1- ma’ruza Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati


Tasviriy san’atda tur va janrlar


Download 71.48 Kb.
bet3/22
Sana05.01.2022
Hajmi71.48 Kb.
#231207
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1. Umumjahon san’ati. Ibtidoiy jamoa tasviriy faoliyati

Tasviriy san’atda tur va janrlar

Rangtasvir. Tasviriy san’at xali ibtidoiy davrdan o’z rivojini boshidan kechirar ekan, g’or va qoyatoshlarga ishlangan ilk chiziqli (grafik) tasvirlar tasviriy san’atning dunyoga kelishidan darak beradi. Keyinchalik insoniyatning aqliy rivoji rangli tasvirlarning dunyoga kelishiga sabab bo’ldi. Rangtasvir (jivopis) namunalari paleolitning eng mashhur g’orlariga: Altamir va Fon de Gom, Lasko, Teshiktosh, Bulung’ur va b. ishlangan suratlarda ilk bor o’zini namoish etadi.

RangtasvirRangli tasviriy san’at turli xalqlarda uzoq vaqt xali Paleolit davridan g’orlarga ishlangan rangli syujetli tasvirlar dunyoga kela boshladi. Rangli tasviriy san’at deganda eng avval turli xil rang orqali ma’lum bir mavzuni ifoda etish nazarda tutilib, insonni rangni his qilishi uning evolyusion shaklanishining bir belgisidir. Rangtasvir (jivopis) sekin-asta turli xalqlar san’atida o’zining turli xil ko’rinishlarida rivojini boshidan kechirdi.Masalan, dastavval, rangli tasvirlar tabiiy bo’yoqlar yordamida, keyinroq, kimyoviy usulda yo’lga qo’yilib, moy bo’yoq, akvarel, guash, tempera kabi bo’yoqlar ijodkorning asosiy ish quroliga aylandi.

Qadimdan tabiiy bo’yolar devoriy suratlarni yaratishda yo’lga qo’yilgan bo’lsa, Uyg’onish davridan boshlab moybo’yoqning ixtiro qilinishi tasviriy san’atda katta imkoniyatlarni yaralishiga olib keldi.

O’rta asrda rangtasvir xristian olami ya’ni cherkovga xizmat qilib, cherkov san’atdan o’z g’oya va qarashlarini keng targ’ib qilishda aynan tasviriy san’atdan qurol sifatida foydalandi. Diniy mavzuga oid san’at asarlari cherkov interyeri va mexroblarini bezatish bilan birga, savodi bo’lmagan kishilarni Iso va saxobalar xayoti bilan tanishtirgan. Xristian cherkovlarida asosan, ikona, mazaika va freska turlari rivojlangan. Ularda iloxiyot (xudolar) obrazi ma’lum bir kanon asosida o’z rivojini boshidan kechirib kelgan.

Rangtasvir yuqorida qayd etilgandek, Italiya Uyg’onish davrdan boshlab xilma –xil ko’rinishlarini - dastgohli, mahobatli turlari: freska, mazaika, vitraj, va b. dunyoga kelib, bu san’at rivojida janrlar xam dunyoga kela boshladi. Jumladan, Portret, manzara, maishiy, tarixiy, batal va xakazo...

Rangtasvirning ilk ko’rinishi maxobatli tarzdagi devoriy suratlarda (rospis) o’z aksini topdi. Eng qadimgi davrlarda beri maxobatli (katta xajmdagi) tasvirlar arxitektura bilan uzviy bog’liq holda rivojlana bordi. maxobatli suratlar, relyeflar, “rospis”lar - bino interyeri va tashqi obrazini yoritishda katta rol o’ynagan. Ularning mazmun mohiyati xam binoni qay maqsadda qurilishi va vazifasi bilan bog’langan. Ibodatxonalar, saroylar va aslzodalar uchun mo’ljallangan serxasham uylar tabiiyki devoriy suratlar( maxobatli rangtasvir asarlari bilan boyitilgan. Xar bir davrda davrning ichki qarashlari va diniy-ma’naviy tushunchalar maxobatli rangtasvir san’atining tematikasini belgilab bergan. Ibodatxonlarda ma’bud va ma’budalar xayotidan olingan lavxalar interyer devori va mexrobdan joy olgan bo’lsa, saroylarda xukmdorlar faoliyati, ularning tarixda olib borgan jang voqyealari devorlarda muhrlanib qolgan. Bizgacha eng qadimgi davrdan ko’plab maxobatli devoriy suratlar yetib kelgan shundaylardan: Misr firavnlari exromlari va saroylarida, xristian cherkovlariga ishlangan freska va mazaikalar, 16-17-asrga oid Italiya, Fransiya, Germaniya, Rossiya va boshqa shaxarlar xashamatli saroylarini bezatib turgan mahobatli suratlar, O’rta asr Afrosiyob, Panjikent,Bolaliktepa va boshqa joylardan o’rin olgan. 17- asr butun G’arbiy Yevropa davlatlarida bu san’at turi o’zining kulminasiyasini boshidan kechiradi. Bunda italyan rasomlarining roli katta bo’ldi. Bu san’at turi ularning kasbiga aylana bordi. 16-17-18 asrlar mobaynida maxobatli rangtasvir ustalaridan – Mikelandjeloning mashxur “Sikst kapelasi” freskalari ,”A.Karrachining “Farneze saroyi” shipiga ishlanggan freskasi, Jotto, Mazachcho, Korredjo,J.Bellini, R.Santi, P.de Kartona, Bachichcho, G.Reni, Gverchino, Tyepolo kabi buyuk rassomlar bu san’at rivojida xizmatlari beqiyosdir.

Freska yoki al-freska usuli qadimdan beri bu san’at turi xristian olamida o’rta asrda xristian cherkovlarida diniy mavzuga oid maxobatli tasviriy san’atda al-freska, mazaika va vitraj san’ati keng rivojlandi. Al-freska cherkov inteyeri devorlarini to’ldirib, Iso, payg’ambarlar va saxobalar xayoti va boshidan kechirgan azob-uqubatlari xaqida xikoya qiladi. Bu usul xo’l suvoq (shtukaturka) ustiga oldindan o’ylangan g’oyani biror mavzuni tezlik bilan ishlash jarayonida amalga oshadi. Bunda musavvir buyurtma kompozisiyani tabiiy bo’yoqlar orqali tezlik bilan ishlashi va asar suvoq bilan birga qurishi zarur. Bu texnologiya xristian san’atida ilk bor yo’lga qo’yilgan. Bizgacha yetib kelgan cherkovlardagi mahobatli tasvirlar aksariyati shunday usulda ishlagan. Bunga namuna bo’lib: Vizantiya o’rta asr cherkovlaridagi –“Avliyo Sofiya”, San Vitale”, ”Dafna” monastiri tasvirlari, Kiyev va Vladimir , Novgorod, Moskva a b. shaxarlar ibodatxonalarini bezatib turgan freskalar yaqqol misol bo’ladi.



Mazaika san’ati - O’rta asr Vizantiya xristian cherkovlarida eng gullagan davrini boshidan kechirgan. Bu davrda smaltadan tayyorlangan shaffof parchalar turli ranglarga bo’yalib ibodatxona devorida diniy mavzuga oid mazaik tasvirlar , interyerga o’zgacha fayz va serxashamlik baxsh etgan.

Vitraj usuli xam O’rta asrda 13-14-asrlarda gullab yashnagan davrini boshidan kechirgan. Gotik soborlar eshik va oynalarini to’ldirib turgan bu san’at aynan mana shu davrda eng rivojlangan davridir. Vitraj shisha oyna sirtiga rangli ornamentdan iborat yoki biror mavzuga oid kompozisiya ishlanib, kesilgan rangli shisha bo’laklari qo’lom bilan birlashtirib chiqilgan. Bu san’at turi interyerga o’zgacha ko’rk bag’ishlab kelgan. Zamonaviy arxitektura dizaynida xam bu san’at turi yangicha mazmun moxiyatga ega bo’lib, bu san’at turi ayni rivojlanish pallasida .

Aynan Uyg’onish davrida rangtasvirning dastgoxli turi dunyoga keldi. Bu tur dastgox yordamida matoga (xolst) moy bo’yoq orqali biror asar yaratish nazarda tutiladi. Bunda rassom o’zi yaratmoqchi bo’lgan asarni moybo’yoqda ishlab, dastgox unga yordam beruvchi uskunadir. Darxaqiqat, dastgohli rangtasvir turi ilk bor 15-asr niderland rassomlari ijodida o’zini topdi. Keyinchalik bu tur Italiyaga kirib kelib, butun 15-17-asr mabaynida o’z rivojini kechirib, Italyan rassomlari ushbu san’at turida muvaffaqiyatli ijod qilib keldilar. Eng mashxur rassomlar : S.Botichelli, P.della Francheska, L. da Vinchi, Mikelandjelo, Rafael, J.Bellini, Tisian, Jordjone va ko’plab rassomlar bu tur rivojiga o’z hissalarini qo’shib keldilar. Dastgoxli rangtasir turi ko’plab davlatlar san’atida o’z rivojini topdi. Butun 16-20-asr mobaynida rangtasvirning turli xil ko’rinishlari – Niderlandiya, Fransiya, Germaniya, Angliya, Rossiya davlati san’atiga xam kirib keldi. 20-asrning 20-yillaridan O’zbekiston san’atiga xam rus rassomlarining O’zbekistonga kirib kelish munosabati bilan rivojlana bordi. O’zbekiston san’ati bu vaqtgacha o’zining xalq amaliy san’ati shuningdek, miniatyura san’ati bilan dong taratgan edi.

Jaxon tasviriy san’ati rivojida dastgoxli rangtasvir turining roli katta bo’ldi. Butun bir rassomlar avlodi aynan dastgoxli turda ijod qilib kelganlar. Asrlar osha bu tur o’z evolyusion rivojini kechirib, unda turli uslub(stillar) va yo’nalishlarni yuzaga keltirdi. bular: Realizm, barokko, klassizm, eklektizm, rokkoko, ampir, modern, turli formalistik oqimlar: kubbizm, syurrealizm, abstraksionizm, fovizm, dadaizm, avangard, Pop- art, Op –art, postmodern va xakazo...


Download 71.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling