1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati


Download 71.48 Kb.
bet8/22
Sana05.01.2022
Hajmi71.48 Kb.
#231207
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Bog'liq
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati

Qadimgi Misr san’ati

MA’RUZA REJASI:


  • Qadimgi sharqda dastlabki quldorlikka asoslangan Misr davlatining tashkil topishi.

  • Qadimgi Misr dini va mifologiyasining san’at rivojidagi roli .

  • Qadimgi Misr san’atining rivojlanish bosqichlari.

  • Qadimgi Podsholik davrida Misr san’ati va kanon.

  • Xaykaltaroshlik va uning “O’limdan keyingi xayot” bilan bog’lanishi.

  • O’rta va Yangi podsholik davri san’ati.



TAYaNCh IBORALAR:
Misr,”, “Yegipet”, Quldorlik, despotizm, Firavn, sulolalar, nomlar,Narmer,Osiris, Ra, Omon Ra, Aton xudolari, Xator, Gor,”O’limdan keyingi xayot”,kanon, piktografiya, iyeroglif obelisk, Katta Sfinks, Qadimgi vaO’rta podsholik davri. Mastaba. Piramida, Yangi va So’ngi podsholik davri. Ehrom, piramida Shoxlar vodiysi, Xatshepsut maqbarasi, Karnak va Luqsor ibodatxonasi, Ramses P maqbarasi, sfinkslar hiyoboni. Ustunlar sirtidagi bo’rtma san’at, Perestil zali. Gipostil zali.

Qadimgi Misr san’ati vao’ziga xos madaniyati insoniyat sivilizasiyasining beshigi sifatida gavdalanadi.“Misr” deb nomlangan xozirgi Arabiston yerlari o’sha davrda greklar tomonidan “ Yegipet” deb nomlangan. “Yegipet” so’zi “Ayguptos” yoki ”Xikupta” iboralaridan kelib chiqib, bu ibora eramizdan avvalgi 1- asrda greklar tomonidan yuritilib, greklarning misr yerlariga kirib kelishi bilan bog’lanadi. Fanda Yegipet so’zi “Xet –ku-Ptax” so’zidan kelib chiqqan degan taxminlar xam shartli ravishda yuritiladi. “Misr” so’zining ma’nosi bu axoli yashaydigan yerni anglatib, bu so’z misrliklar tomonidan kelib chiqqan. Misrliklar o’z vatanini –“qora tuproq”, o’z odamlarini esa, “qora zamin kishilari”deb yuritganlar. Qadim zamonlardan beri Misrliklar Arabiston yarim orolidagi xalqlar bilan vaqti-vaqti bilan to’qnashib,ular etnik jihatdan o’zaro chatishib ketgan.

Qadimgi Misretnik tarkibi geografik joylashuvi jihatdan xam Sharq sivilizasiyasining beshigidir. Afrikaning shimoli sharqida Nil voxasining quyi oqimida joylashgan xozirgi Arabiston zamini qadimda “Yegipet” deb nomlangan. Neolit davrining so’ngi bosqichida bu yerda ilk sinfiy jamiyat qaror topib, dastlabki quldorlikka asoslangan davlat tashkil topadi.

Misrliklar etnik jixatdan hilma-hildir. Qadim zamonlardan beri Misrliklar Arabiston yarim orolidagi xalqlar bilan vaqti-vaqti bilan to’qnashib,ular etnik jixatdan assimilyasiyalashib ketgan.Uning tarixida ming yilliklar davomida bosqinchilik urushlarini boshidan kechirgani bois, bu yerda turli xalq va elatlar chatishib, xozirgi ko’rinish jihatdan oq-qora arab xalqining yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Misr tarixiy taraqqiyotining eng ilk davridanoq xali sulolalargacha bo’lgan davrda misrliklar istiqomat qilib, bu yerga Qadimgi Podsholik davrining so’ngida nomlar (ko’chmanchilar) bostirib keladi. Ular Misrni uzoq vaqt boshqarib, shu xalq bilan etnik jixatdan aralashib ketdi. Keyingi so’nggi bosqichda giksoslar va axamoniy eroniylari, xabash-efioplar v 332-yilda greklarning kirib kelishi undan so’ng, eramizning boshida Rim imperiyasining bostirib kelishi Misr xalqining etnik tarkibini butunlay o’zgartirib, xilma-xil va rang- barang bo’lishiga sabab bo’ldi.

Qadimgi Misr o’zining tarixiy taraqqiyotida bir necha bosqichlarni bosib o’tdi. Bu undagi firavnliklarning yuzaga kelib davlatni boshqarishi, san’at va arxitekturaga asos solishlari bilan belgilandi. Ular tomonidan bunyod etilgan exromlar (piramida) va maxobatli inshoatlar, ulardagi san’at asarlari ayni vaqtgacha insoniyatni lol etib kelmoqda.

Qadimgi Misr san’ati eramizdan oldingi 4-m.chi yillikdan to 332-yilga qadar o’z rivojini boshidan kechirdi. qachonki,er.av. 332-yilda Aleksandr Makedonskiyning Misr yerlarini qo’lga kiritish munosabati bilan misr san’ati inqirozga yuz tutdi. Keyingi davrdaMisr san’ati ellin san’ati bilan uyg’unlashib ketdi. Misr san’ati va arxitekturasi fanda qator bosqichlarga bo’lib o’rganilgan.



1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling