1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati


Sulolargacha bo’lgan davr yoki ilk Podsholik davri;I-II-sulolalar


Download 71.48 Kb.
bet9/22
Sana05.01.2022
Hajmi71.48 Kb.
#231207
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati

Sulolargacha bo’lgan davr yoki ilk Podsholik davri;I-II-sulolalar;

  • Qadimgi Podsholik – IV –VI-sulolalar san’ati;

  • O’rta Podsholik - XI –XII –sulolalar san’ati;

  • Yangi podsholik -- 1. XVIII-sulolalar san’ati;

  • Exnaton va uning vorislari davri san’ati

  • XIX-sulolalar san’ati;

  • So’nggi podsholik san’ati -- XXII-XXXII

    Misr san’ati va arxitekturasi ibtidoiy jamoadan keyingi bosqich - dastlabki sinfiy jamiyatning qaror topishi quldorlik tuzumining tashkil topishi bilan boshlanadi. Misr san’ati va o’ziga xos madaniyati insoniyatning ongli ravishdagi eng dastlabki madaniy jixatdan rivoji, sifatida o’zini namoish etadi.

    Qadimgi Misr o’zining mifologiyasi - afsona va rivoyatlari bilan dong taratgan. Bu afsona asotirlar asosida misrliklarning qadimdan ulug’langan xudolarining kelib chiqish tarixi bayon etiladi.Qadimgi Misrliklar uzoq vaqtlar davomida turli xudo va ma’budlarga sig’inib kelib, eng dastlabki ma’bud Osiris xudosi bo’lib, u avval “Tiriklik” xudosi - ezgulik va saxovat elchisi bo’lib gavdalangan bo’lsa, qachonki rivoyatga ko’ra, Osiris o’z akasi tomonidan o’ldirilgandan so’ng, u keyingi dunyoda “O’lganlar saltanatining qiroliga” aylanadi.Osiris xudosi tasviriy san’atida ko’plab san’at asarlarida gavdalanadi. Ayniqsa 18-sulolalar san’atida.Keyinroq “Ra” xudosiga uzoq vaqt sig’inish bo’lib, “Omon Ra” ga e’tiqod qilish Amenxotib IV davrigachadavom etadi. Qachonki, Exnaton misrliklarni(Amenxotib IV) “Aton”ga e’tiqod qilishga chorlab, Omon Ra ga sig’inishni inkor etadi. Biroq ko’p o’tmay Atonga e’tiqod qilish uzoqqa cho’zilmaydi. Exnaton taxtdan ag’darilgandan so’ng, yana Ra xudosiga e’tiqod so’nggi podsholik davrigacha davom etadi. Misrliklar shuningdek, Ma’buda “Xator”(qurbaqa), Ma’buda “Bast” (mushuk), Gor(kalxat) va b. jonivorlarga sig’inganlar. Bu misrda turlicha diniy -ma’naviy qarashlarni rivojidan darak beradi.Ularni ulug’lashgan va jasadini mumiyolashgan.

    Qadimgi Misr san’ati o’zining tarixiy taraqqiyoti, etnik tarkibi, shuningdek, dini, afsona rivoyati va real xayotiy voqyealari bilan uzviy bog’liq holda rivojlandi. Misr san’ati boshqa xalqlar san’atidan o’ziga hosligi, betakrorligi va alohida jozibadorligi bilan xam ajralib turdi. Shuni takidlash joizki, Misr insoniyat tarixida san’at va arxitektura rivojining eng ibtidosidir. Qadimgi Misr san’ati xali Neolit davrining so’nggi bosqichida yuzaga kela boshladi. Bu davrdan bizgacha kulolchilik namunalari, mexnat qurollari, xamda buyum-aslaxalar yetib kelgan. Sulolalargacha bo’lgan davrdan bizgacha turli buyumlar sirtiga ishlangan bo’rtma (relyeflar) yetib kelgan. Bu davrning eng nodir san’at asari - “ Narmer” plitasidir.1 Bu trapesiya shaklidagi ko’kimtir shiferdan yasalgan yassi plita sirtiga bo’rtma tasvirlar ishlanib, bo’yiga 64 sm kattalikda. Plitaning old va orqa tomoniga xikoyanavisona tarzda bo’rtma tasvirlarda quyi Misr firavni Narmerning yuqori Misrga qarshi olib borgan jang voqyeasi ifodalangan. Voqyea ketma-ketlikda rivojlanib, ular orasini gardishlar ajratib turadi. Aynan undagi tasvirlar Misr san’atiningeng ibtidosi bo’lib, undagi tasviriy qoidalar keyingi davr san’atida yanada rivojlantirildi.

    Misr san’ati Qadimgi Podsholik davridan o’ziga xos tarzda rivojlana boshladi. Bunda uning diniy qarashlari va afsona rivoyatlarining roli katta bo’ldi. Qadimgi Misrliklarning o’limdan keyingi xayotga bo’lgan ishonch e’tiqodlari uning tasviriy san’at va xaykaltaroshlikka bevosita ta’sirini o’tkazdi. Ularning o’limdan keyingi xayotga bo’lgan qattiq ishonchlari: inson o’limidan keyin o’zga olamda qayta tirilishi va xayotni davom etishi, “o’limdan keyingi xayotning abadiyligi”, “Tiriklar” va “O’liklar saltanati”, kabi tushunchalararxitektura va u bilan bog’liq san’atning mazmun mohiyatini belgilab berdi.Bunday qarashlar xaykaltaroshlikning rivojiga katta ta’sirini o’tkazdi. Shuningdek, maxobatli bo’rtma tasvirlar, devoriy suratlar, xamda amaliy san’at rivojiga ham zamin yaratdi.

    Qadimgi Misr san’atida eng rivojlangan san’at turi bu-xaykaltaroshlikdir. Xaykaltaroshlik, asosan, arxitektura bilan bog’liq bo’ldi. Bu ikki san’at turi bir-birini to’ldirib, ularning mazmun moxiyati xam o’zaro bog’landi. Xaykaltaroshlik saroy, ibodatxona va maqbara-daxmalarni bezatishda katta rol o’ynadi. Mahobatli xaykallarda ilohlar, firavn va kohinlar obrazi aks ettirilgan bo’lsa, bo’rtmalarda esa, ular hayoti va olib borgan jang voqyealari hikoya qilindi.



    Qadimgi Podsholik davrixaykaltaroshligida “kanon” yuzaga keldi va u uzoq vaqt Misr san’atida o’z kuchini yo’qotmadi. “Kanon” –bu ma’lum bir qolip yoki qoida asosida rivojlangan san’atdir.2 Aksariyat xaykallar odatda o’tirgan holatda tasvirlanib, bunday xaykallar dahma yoki qabr uchun mo’ljallangan. Xaykaltaroshlikning rivojiga yana bir sabab, misrliklarning o’limdan keyingi xayotga bo’lgan haddan ziyod ishonchlari bo’ldi. Qabrda o’lgan kishining jasadi o’rniga xaykal qo’yishni odat qildilar. Buning ma’nosi shuki, agar tana chirib ketsa, xaykal ikkinchi tana vazifasini o’tagan va unga “Ka” degan ruh qo’nib, o’lgan kishi keyingi xayotida misoli qayta jonlangan. Bunday qarashlar haykaltaroshlikning o’ziga xos tarzda shakllanishiga olib keldi. Bizgacha yetib kelgan Firavnlarning aksariyat xaykallari dahmalar uchun mo’ljallanib, ular o’lgan firavning ikkinchi tana vazifasini o’tab kelgan. Haykallar o’lgan kishining tashqi qiyofasini o’zida shu qadar real va xaqqoniy takrorlab, ulardagi o’xshash chizgilar va induvidual xarakterini yetkazishga xarakat qilingan. Jasadni mumiyolash yo’lga qo’yila borgandan so’ng, xaykallar sarkofag, ya’ni tosh tobut vazifasini o’tay boshlagan. Firavnlar xaykali faqat qabrda emas, uning daxmasi tepasida, kirish yo’laklarda, ochiq maydonlarda xam qad ko’tarib turgan. Bunga qadimgi podsholik san’atiga hos namunalardan: “Firavn Xefren”, “Firavn Joser”, “Xattot Kay”, ”Shaxzoda Raxotep va Nofret”, Gizadagi- “Katta sfinks”,”Qishloq oqsoqoli”“Mikerin ma’budlar bilan”, “Mitti Seneba oilasi bilan”kabi xaykallari dalil sifatida asqotadi. Qadimgi Podsholik xaykaltaroshligining yana bir o’ziga xos xususiyati bu- xaykalning real, portret chizgilarini yetkazish bilan birga rangli bo’yalishi,(Erkalar to’q jigar rang, ayollar os sarg’imtir rangda)ko’zlarni jonlantirish (inkrustasiya) kabilar ham shu davr xaykallarining eng e’tiborli jihati bo’ldi. Ko’z qorachiq qimmatbaxo toshlar bilan inkrustasiya usulida jonlantirilgan. Shunday xaykallaridan -“Raxotep va Nofret” juftlik xaykallari arxeologik qazish ishlari olib borilayotgan vaqtda qorong’u joydan topilgan bu xaykallar ko’zi jonlantirilgani bois xuddi tirik murda kabi qabrdan chiqib kelayotgandek olimlarni ham qo’rqitib yuborgan. Ushbu juftlik xaykal daxma uchun mo’ljallangan bo’lib, tinch o’tirgan xolatda tasvirlangan. Bunday xaykallar aksariyati “fas” yechimda, yelka va oyoqlar tikka xolda, qo’llar ko’ksida –misoli xudo oldida o’limga doim tayyordek,shuningdek, ularni rang bilan bo’yalishi xam e’tiborni tortadi. Erkaklar to’q jigar rangda, ayollar esa ochroq jigar rangda, ko’zlar qimmatbaho tosh bilan inkrustasiya qilingan. Bundan ma’no shuki xaykal o’lgan kishining ikkinchi tana vazifasini o’tab, keyingi xayotda yashashni davom ettirishi nazarda tutilgan.3

    Xaykallarning aksariyatida firavn shaxsini takrorlanishi shuni ko’rsatadiki, Firavn u xudoning yerdagi aksi, soyasi, shuningdek, uning o’g’li sifatida qaralib, ulug’langan. Giza piramidalari ansamblida “Katta sfinks”deb nom olgan maxobatli xaykal o’rin olib, bu maxobatli xaykal ansamblda boshqa piramidalar bilan bir-birini to’ldirib turadi. Sfinks- odam boshli,sher(arslon) tanali qiyofadagi mavjudotlardir. Qadimgi misrliklar o’z firavnlarini kuch-qudrat va matonat ramzi bo’lgan sherga qiyoslaganlar.Ushbu sfinksda firavn Xefren obrazi mujassamlashgan. Sfinksning uzunligi 60 metr, balandligi 20 metrga teng bo’lib, unga qoyatosh xom ashyo sifatida xizmat qilgan.

    Misr arxitekturasining betakror va dabdabali bo’lishida Maxobatli bo’rtmalar va devoriy suratlar katta rol o’ynaydi. Ular asosan ibodatxonlar yoki maqbara-daxmalar devorida uchrab, ularning mazmun mohiyati albatta “o’limdan keyingi xayot”, “o’lgan kishining keyingi olamga sayoxati” shuningdek, firavn yoki oqsuyak aslzodalar xayotidan olingan lavxalar tasvirlanadi. Bizgacha yetib kelgan barcha daxma va piramida, ibodatxonlar devori va ustinlar sirti relyeflar bilan qoplangan. San’atning bu turi misr arxitekturasida san’at uyg’unligiga isbot dalil sifatida izoh berib, xar bir davrda maxobatli rangtasvir va bo’rtmalar o’zining rivojini davom ettiradi.


    Download 71.48 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling