash monitoring va axborot texnologiyalarni qo‘llash bo‘limida bir qator olimlar X.K. YAxyaev, M. Babaxonovalar tomonidan kompyuter dasturi yordamida prognozlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bizning oliy ta’lim muassasamizda ham Qishloq xo‘jalik ekinlari zararli organizmlari rivojlanishini prognoz qilishda bir qator olim faoliyat olib bormoqda. Jumladan SH.K.Aliev, X.Z. Abdullaeva tomonidan “ O‘simliklar karantini zararkunandalari tarqalishining oldini olish”, “Qishloq xo‘jalik ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va ularni hisoblash hamda tarqalishini bashorat qilish”.to‘g‘risida talabalar va magistrlar uchun o‘quv darslilar yaratilgan. M.Raximov, X.Abdullaeva va G. Musaevalar tomonidan qishloq xo‘jalik ekinlarini prognozlashda axborot texnologiyalariga bog‘lash bo‘yicha mobil ilovalar ishlab chiqilgan. Hozirda ushbu mobil ilovalardan Andijon viloyatidagi fermer xo‘jaligi rahbarlari foydalanib kelmoqda. Download 291.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling