1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati


Miniatyura. Rangtasvirning yana bir ko’rinishi bu miniatyura san’atidir


Download 71.48 Kb.
bet4/22
Sana05.01.2022
Hajmi71.48 Kb.
#231207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati

Miniatyura. Rangtasvirning yana bir ko’rinishi bu miniatyura san’atidir. “mini” ixcham, kichik xajmdagi rangtasvir san’ati bo’lib, bu ibora uning xajmiga nisbatan qo’llanilgan. Bu san’at turi tarixiga nazar tashlasak, uning dunyoga kelishida ba’zi tarixiy siyosiy masalalar sabab bo’lgan. Ma’lumki o’rta asrda arab islom dunyosining tarix saxnasida rol o’ynashi tasviriy san’atni yo’qolishiga olib keldi. Avvalgi devoriy suratlar nobud qilindi. Tasviriy san’at sekin asta kitobot san’atida rivojlana bordi.bu o’sha davrda qo’lyozmani bezatish san’atining yuzaga kelishi bilan birga miniatyura san’atining boshlanish davridir. Qo’lyozma varaqlari bir tarafda arabcha matn asosida boshqa tarafda surat ya’ni miniatyuralar ishlangan. Ularning mavzusi xam qo’lyoma mazmun moxiyatidan kelib chiqqan.bu san’at mo’jaz ko’rinishga ega bo’lshi “miniatyura” so’zining kelib chiqishiga sabab bo’ldi. o’rta asr miniatyurasida o’ziga tasviriy qoidalar xukm surgan. U xozirgi realistik san’atdan tubdan farq qilgan. Unda asosiy e’tibor kitob mazmunini yoritishga, ishtirokchi qaxramon obraziga va manzaraga qartiladi. Shuningdek ularda perspektiva, nur va soya o’yini va xajm kabi narsalar rol o’ynamaydi.bu kailar ularga begona bo’lgan. Juda ko’z ilg’amas narsalarga aloxida urg’u berib,m, me’moriy naqshinkorlik, ko’z, qosh yuzdagi imo ishoralar va b.

Miniatyura san’ati o’rta asrda asosan Xuroson va Mavorounnaxrda rivojlangan. Shuningdek, Tariz, Buxoro, Xirot va b joylarda lokal maktablar faoliyat yuritgan. Xirot 15-16 asrda san’at o’chog’i bo’lib, bu yerda Nigoriston maktabi faoliyat olib borgan. Bu davrda miniatyuraning yirik musavvirlaridan : K Bexzod, Maxmud Muzaxxib, Murod Abdulla,Muxammad Murod, va boshqalar ijod qilganlar.



Download 71.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling