1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati


Download 71.48 Kb.
bet15/22
Sana05.01.2022
Hajmi71.48 Kb.
#231207
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Bog'liq
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati

Exnaton davrida san’at

Al-Amarna” san’ati

(er.av. 15 asr oxiri va 14 asr boshi)
Qadimgi Misr san’ati tarixida eng e’tiborli va axamiyatli davr – Exnaton davridir. Bu davr ba’zan shartli ravishda “Al-Amarna” san’ati deb yuritiladi. Al-amarna san’ati deb shartli yuritilishi firavn Exnaton o’zining yangi poytaxtini tug’ilgan qishlog’i Amarnaga ko’chirib, bu yerda nafaqat ma’naviy xayot, balki tasviriy san’at xam o’ziga xos tarzda shakllangan. Aynan, amarna san’ati Exnaton davri san’atidir. Bu davr er.av. 15-asrning oxiri va 14- asr boshiga to’g’ri keladi. Shuningdek, bu davr 18- sulolalarning inqiroziy davri xamdir.

18-sulolalar firavnlari olib borgan bosqinchilik urushlari shu yerlik quldorlar va amaldorlarni boyitib,shu birga ular bilan til biriktirgan koxinlarni kuchaytirib, shox firavnga qarshi otlantirdi. Shu sabab firavn, quldorlar va Amon ibodatxonasining oliy koxinlari bilan nizolar kelib chiqib,albatta bu taxtni egallash va davlatni boshqarishda kim yetakchilik qiladi degan muammolar ustida kechadi.

Bunday qaltis va keskin vaziyat firavn Amenxotib IV davriga to’g’ri kelib,Fivaning bosh ibodatxonasi bo’lmish Amon Ra ibodatxonasi koxinlari bilan kelishmovchiliklarni keltirib chiqardi. Amenxotib IV bunday nizolarni bostirishda orqaga chekinmay boy quldor va koxinlar bilan butunlay aloqani uzib, odiy xalq –emin erkin “nemxularga” tayanadi.Bu bilan u ulkan sosial va diniy isloxotni amalga oshiradi. Bu isloxot Misr tarixida ulkan isloxotlardan biri bo’lib, u keskin siyosiy tus olib, o’zida diniy qarama-qarshiliklarning yangicha shaklini o’zida mujassamlashtiradi.

Amenxotib IV koxinlar bilan aloqani uzib va ular obro’siga putur yetkazib, avvalgi ma’budlarga e’tiqod qilishni rad etadi. U yangicha diniy ta’limotni ilgari surib, quyoshga –Atonga sig’inishni to’g’ri deb biladi. Atonni yagona iloxlarning iloxi deb biladi va barchaga e’lon qiladi. O’z xalqini Atonga sajda qilishga va uning oldida bosh egishga chorlaydi. U Atonga ya’ni quyosh gardishiga e’tiqod qilishni davlat dini sifatida qabul qiladi. O’zini Atonning o’g’li deb bilib – Exnaton deb nom beradi. Buning ma’nosi –atonning o’g’li yoki ruxi ma’nosini anglatadi.

Exnaton avvalgi mavjud ibodatxonalarni yopib qo’yib, ularni butunlay vayron qiladi. Ulardagi boylik musodara qilinadi. Ibodatxonalarni bezab turuvchi xaykal va suratlar yo’q qilindi.

Firavn Fivani tark etib, O’rta Misrda eski Amarna qishlog’i o’rnida –yangi poytaxtga asos solib, uni “Axetaton” deb nomlab,bu “Aton shaxri” yoki “uyi” degan ma’noni anglatadi.Amenxotib IV poytaxtni Axetatonga ko’chiradi. Uning Axetatonda butun o’tgan faoliyati davriga oid san’at –“Amarna” san’ati deb shartli ravishda belgilanadi. Bu ibora arxeolog san’atshunoslar tomonidan Axetatonda qazish ishlari olib borilgan davrdan keyin qayd etila bordi. Al-Amarna san’ati firavn Exnaton davri san’atidir. Misr san’ati tarixida bu davr aloxida o’ziga xos davr bo’ldi va undan oldingi va keyingi davr san’atidan keskin farq qildi.

Exnaton koxinlarning oddiy xalqdan foydalanib, yana eski iloxlarni qayta tiklashidan xavfsirab,eskichcha odat va marosimlarni o’tkazishga qat’iyan qarshi chiqib, vaqti- vaqti bilan ularni nazorat qilardi. Shu sabab u davlatni boshqarishdan tortib siyosiy –ma’naviy isloxotni amalga oshirib, xatto davlat gimni ya’ni madxiyasini xam o’zgartirishga qaror qiladi. Shu bilan birga savodxonlikda yangicha yozuvni olib kirib, badiiy adabiyotda katta o’zgartirishlar kiritadi.

Bunday qarashlar albatta, so’zsiz, bu davr san’atida xam o’z ifodasini topdi. Tasviriy san’atdagi o’zgarishlar albatta diniy-ma’naviy isloxotlar bilan bog’liq bo’ldi.Exnaton taxtga o’tirib.davlatni boshqariyotgan kunning dastlabki davridanoq yaratilgan san’at namunalari avvalgi davrdan keskin farq qilib, ular avvalgi kanondan yiroq. Shunday qoidalashuvdan chetga chiqilgan xaykal va bo’rtmalar xali poytaxt Axetatonga ko’chmasdan ilgari Fivadagi Aton ibodatxonasi uchun yaratildi. Shuningdek,chegara devoridagi bo’rtmalar Exnaton xukmronligining 6-yilligiga to’g’ri keladi. Bu barcha san’at asarlari avvalgi davr san’ati kabi firavn obrazini ideallashtirishdan yiroqdir. Ularda realizm kuchli xis qilinib, mavzular tanlashda erkinlik seziladi. Xali misr san’ati tarixida kuzatilmagan mavzular o’rin egllay boshladi.Firavnning kundalik xayotidan olingan voqyealar: “Exnaton oilasi bilan tanovvul qilishi”; “Taxtirovonda ketayotgan Firavn”yoki Atonga sajda qilayotgan firavn oilasi bilan” kabi yangicha mavzular egallay boshladi. Umuman bu davr san’atida janrli talqin kuchaydi. Tasvirlar xayotiy va xaqqoniy ko’rsatilish bilan birga ba’zan karikaturanamo jixatlari xam ko’zga tashlanadi. Shu bilan bir vaqtda avvalgi davr an’anlaridan uzoqlashuv xam ko’zga tashlanadi. Shaxsan firavn Exnaton bu tasvirlarda butun borlig’i bilan kasalmand qiyofasi va nomutonosib joylashgan yuz tuzilishi bilan ko’rsatilishi xam e’tiborni tortadi. Bo’rtmalarda firavn bilan birga uning rafiqasining xatti-xarakati xam tomoshabinda qiziqish uyg’otadi. Ularning xolati batamom profil ko’rinishda bo’lib, avvalgidek yelka fas xolatda emas .6

Exnaton davri san’atidagi keskin o’ziga xoslik – bu uning o’zi amalga oshirgan isloxotidir. Bu o’ziga xos hislatlar butunlay yangicha tushunchalar bilan bog’liq bo’lib,o’z moxiyati va g’oyasi bilan o’ta realistikdir. Shu bilan birga taqiqlangan iloxlar va firavn bilan amaldor-koxinlarni bir-biridan ayirgan narsalar bilan xam bog’liq edi. Misr san’atida iloxlar tasviri xamma vaqt firavn bilan bog’lanib, bunda firavn shaxsi iloxiylashtirilib, u iloxlar qavmiga mansubligini ko’rsatishga xarakat qilganlar. Ammo Atonni tasvirlashda bor yo’g’i quyoshni faqat aylana gardish shaklida ko’rsatib, u yerga o’zining xayotbaxsh nurlarini taratayotganini ko’rsatish bilan cheklandilar.

Firavn obrazi, malika va ularning farzandlari bo’rtma va yumaloq xaykallarda yangicha talqin etilib, endi qandaydir iloxlarga o’xshamagan xolda ko’rsatila bordi. Yangicha obrazlarni izlash albatta bu san’atida xuddi bu davrdagi isloxotlar kabi xal etilib,bunda asosan xaqiqatni borlig’icha ko’rsatish ayniqsa, naturaga e’tibor qilishning kuchayishida ko’rinadi. Biroq bunday realistik qarashlar nafaqat Exnaton isloxotidan keyin balki, bunga avvalgi Fiva san’atida erishilgan yutuqlar xam asos bo’ldi. Shundaylardan: Amarnadagi saroy ayonlari maqbara devoriga o’yib ishlangan bo’rtmalarda –firavnning ko’chada aravada ketayotgani yoki saroyda tushlik tanovvul qilayotgani, gohi oilasi bilan yoki bo’lmasa, sovg’a-salom qabul qilayotgani vayana kimnidir taqdirlamoqchi bo’layotgani kabi mavzular o’rin egalladi. 7Firavn o’z oilasi bilan ilk bor butun mexr-muxabbatini ularga bag’ishlayotgani, yana bir xolat misr san’atida kuzatimagan xol – aniq bir sharoit bo’layotgan voqyeani ko’rsatish – saroy, uy, bog’-rog’ yoki bo’lmasa ibodatxonada voqyeani ro’y- rost aks ettirish xam amarna san’atidagi yangilik edi.

Axetaton san’atida barcha san’at turlarida qayta o’zgartirish va ishlov berishlariga to’g’ri keldi. Masalan, yangi iloxga sig’inish saxnasida xam o’zgarish kuzatilib,yangicha nusxalar,yangicha obrazlar yoki yangicha nusxalar(tipaj)larni izlash bilan birga xatto quyoshga sig’inish xam ochiq xavoda ro’y berdi. Bularning barchasitezlik bilan amalga oshmadi albatta.Yangi davr ijodkorlari qarshisida yangicha masala va muammolar ko’ndalang turar edi. Dastlabki davrda yaratilgan san’at asarlarida nafaqat shaklan va mazmunan o’zgarish kuzatiladi balki, jussalarning nomutanosibligi chizgilarda keskinlik va plastikaning yetishmasligi xam kuzatiladi. Ba’zi tasvirlar keskin burchaksimonligi yoki xaddan ziyod yumaloqligi bilan ko’zga tashlanadi. Rassomlarning aksariyati birinchi navbatda yuz qiyofani ifoda etishda –uzunchoq yuz, uzun qisiq ko’zlar, oldinga turtib chiqqan daxan,ozg’in nozik egilgan bo’yin, baqaloq qorin keng buksa va xokazolar Exnatonning tasvirlarida ko’rinsa, uning rafiqasi Nefertiti tasvirida uzun bo’yn, ozg’in va nafis yuz qiyofada gavdalanadi. Bunday realizm odatdagidek qoidalashuvdan begonadir. Shu bilan birga tasvirlardagi real va o’ta xayotiy-xaqqoniylik yoki atayin bo’rttirishlar eskicha qolipga qarshi chiqish kabilar ko’plab chet ellik misrshunoslar nazarida karikaturaga xos chizgilarni keltirib chiqaradi.

Keyinroq, Axetaton usta va musavvirlariga xos bunday qirralar yo’qolib. Ular o’rinini aniq xayotiy san’at asarlari bilan almashindi.

Axetatondan bizgacha yetib kelgan eng a’lo sifatli xaykal asarlar ichida –Exnaton va uning rafiqasi Nefertitining byustlaridir. Bu portret-xaykallar shu davr san’atining o’ziga xos stilidan darak berib, ular shu davr ruxiyati bilan xamoxangdir.Exnaton byustida – firavn Exnaton obrazida o’z g’oyasi va o’z e’tiqodiga qa’tiy amal qilgan davlat arbobi mujassamlashgan.

Nefertiti portret-byustida esa, xaqiqiy ayol latofati va jozibasi tarannum etilgan. Ba’zan uni xaqiqatan go’zal deb bo’lmasada, ammo uning chexrasida tekis qirrador burni,bir oz kattaroq quloqlari, nozik uzun bo’yni, uning latofati bilan qiyoslanadi. Ayniksa. Ular ichida qumtoshdan ishlangan Nefertiti boshi xaykaltoroshning kuchli ekanidan darak beradi.Bu xaykal yuqori sifatli va mukammalligi bilan diqqatga sazovor. Bunday xaykallar tarixda ilk bor misr san’atida kuzatilib, ular o’ta xaqqoniyligi, insoniy xislarga to’laligi bilan lol qoldirib, ming yilardan keyin grek klassika san’atida shunga xos xaykal-byustlarni kuzatish mumkin.

Axetatonni qazish ishlarida xaykaltoroshlik ustaxonasida ularni qanday yaratilgani xaqida noyob materialar topildi.Tugallanmagan xaykallarda gipsdan yasalgan niqoblar nafaqat o’lgan kishining yuzidan olinganligi, balki tirik odamlardan xam niqob olish asosida yaratilganligini ko’rsatadi.Shunga o’xshash xaykallar xaykaltoroshlar kattasi bo’lgan—Tutmes ustaxonasidan xam topilgan.Bunday xaykallar xaykaltoroshlarning o’z ishiga tirishqoqlik bilan yondoshganligidan dalolat beradi.

Tutmes ustaxonasidan topilgan turli davrga oid Exnatonning tugallanmagan bir nechta portretlari amarna san’atining bebaxo nodir san’at namunalaridir. Bu xaykallarda firavn yuz qiyofasidagi ba’zi chizgilar o’ta bo’rttirilganligining guvoxi bo’lamiz. Exnaton obrazi xam xuddi Nefertiti kabi o’ta xayotiy-xaqqoniyligi shu bilan birga ayni vaqtda soddaligi bilan e’tiborlidir.

Axetaton san’ati to’satdan yakunini topadi. Bunga sabablar talay. Exnatonning erishgan isloxoti u qadar mustaxkam bo’lmay,erkin dexqonlar xam u qadar kuchga ega emas edi. Firavn o’limidan so’ng, uning kuyovlari va farzandlari –yosh Tutanxamon taxtga o’tirib, ular koxin va amaldorlar bilan til biriktirib, avvalgi tartib-qoidalarni o’rnatishadi. Ammo bu o’zgarish xamma soxada xam kechmadi albatta. Sababi firavn Exnaton butun ma’naviy xayot kabi madaniy soxada xam,xatto adabiyotda xam ulkan ishlarni amalga oshirgan edi.1922-yilda –Tutanxamon maqbarasidan so’nggi amarna san’atiga xos asarlar topiladi.Bular ichida Tutanxamonning kanondan xoli bo’lgan portret tasvirlari ,Tutanxamon va uning yosh rafiqasi bog’da gulzorda sayr qilib yurgani “Oltindan ishlangan Tutanxamonning taxtiravonining suyanchig’iga ishlangan –bo’rtmada Tutanxamon va Anxisenamon tasvirlangan. Bu asarlar Misr san’atining eng noyob durdonasi qatoridan o’rin olgan. Ayni vaqtda Qoxira muzeyida saqlanadi.



Download 71.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling