1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
Download 71.48 Kb.
|
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cho’ldagi ovsaxnasi”
Senusert xaykali-- Lishtedagi maqbara ichidan topilib,o’zida aynan qadimgi podsholik san’ati an’analarini qayta takrorlaydi. Bunday xaykallar ma’lum bir xukmdorning portret chizgilarini o’zida mujassamlashtirib, ammo ularning yasalishi xissiz ta’surot qoldiradi.
Qadimgi Podsholikning so’ngida nomlar siyosiy –iqtsodiy mustaqillikni qo’lga kiritib, O’rta Podsholikning boshida Fiva firavnligini butunlay qo’lga kiritmagan edi. Nomarxlar xali 20 asrdan beri O’rta Misrda o’zlarini xo’jayindek his qilar edi.O’zlarini boshqarish va tutishda ular shox saroyi urf- odatdlariga taqlid qilib, davlatni boshqarishda shaxsiy yilnomalar olib bordilar. Ular xashamatli dabdabador ibodatxonalar qurdirib, o’z atroflariga rassom, me’mor va xaykaltoroshlarni yig’dilar. Nomlar shaxarlarining obro’si ortishi bilan birga, badiiy markazlarining xam axamiyati orta bordi. Bu yerda ijod qilgan ustalar qadimgi podsholik san’ati an’anasini meros qilib, uni ijodiy boyitib va shakllantirib, unga qayta ishlov berib,o’zlaridan e’tiborli san’at namunalarini meros qoldirdilar. Ular tomonidan yaratilgan me’moriy obidalar, xaykaltorshlik, maxobatli devoriy suratlar va amaliy san’at namunalari o’ziga xos yechimi va uslubi bilan yangicha yo’nalishning shakllanishiga hissa qo’shdi.4 O’rta Podsholik davrida aniq fanlar ustida izlanishlar olib borilib, matematika, medisina, soxasida yutuqlarga erishildi.Xuddi shu davrda san’at va adabiyotda real qarashlar kuchaya bordi. Bunday o’zgarishlar yanada ravshanroq joylik markazlarda ko’rindi. Nomarxlarning qoyaga ishlangan maqbaralaridagi bo’rtma va devoriy suratlarida yangicha izlanishlar aniq saqlanib qolingan. Saroy axli maqbaralari devoridagi tasvirlar, saxna ko’rinishlar tematikasi bir- biriga o’xshash bo’lsada, ammo ular prinsipial jixatdan turlichaligi ko’zga tashlanadi.Bunda 14 nomlar qavmidan bo’lmish Senbining nomarxlar maqbarasidagi bo’rtma kompozisiyadagi “Cho’ldagi ovsaxnasi”diqqatga sazovor. Bo’rtmadagi kompozision qurilish avvalgidek saqlab qolingan bo’lsada: Chapda –ovchi tasvirlanib,o’ng tarafda – ov voqyeasi va bir to’da yugurayotgan xayvonlar tasvirlanib, ularning tasvirlanishida qadimgi podsholikka xos hislatlar aks etgan bo’lsada, butun tasvir o’zining shakli tamoyili bilan ulkan realizmi bilan lol qoldiradi. Xayvonlarning shartli joylashuvi o’rniga, endi ular qumloqda turlicha pastu- balandlikda ko’rsatilgan. Senbi esa, tabiiy jonli xolatda yetkazilib: U chopayotgan paytda birdan to’xtab,chap oyog’iga tayanib,mo’ljalga olayotgan xayvonni diqqat bilan kuzatmoqda. Senbining xamroxi xam u bilan bir xil kattalikda ko’rsatilib, ular ikkisi xam ovchilarga xos kiyimda tasvirlanadi.Shundaylardan:”Papirus yig’im terimi” kompozisiyasidir. Bunda avvalgi davr san’atini takrorlamaydigan yangicha mavzu, usul va qo’llanilishlarni uchratish mumkin.Shunday mavzulardan – “Ko’chmanchi semitlarning kelishi”,“Xunen stelasi”, “O’yinchi qizlar”, “yer xaydash” kabimavzudagi kompozisiya xam diqqatga sazovor. O’rta Podsholik davri nomarxlar musavvirlari ulkan yutuqlarni xayvon va jonivorlar tasvirini yetkazishda qo’lga kiritganlar.ular o’z asarlarida kanon- qoidaga kamroq rioya qilganlar.16-nomlar podshoxi Xnumxotep P maqbarasidagi ov saxnasini tasvirlovchi mashxur devoriy surat tabiiy va yangicha talqini bilan e’tiborlidir. Unda papirus daraxtida o’tirgan qushlar va yovvoyi mushukni ovlash kabi syujetlar kuzatiladi. Ularda jonivorlarning turi,xolati va xatti-xarakatiga e’tibor qaratilgan.Akasiya daraxtining nafis ko’kimtir fonida –shoxlarda o’tirgan qushlarning, yorqin rangli patlari ko’zga tashlanadi. Olov rang,oq-qora dumlari jigar rang qanoti, kul rang ko’k kallasi va oppoq yag’rini aloxida e’tiborga loyiq. Eng e’tiborlisi mushuklarning bo’yalishi bo’lib, bunda rassom kul rang, jigar rang surtmalar orqali sariq fonda jonivorlarning xurpaygan mo’ynasini ko’rsatishga intilgan. O’rta podsholik nomlar musavvirlari erishgan yutuqlar keyingi keyingi davr san’atida katta axamiyatga ega bo’ldi. Yangi stil o’zgarib borayotgan xayot talablariga qanchalar javob berishini rasmiy san’atda xam o’z ifodasini topdi. Bu firavlar portret tasvirida xam ko’zga tashlanadi. Er.av. 20-asr o’rtalarida saroy rassomlarining oldilarida yangicha masalalar ko’ndalang turardi. Fiva firavnligi o’z kuch - qudratini namoish qilish maqsadida ulkan ibodatxonalar qurilishini boshlab yubordilar.Endi ular o’z ibodatxonalarida o’z qiyofalarini imkon qadar ko’proq qoldirishga xarakat qildilar. Endi firavn- shox xaykali endi faqat ibodatxona ichida emas,xatto tashqari qismida xam o’rnatila bordi. Bunday xaykallar mamlakatning tirik firavni uchun yodgorlik bo’lib, uning kuch qudratini namoish etish bilan birga xalq tassavvurida xam xaqiqiy firavnning asl qiyofasi muxrlanib qolishi uchun xam zarur bo’ldi. Bunday xaykal-yodgorliklar maxobatli yechimga ega bo’lib,shu bilan birga o’zgacha qiyofa va salobatga ega bo’lib, ularning timsolida xaqiqiy portretga xos yaqinlik aks etib keng rivojlandi. Rasmiy san’atdagi ushbu yo’nalish o’zining tugalligi bilan “Senusert Sh” va “AmenmxetSh” xaykallarida o’z aksini topib,misr portret-xaykaltoroshligi san’ati qatoridan muhim o’rin egallagan. Firavnlarning jiddiy, suronli qiyofalaridan ularning aniq bir maqsad tomon intilganligidan va bukilmas irodaga ega shaxs isfatida namoyon etadi.Ijtimoiy- siyosiy muxitning o’zgarishi badiiy maktablar axvolini xam o’zgartirib,ular san’atida o’z aksini topdi. Yetakchilikni saroy qoshidagi ustaxonalar egallab,ularda eng yaxshi xaykaltoroshlar ijod qildilar.Joylik san’at o’zining avvalgi o’rnini egalladi.
Download 71.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling