1 -ma'ruza. Mavzu: Avtomatlashtirilgan loyihalah tizimi va uning umumiy asoslari. Ma'ruza rejasi


Loyihaviy yechimlar va protseduralarni uniflkatsiyalash


Download 0.6 Mb.
bet23/46
Sana05.01.2022
Hajmi0.6 Mb.
#224577
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46
Bog'liq
2 маъруза матни

Loyihaviy yechimlar va protseduralarni uniflkatsiyalash. Ob'yektlarni unifikatsiyalashdan maqsad - odatda ishlab chiqarishning texnikaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarini va buyum ekspluatatsiyasini yaxshilashdir. Namunaviy va uniflkatsiyalangan loyihaviy yechimlardan foydalanish loyihalashni soddalashtirishga va tezlashtirishga ham olib keladi: masalan, namunaviy elementlar bir marta ishlanadi, lekin turli loyihalarda qayta-qayta ishlatiladi.

Loyihalanayotgan ob'yektlar bayonlarining turlari va ular parametrlarining klassifikatsiyasi. loyihalanayotgan ob'yektning natijaviy bayoni konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KHYaT) bo'yicha shakllantirilgan sxemaviy, konstruktorlik va texnologik hujjatlarining to'liq komplektidan iborat boiib, ushbu ob'yektni tayyorlash va ekspluatatsiya qilish jarayonida foydalanish uchun mo'ljallanadi. Ba'zi oraliq loyihaviy yechimlar ham THYaTga muvofiq shakllantiriladi. Lekin loyihalashning o'zida foydalanishga mo'ljallangan oraliq yechimlar uchun ularni ushbu loyihalash tizimida qabul qilingan maxsus shaklda ifoda etish xarakterlidir. Xususan, bayonlar turli til shaklini qabul qilishi va ALTning turli xotirani saqlovchi qurilmalarida joylashishi mumkin. Bu bayonlarda loyihalash ob'yektlarining matematik modellarining salohiyati katta, chunki avtomatlashtirilgan loyihalashda loyihaviy protseduralarni bajarish matematik modellar bilan ish ko'rishga asoslangan.

Texnikaviy ob'yektning matematik modeli (MM)-texnikaviy ob'yektning ba'zi xossalarini aks ettiruvchi matematik ob'yektlar (sonlar, o'zgaruvchilar, matritsalar, ko'pchiliklar va sh.k.) tizimi va ular orasidagi munosabatlardir. Loyihalashda ob'yektning muhandis nuqtai nazaridan ahamiyatli hisoblangan xossalarini aks ettiruvchi matematik modellardan foydalanishadi.

Ob'yektning ma'lum ierarxik darajadagi, jumladan MMdagi, bayonlarida aks ettiriladigan xossalari orasida tizimlar, tizimlar elementlari va ob'yekt funksiyasini bajdrishi lozim boigan tashqi muhitlarni farqlashadi. Ushbu xossalarning miqdoriy ifodasi parametrlar deb nomlanuvchi kattaliklar yordamida amalga oshiriladi. Tizim, tizim elementlari va tashqi muhit xossalarini tavsiflovchi kattaliklar mos ravishda chiquvchi, ichki va tashqi parametrlar deb ataladi.

• Loyihalanayotgan ob'yektlar parametrlariga misollar.

Porshenli kompressorlar uchun:

chiquvchi parametrlar - kompressor unumdorligi, dvigatel quwati, yonishning maksimal bosimi, sikllar soni, yonilg'i sarfi;

ichki parametrlar - klapanlardan oqib o'tish koeffitsienti, ishqalanish koeffitsientlari, ichki bo'shliqlarning geometrik o'lchamlari;

tashqi parametrlar - atrof-muhit harorati, so'rishning birinchi bosqichida gaz bosimi, chiqarish tizimidagi qarshilik.

Elektron kuchaytirgichlar uchun:

chiquvchi parametrlar - o'rta chastotalarda kirish qarshiligi, yoyilib ketish quwati;

ichki parametrlar - rezistorlar qarshiligi, kondensatorlar sig'imi, tranzistorlar parametrlari;

tashqi parametrlar - yuk sig'imi va qarshiligi, ta'minlash manbalari kuchlanishlari.

Optik pribor uchun:

chiquvchi parametrlar - sferik abberatsiya, koma, asttimatizm, tizimning fokus masofasi;

ichki parametrlar - linzalar sirtlarining radiuslari va ular orasidagi masofa;

tashqi parametrlar - atrof-muhit harorati va sh.k.

Chiquvchi, ichki va tashqi parametrlar sonini m, n, I orqali, bu parametrlarning vektorlarini esa mos ravishda Y=(y1, y2, .., ym), H=(h1, h2, .-, hn, Q=(q1, q2,…, qi) deb belgilaymiz. Tizimning xossalari ichki va tashqi parametrlarga bogiiq, ya'ni



Y = F(H,Q). (1.1)

(1.I) bog'lanishlar tizimi ob'yektning matematik modeliga misol bo'ladi. Bunday MM mavjudligi X va Q vektorlarning ma'lum qiymatlari bo'yicha chiquvchi parametrlarni osonlik bilan baholash imkonini beradi. Lekin (1.1) bog'lanishning mavjudligi uning ishlab chiquvchiga ma'lumligini va Fvektorga nisbatan xuddi shunday ochiq ko'rinishda taqdim qilinishi mumkinligini bildirmaydi. Odatda, (1.1) ko'rinishdagi matematik modelni faqat juda sodda ob'yektlar uchungina olish mumkin bo'ladi. Loyihalanayotgan ob'yektdagi jarayonlaming matematik bayonining fazaviy o'zgarishlar vektori V ishtirok etadigan tenglamalar tizimining modeli beriladigan holattipik bo'ladi:



(1.2)

bu yerda: L - qandaydir operator,



Z - mustaqil o'zgaruvchilar vektori; umumiy vektori; umumiy holda vaqt va fazaviy koordinatalarni o'z ichiga oladi;

- mustaqil o'zgaruvchilarning berilgan funksiyasi.

Fazoviy o'zgaruvchilar ob'yektning fizikaviy yoki informatsion holatini tavsiflaydi, ularning vaqtda o'zgarishi esa ob'yektdagi o'zgaruvchi jarayonlarni ifodalaydi.

• Fazoviy o'zgaruvchilarga misollar. Fazoviy o'zgaruvchilarga mexanik tizimlar bayonlaridagi kuchlar va tezliklar, gidravlik va pnevmatik tizimlar bayonlaridagi bosimlar va ishchi jism sarflari va h.k. kiradi.

Loyihalanayotgan ob'yektlar modellari parametrlarining xususiyatlari:

1. k-ierarxik daraja modellaridagi ichki parametriar (elementlarning parametrlari) pastroq (£+l)-ierarxik daraja modellarida chiquvchi parametr bo'ladi. Masalan, elektron kuchaytirgich uchun yuqorida ko'rilgan misolda tranzistor parametrlari kuchaytirgichni loyihalashda ichki, tranzistorning o'zini loyihalashda esa chiquvchi parametr bo'ladi.

2. Nimtizimlar birining modelida (bayonlar aspektining birida) ishtirok etayotgan chiquvchi parametriar yoki fazoviy o'zgaruvchilar boshqa nimtizimlar (boshqa aspektlar) bayonlarida ko'pincha tashqi parametriar bo'ladi. Masalan, elektron priborlari korpuslarining maksimal harorati kuchaytirgichning elektr modellarida tashqi parametrlarga, o'sha ob'yektning issiqlik modellarida esa chiquvchi parametrlarga kiradi.

3. Ob'yekt chiquvchi parametrlari ning ko'p qismi V(Z) bog'lanishlarning funksionallari hisoblanadi, ya'ni ularni aniqlash uchun berilganXva Q larda (1.2) tenglamalar tizimini yechish lozim va olingan natijalar bo'yicha Y ni hisoblash zarur. Yoyilib ketish quwati, tebranish amplitudasi, signal tarqalishi tutilishining davomiyligi va sh.k.lar chiquvchi parametrlar-funksionallarga misol bo'ladi.

Loyihalanayotgan ob'yektlarning boshlang'ich bayoni ko'pincha loyihalashga texnikaviy topshiriq vazifasini o'taydi. Bu bayonnomalarda yj chiquvchi parametrlarga texnikaviy talablar (boshqachasiga chiquvchi parametriar normalari) deb ataluvchi kattaliklar ishtirok etadi. Texnikaviy talablar TT = (TTlt TT2,, TTr) vektorni hosil qiladi, bu yerda: 77}- qiymatlar chiquvchi parametria o'zgarishining ruxsat etilgan diapazoni chegarasini ifodalaydi.



TT, va yu orasida talab qilinadigan munosabatlarni ishchanlik qobiliyati sharoitlari deb atashadi. Ishchanlik qobiliyati shartlari ko'p hollarda

yjj (1.3)

yoki


yj>TTj (1.4)
Bunda TT va Y vektorlarining o'lchamlari teng (r~m). Lekin ba'zi chiquvchi parametriar u uchun ishchanlik qobiliyati sharti ikki taraflama cheklash:

(1.5)

TT larda chiquvchi parametrlarga mos keladigan ishchanlik qobiliyatiga misollar:



  1. ko'rinishda-elektron qurilmada yoyilib ketish quwati, truboprovodda bosim yo'qolishi, dvigatelda yonilg'i sarfi;

  2. ko'rinishda-FIK, dvigatel quwati, kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti;

  3. ko'rinishda-optik tizimning fokus masofasi, tanlash xususiyatiga asoslangan kuchaytirgichning rezonans chastotasi.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling