1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
Download 71.48 Kb.
|
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
Xaykaltaroshlik.Yangi Podsholik xaykaltoroshligida me’morlik kabi Fiva maktabi dastlabki davrlardan boshlab yetakchilik qilgan.Aynan Fivada –Misr poytaxti bo’lmish ko’plab bosh va asosiy maqbara- ibodatxonalar qurilib, ular uchun ko’plab xaykallar yaratildi. Xuddi me’morlik kabi xaykaltoroshlikning xarakterli xususiyati ilk bora –18 sulolalarda Xatshepsut ibodatxonasida yaqqlo ko’zga tashlanadi. Bu ibodatxona qanday maqsadda qurilgani bizga ma’lum uning uchun 200 ga yaqin xaykallar ishlanib, ular nafaqat ko’mish marosmi yoki malikani ulug’lashga balki, maqbarani bezatishga uchun xam mo’ljallangan. Bu yerda misrning eng kuchli xaykaltoroshlari Senmutning ulkan g’oyasini amalga oshirishda ishtirok etdilar. Bu yerdan o’rin olgan san’atda ilgaridan yetilib kelayotgan barcha usul va qo’llanilishlar o’z ifodasini topgan edi.Xatshepsut xaykali ibodatxonaning turli joylariga mo’ljalangan bo’lib vazifasi xam turlicha edi. Uning xox firavn qiyofasidagi xaykali yoki,xox sfinks timsolidagi yoki bo’lmasa, Osiris xudosi ko’rinishida gavdalanadi. Bu xaykallarning aksariyatida malikaning portretga xos chizgilari – uzunchoq yuzi, bodom qovoqlari ko’zlarining bir biridan uzoqroq joylashgani, kamon qoshlari va qirrador burni ixcham labi va yumaloq daxani –bularning barchasi unga bag’ishlangan xar bir xaykalda seziladi. Biroq bu xaykallar vazifasi jixatdan turlicha bo’lib, ular bir biridan katta farq qiladi. Maqbaraning tashqi qismini bezab turuvchi baxaybat “koloss”xaykali –kolonadalar qarshisida joylashib u xam induvidual chizgilarga ega. Ularning aksariyati bir xaykalga qarab ishlanganligi ko’rinib turibdi.Bunday xaykallarning eng kattasi – 8-5 metrni tashkil etadi Ibodatxonaning asosiy sig’inadigan xonasidagi xaykal e’tiqod va marosim uchun mo’ljallangan. U misrliklarning diniy marosimiga mo’ljallangan balki unda firavning ma’lum bir umumiy qiyofasini yaratishmoqchi bo’lgandir.Bunday xaykallarni yasash tabiiyki,eng yaxshi xaykaltoroshlarga yuklatilgan.5
Ibodatxonaning asosiy yeridagi Xatshepsutning 5 xaykali nafaqat sifati bilan balki ishlangan materiali va texnik usuli bilan xam o’zgachadir. Xatshepsutning eng e’tiborli katta xaykali –marmarga yaqin oxaktoshdan ishlangan. Yuz va qo’llari – pushti rangga bo’yalib, lak bilan qoplangan.Xaykallar mayin ohangda yasalib, u qanday qiyofada bo’lmasin induvidual o’ziga xosligi bilan – barcha ayollarga xos latofatini yoritishga intilgan. Aynan mana shu xaykallar yuqori darajali xaykallardir. Download 71.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling