1- ma’ruza: nazorat qilish va baholash usullari reja


Ta'lim olganlikni natijalarini tekshirish va baholash tamoyillari


Download 26.53 Kb.
bet3/4
Sana03.02.2023
Hajmi26.53 Kb.
#1150328
1   2   3   4
Bog'liq
1-maruza (1)

1.Ta'lim olganlikni natijalarini tekshirish va baholash tamoyillari.
O‘quvchilarning ta’lim natijalarini tekshirish va baholashga qo‘yiladigan pedagog talablar (buni pedagog olim N.A.Sorokin ta’rifida berishni ma’qul deb topdik) ta’lim nazariyasi va amaliyotida quyidagicha belgilangan:

  1. har bir o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilishni talab etadigan, sinf yoki guruhning o‘quv ishi natijalari o‘quvchining shaxsiy natijalarining o‘rnini almashtirishga yo‘l bermaydigan nazoratning individual tavsifi;

  2. nazoratni ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida: boshlang‘ich idrok etishdan to bilimlarni amalda qo‘llashgacha bo‘lgan bosqichlarida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarining boshqa tomonlari bilan birgalikda olib borishning tizimliligi;

  3. nazoratning o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish vazifalarini hal etadigan, uni olib borishga o‘quvchilarni qiziqtiradigan turli shakllari;

  4. o‘quv dasturining barcha qismlarini qamrab olgan, o‘quvchilarning nazariy bilimlari, intellektual hamda amaliy ko‘nikma va malakalarini tekshirishdan iborat nazoratning keng ko‘lamliligi;

  5. o‘quvchilarni har jihatdan bilib olmasdan turib, o‘qituvchining xato xulosalar chiharish, sub’ektiv munosabatda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi, shuningdek, o‘zlashtirish natijalarini baholashda baho mezonlariga qat’iy rioya qilishni talab etadigan nazoratning xolisligi (ob’ektivligi);

  6. har bir fan, uning bo‘limlarining maxsus xususiyatlari, shuningdek, o‘quvchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda turli nazorat metodlarini tanlashning tabaqalashganligi;

  7. muayyan sinf (guruh) o‘quvchilarining o‘quv ishlarini nazorat qilishda barcha o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladigan talablarning bir xil bo‘lishi.

YUqorida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish orqali nazoratning ishonchliligi ortadi va yoquv jarayonida o‘z vazifalarini hal qilishga imkon yaratiladi.

Download 26.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling